Mmt-80 k guruh talabasi Haqberdiyev Muxriddin Qimmatli qog'ozlar bozori ???? Qimmatli qog'ozlar bozori nima?


Download 70.2 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi70.2 Kb.
#1487194
Bog'liq
2 5240156458158401961


MMT-80 K guruh talabasi
Haqberdiyev Muxriddin
Qimmatli qog'ozlar bozori
🔵 Qimmatli qog'ozlar bozori nima?
🔸Shu o'rinda asosiy so'z bu - bozor. Bu bozor bo'lganlogi sbabali, ma'lum bir mahsulotni taklif qiladigan sotuvchilar va ushbu mahsulotni sotib oluvchilar bor. Bu bozorfa mahsulot - qimmatli qog'oz hisoblanadi. Shuning uchun ham FOND BOZORI yoki QIMMATLI QOG'OZLAR BOZORI deb ham aytiladi.
🟡Qimmatli qog'ozlarning quyidagi turlari mavjud:
🔹Aksiya
🔸Obligatsiya
🔹Veksel
🔸Chek
🔹Investitsion paylar
🔸Fyuchers va opsionlar
🔵Aksiya- (nemischa: Aktie; niderlandcha: Actie; lotincha: actio — farmoyish; ruxsatnoma, faoliyat) — aksiyador jamiyat chiqargan qimmatbaho qogʻoz.
Oʻz egasining aksiyadorlar jamiyati kapitalida hissasi borligini va shunga muvofiq, topilgan foydaning bir qismini dividend shaklida olishini, uni boshqarishda ishtirok etish huquqini tasdiqlaydi. 
🔹Aksiya qimmatli qogʻozlarning keng tarqalgan qismi, hissabay qogʻozlar turkumiga kiradi.
🔸 Aksiya chiqargan jamiyat emitent, uni sotib olganlar esa investorlar deb ataladi.
🔹 Aksiya dastlab emitent tomonidan birlamchi bozorda sotiladi, soʻngra u ikkilamchi bozorda (fond bozorida) qaytadan oldi-sotdi etiladi.
🟡Aksiya turlari:
🔹Oddiy aksiya
🔸Imtiyozli aksiya
🔵Aksiya aksiyadorga 2 xil huquqni beradi:
🔹mulkiy huquq;
🔸 nomulkiy huquq.
🟡Aksiyalarni ro'yxatga olish bo'yicha fond bozorida:
🔹 qayd etilgan
🔸 qayd etilmagan turlari bor.
🔵Obligatsiya (lotincha: obligatio — majburiyat) — qiymatiga nisbatan egasiga (qatʼiy belgilangan daromad keltiruvchi) qimmatli qogʻoz, qarzni qaytarib berish va foiz toʻlashni tasdiqlovchi majburiyatnoma. Fond birjalarida sotiladi.
🟡Obligatsiya turlari:
🔹davlat obligatsiyalari;
🔸 mahalliy obligatsiyalar;
🔹korporatsiya obligatsiyalari
🔵Oʻzbekistonda Obligatsiyalar asosan :
🔹Tijorat banklari
🔸Aksiyadorlik jamiyatlari (AJ) tomonidan chiqariladi. 
🔹Aksiya xarid qilish treyderlik va uzoq muddatli investitsiya qilishni xohlovchilar uchun mo’ljallangan. Ammo aksiya narxlarining “o’ynashi” daromad summasining kamayish ehtimolini oshiradi. 
🔵Aksiya va obligatsiya farqi:
Obligatsiya esa emitent majburiyati bo’lganligi sababli, u bo’yicha o’z vaqtida foizli daromadni to’lab berilishi qonunchilikda ko’rsatilgan hujjatlardan tashqari kompaniya nufuzi bila ham ta’minlanadi. Bu turdagi qimmatli qog’oz bilan muomala qilishda mablag’ yo’qotish xavfi kam, ammo daromad yuqori emas. 
🔵Veksel (nem. Wechsel — ayirboshlash) — koʻrsatilgan muddatda muayyan miqdordagi pulni toʻlash majburiyati qayd etilgan qarzdorlik haqidagi rasmiy hujjat; qimmatli qogʻoz.
🟡Veksel hisob vositasi va ayirboshlash hujjati sifatida Yevropa mamlakatlarda 17-asrda shakllandi. 19-asrning oxiridan boshlab Turkistondagi xususiy tijorat banklari savdo-sotiqda veksel muomalasini keng yoʻlga qoʻygan.
🔸Oʻzbekiston Respublikasining 1993 y. 2 sentyabrdagi "Qimmatli qogʻozlar va fond birjasi toʻgʻrisida"gi qonuniga muvofiq 1994 y.dan boshlab Oʻzbekistonda veksellar muomalaga kiritildi. Veksellar naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishning eng qulay vositasi sifatida korxona va tashkilotlarda keng qoʻllaniladi.
🔵Fyuchers (lot. futurus — kelajak) — tovar yoki fond birjalarida xom ashyo tovarlari, oltin, valyuta, qimmatli qogʻozlarni hozirgi amalda boʻlgan narxlarda, lekin yetkazib berish va haqini keyingi kelishilgan muddatlarga qoldirish bilan oldi-sotdi qilish boʻyicha bitishuvlar. 
🟡Opsion (nem. option — tanlash, istak) — sotuvchi yoki haridorga qimmatli qogʻozlar yoki tovarlarni muayyan muddat davomida belgilangan narxlarda sotib olish yoki sotish huquqini beradigan shartnoma. 
Barcha opsionlar ikki xilga bo‘linadi. Xarid qilish uchun opsion "kollopsion" (call) va sotish uchun opsion – po‘topsion (put).
E'tiboringiz uchun rahmat
Download 70.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling