Hurmatli yurtdoshlar! - Hurmatli yurtdoshlar!
- Yakuniga yetib borayotgan yil barchamiz uchun muqaddas Vatan timsoli boʻlgan qishloqlarimiz, mahallalarimizni obod qilish boʻyicha ulkan ishlar boshlangan yil boʻldi.
- Xususan, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari xalqimiz tomonidan katta mamnuniyat bilan kutib olindi. Joriy yilda bu boradagi qurilish va obodonlashtirish ishlariga 3 trillion soʻm mablagʻ yoʻnaltirildi.
- Natijada 416 ta qishloq yangicha qiyofaga ega boʻldi.
- Oʻtayotgan yilda hayotimizning boshqa sohalarida, jumladan, ilm-fan, taʼlim-tarbiya, madaniyat va sanʼat, sport sohalarini rivojlantirish yoʻlida ham muhim qadamlar qoʻyildi. Ayniqsa, yurtimiz yoshlari Indoneziyada boʻlib oʻtgan Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarida, Argentinada oʻtkazilgan oʻsmirlar Olimpiadasida yuqori oʻrinlarni olgani barchamizni quvontirdi.
- Hurmatli parlament aʼzolari!
- Xalqaro munosabatlarda ochiq va amaliy, faol tashqi siyosat olib borilayotgani tufayli ishonchli hamkor sifatida mamlakatimizning xalqaro obroʻsi tobora ortib bormoqda.
- Barcha qoʻshnilarimiz bilan doʻstona va oʻzaro ishonch ruhidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash bizning asosiy vazifalarimizdan biriga aylandi.
- .
Do'stlaringiz bilan baham: |