Mámleketlik universiteti ekologiya hám topıraqtanıw kafedrası


Er osti suvlari 3 guruhga bo’linadi


Download 1.26 Mb.
bet16/49
Sana13.03.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1266360
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   49
Bog'liq
OMK qq(1)

Er osti suvlari 3 guruhga bo’linadi:
1. Yuza suvlar
2. Grunt suvlari
3. Artezian suvlari
Aholini chuchuk suvga bo’lgan talabini qondirish uchun quyidagi loyixalar ishlab chiqilgan.
1. Suv yo’li yaqin davlatlarda muz aysberglarni tutib kelish va eritib foydalanish.
2. Sho’r suvlardan foydalanish. Hozir dunyoda 800 dan ortiq distilyatsion inshoat sutkasiga 1,7 mln.m3 suvni chuchuklashtiradi. (AQSh ning janubiy rayonlari, Afrika, Rossiya)
3. Yog’in suvlaridan foydalanish (sardoba, suv omborlari), (AQSh da foydalaniladi)
4. Er osti suvlaridan foydalanish. (O’zbekistonda 6% foydalanilmoqda, suv zapasi 27,1 km3ni tashkil etadi). Dunyo bo’yicha 60000 km3 er osti suvi mavjud.
Er osti suv manbalaridan foydalanishda va daryo suvlaridan foydalanishda suv manbaiga vodoprovod inshooti kelib tutashgan joy 3 qismga ajratiladi va bu joylar sanitariya-muhofaza zonasi deyiladi. Birinchi mintaqa qatiy tartibli zona bo’lib, suv filtri turli ifloslanishlardan himoya qilinadi. Suv daryodan olinadigan bo’lsa, birinchi himoya zonasi 100 metr, suv er ostidan olinadigan va bosimsiz suv bo’lsa 50 metr, suv bosim bilan chiqsa 30 metrni tashkil etadi.
1. Birinchi zona to’siq bilan o’raladi.
2. Qo’riqlanadi va maxsus xujjatsiz kirish mumkin emas.
3. Suv inshootidan boshqa inshoot qurishga ruxsat berilmaydi.
4. Xojatxona beton himoyali qilib quriladi.
5. Maydon ozoda saqlanadi.
6. Birinchi mintaqa suvlariga baliq boqish, cho’milish, yaqin ekinlarga ximikatlar sepishga ruxsat berilmaydi.
2 chi va 3 chi zonalar cheklash va kuzatish maydonlarini o’z ichiga oladi. Oqar suvlarda 2 chi mintaqa 500-1000 metrni, 3 chi mintaqa 3-5 kmni tashkil etadi. Bu zonalardan suv namunalari laboratoriya uchun olib, tekshirib turiladi.
Suvni koagulyatsiyalash
Suv tarkibidagi kolloid moddalarni (gidrozol yoki zollar) reagentlar bilan qo’shilib cho’kishi (gidrogel yoki gellar).
Vodoprovod sistemasida koagulyant sifatida alyuminiy sulfat (AL2 (SO4)3.18 H2O) ishlatiladi. Koagulyant sifatida zaxarli birikmalar ishlatilishiga yo’l qo’yilmaydi.
Suv tindirib koagulyatsiyalangandan keyin filtrlanadi. Bunda suv mayda zarrachalardan tozalanadi. Tez filtrlash soatiga 5-10 m3 suvni filtrlaydi. Filtrlovchi sifatida kvarts, keramzit, antratsid ishlatiladi. Filtr 1-2 oyda almashtirib turiladi.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling