Fursatdan foydalanib, islohotlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlab kelayotgan, barcha qiyinchilik va sinovlarni mardona yengib, oʻzining fidokorona mehnati bilan jonajon Vatanimiz ravnaqiga ulkan hissa qoʻshayotgan olijanob xalqimizga chin qalbimdan minnatdorlik bildiraman. - Fursatdan foydalanib, islohotlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlab kelayotgan, barcha qiyinchilik va sinovlarni mardona yengib, oʻzining fidokorona mehnati bilan jonajon Vatanimiz ravnaqiga ulkan hissa qoʻshayotgan olijanob xalqimizga chin qalbimdan minnatdorlik bildiraman.
- Muhtaram anjuman ishtirokchilari!
- Yana sanoqli kunlardan keyin yurtimizga yangi – 2019 yil kirib keladi. Yangi yil arafasida anʼanamizga koʻra 2019 yilga qanday nom berish toʻgʻrisida bugun sizlar bilan maslahatlashib, bir qarorga kelsak, ayni muddao boʻladi.
- Albatta, biz bu haqda koʻp oʻyladik. Joylarda xalq bilan muloqotlar davomida va murojaatlarda bildirilgan fikrlar, taklif-mulohazalarni atroflicha koʻrib chiqdik.
- Jahon tajribasi shuni koʻrsatadiki, qaysi davlat faol investitsiya siyosatini yuritgan boʻlsa, oʻz iqtisodiyotining barqaror oʻsishiga erishgan.
- Shu sababli ham investitsiya – bu iqtisodiyot drayveri, oʻzbekcha aytganda, iqtisodiyotning yuragi, desak, mubolagʻa boʻlmaydi.
- Investitsiya bilan birga turli soha va tarmoqlarga, hududlarga yangi texnologiyalar, ilgʻor tajribalar, yuksak malakali mutaxassislar kirib keladi, tadbirkorlik jadal rivojlanadi.
- Shu oʻrinda bir savol tugʻiladi: investitsiya deymiz, islohotlar deymiz, modernizatsiya, deymiz.
- Lekin bu oʻzgarishlardan koʻzlangan asosiy maqsad nima oʻzi?
- Yurtimizda yashayotgan har qaysi inson millati, tili va dinidan qatʼi nazar, erkin, tinch va badavlat umr kechirishi, bugun hayotdan rozi boʻlib yashashi – bizning bosh maqsadimizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |