Aziz doʻstlar! - Aziz doʻstlar!
- Yilga bunday nom berganimiz barchamizga juda katta vazifalar va masʼuliyat yuklaydi. Investitsiyalarni qanday qilib koʻpaytiramiz, ijtimoiy muammolarni qanday hal qilamiz, degan savollar oldimizda koʻndalang boʻlib turibdi.
- “Oynai jahon” orqali bizni kuzatib turgan xalqimiz ana shu savollarga bizdan javob kutishga toʻla haqli.
- Bu vazifalarni hal qilishga bugundan boshlab kirishmasak, bor kuch va imkoniyatlarimizni shu yoʻlda safarbar etmasak, koʻzlagan maqsadga, marraga erishish qiyin boʻladi.
- Har bir rahbar – u vazir yoki markaziy idora boshligʻi boʻladimi, deputat yoki senator boʻladimi, kompaniya yoki xoʻjalik birlashmasi raisi, viloyat yoki tuman hokimi boʻladimi – barcha-barchamiz bu ishni eng birinchi vazifamiz, deb bilishimiz zarur.
- Biz faqat investitsiyalarni faol jalb qilish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish hisobidan iqtisodiyotimizni jadal rivojlantirishga erishamiz.
- Iqtisodiyotdagi ijobiy natijalar esa ijtimoiy sohada toʻplanib qolgan muammolarni tizimli hal etish imkonini yaratadi.
- Buni hammamiz chuqur tushunib olishimiz va ishimizni shu asosda tashkil etishimiz shart.
- oshirish;
- – iqtisodiyotni rivojlantirishga doir strategik vazifalarni roʻyobga chiqarishga qodir malakali kadrlarni tayyorlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |