Mámleketlik universiteti ekologiya hám topıraqtanıw kafedrası
Sanoat va ishlab chiqarishning har xil sohalarida ishlatiladigan havo filtrlari
Download 1.26 Mb.
|
OMK qq(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maxsus mexanik filtrlarda
- Gidrofiltrlar
- Katalizatorli filtrlar
- 1 kishi uchun qancha havo berilsa uy havosi toza saqlanadi
Sanoat va ishlab chiqarishning har xil sohalarida ishlatiladigan havo filtrlari. İshlab chiqarishda hozirda quyidagi havo tozalash filtrlari keng qo’llanilmoqda va ularning foydali ish miqdori ancha yuqori. Bu filtrlar quyidagilardir.
Mexanik filtrlar. Gidro filtrlar (suyuqlik bilan). Markazdan qochuvchi tipdagi (tsentrobej). İonlovchi filtrlar (elektrostatik). Maxsus katalizatorli (neytrolizator). Yuqoridagi filtrlardan qaysi sanoatda va qanday maqsadda ishlatilishiga qarab bosqichma-bosqich yoki yakka tartibda foydalanish mumkin. Maxsus mexanik filtrlarda turli modda ushlab qoluvchi materiallar, qog’oz, plastik moddalar, ko’mir kabilardan foydalaniladi. Markazdan qochuvchi tipdagi filtrlar katta tezlikda aylanishi sababli ifloslangan havo tarkibidagi mexanik qo’shimchalar filtr devoriga o’rnashib qoladi. Bu filtr tashqi qoplamasini tez-tez tozalab turiladi. Gidrofiltrlar maxsus suyuqlik vanna borligi bilan ajralib turadi va bu filtrlar bir necha xil maqsadda ishlatish mumkin. Ularni suyuqlik vannalarini suv, moy yoki maxsus katalizator bilan to’ldirish mumkin. Elektrostatistik filtrlar mexanik aralashmalarni ionlantiradi. İonlangan zarrachalar ionizator elektrodlariga yopishib qoladi. Bu filtrlar yuqori ish unumiga ega. 1 soatda million m3 havoni o’tkazish xususiyatiga ega va ular suyuq zarrani ham ushlaydi. Katalizatorli filtrlar murakkab va qimmatbaho filtrlar hisoblanib, ular nafaqat mexanik aralashmalarni, balki gazsimon tarkibli aralashmalarni ham tozalaydi. Uy havosiga qo’yiladigan talablar. Kishilar sog’lig’iga uy havosi juda katta tasir etadi. Yani uy havosi harorati mutadil va tarkibi toza bo’lishi lozim. Buning uchun uyni tez-tez shamollatib turish kerak. Bunda uy havosi tozalanib, kislorodga boyiydi. Tashqi havo bilan uy havosining tabiiy almashinib turishi shamol kuchi va gravitatsiya xarakatlariga bog’liq. Odatda 1 soatda 1 m2 devordan o’tadigan havo 10 m3 ga teng. Havo devor g’ovaklari orqali juda sekin xarakatlanadi. Uy havosi tarkibida bakteriyalar, kimyoviy moddalar va boshqa aralashmalar bo’lishi mumkin. Havoni bunday ifloslanishi sababi uy supurish, kishining fiziologik funktsiyalari, ovqat pishirish kabilar bo’ladi. Uy havosi tarkibida ammiak, karbonat angidrid, vodorod sulfid, uchuvchan yog’ kislotalari, ammoniy birikmalari, indol, skatol, demetil amin, sirka kislota, atseton, azot oksidlari, metil, etil, keton, butan, butilen, benzol kabilar uchraydi va bu moddalarning yig’ilib qolishi, kishilar uyda qancha vaqt turishlariga bog’liq. Tekshirishlar shuni ko’rsatdiki, amiak va uning birikmalari bo’lgan havodan bir necha soat nafas olish kishida bosh og’riq, charchash hosil qiladi, ish qobiliyatini pasaytiradi. Xonada havoni oksidlanishi 1 m3 havoda taxminan 6 m2 kislorodga teng bo’lsa, bunday havo toza hisoblanadi. Xonada karbonat angidridni yo’l qo’yiladigan normasi 0,07% ga teng. 1 kishi uchun qancha havo berilsa uy havosi toza saqlanadi? 1 kishi uchun 120 m3 havoni uy-joyga berish zararli gazlardan 80-85% ga kamaytiradi, aerotoksin, mikroblar va chang zarrachalarini yo’qotadi. Xona uchun 1 kishiga, bir soat-30 m3, bolalar uchun-20 m3 havo berish tavsiya etiladi. Demak uy havosini normal saqlash uchun har bir kishining yashash maydoni 17,5 m2 dan kam bo’lmasligi zarur. Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling