Yurtim qishloqlari, obod manzillar (Men nima qildim Vatan uchun)


Download 9.89 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi9.89 Kb.
#1596332
Bog'liq
Men nima qildim Vatan uchun


Yurtim qishloqlari, obod manzillar..
(Men nima qildim Vatan uchun)
Esanturdiyeva Muhabbat
Qarshi Davlat Universiteti matematika
kompyuter ilmlari fakulteti matematika
yo‘nalishi 2-kurs talabasi
Bugungi kunga kelib jonajon O‘zbekistonimiz jadal suratlarda rivojlanib, sanoat,iqtisodiy tomonlama dunyoning ko‘zga ko‘rinadigan davlatlari safiga kirayotgani hech birimizga sir emas. Ammo bizning qishloqlarimiz,undagi madaniy va ma'naviy hayot qay ahvoldayu, nima qilsak qishloq ahli ham hayotdan rozi,to‘la to‘kis hayot kechiradi, ularning hayotiga yanada yangicha nur kira oladimi? Degan savollarga javob izladim.
Qishloq- mening nazarimda bir so‘z bilan ta'rif topadi, tog‘lik, tepaliklari ko‘p, sanoat nisbatan kam, nazar kam tashlanadigan hudud. Xususan o‘zim yashab katta bo‘lgan kichkina "Qoluvdor" qishlog‘ini olaylik:
Qishloqda aholi siyrak joylashgan 250-300 xo‘jalik istemol qiladi, qishloq ahli bir biriga inoq va hamjihatlikda yashashadi, aholining asosiy daromad manbaini dehqonchilik va chorvachilik tashkil etadi, to‘yu tomoshosi deysizmi,yoki eng yomon kunlarimi shu qishloq odamlari hammalari birgalikda o‘tkazishadi. Bu manzilda sanoat deyarli ko‘zga tashlanmaydi, kichik maktab eng tepalise'tibor berilayotgani, "Obod mahalla", "Obod qishloq" davlat dasturlari tashkil etilib,qishloqlar yangicha qiyofaga kirmoqda. Qoluvdor qishlog‘ida ham oxirgi yillar yangiliklarga to‘la bo‘ldi desam mubolag‘a bo‘lmaydi:
-Qishloq yoshlari bilan alohida suhbat o‘tqazilib ko‘pchilik yoshlarga subsidiya sifatida bog‘ barpo etish uchun yer ajratib berildi, asosiy yo‘l asfalt bilan qoplandi, ichki yo‘llarga shag‘al to‘kish ishlari olib borildi, moddiy ahvoli og‘ir xonadonlar hokim yordamchisi tomonidan o‘rganilib ularga ham yordam qo‘llari uzatildi... . Ammo hali hamon eslasa odamning dili g‘ash bo‘ladigan jihatlar ko‘zga tashlanadi. Masalan: " Qishloqda maktabgacha ta'lim ta,kiloti faoliyati qoniqarli darajada emasligi, qishloq yoshlari orasida hali hamon uyishmagan yoshlar ulushi ko‘pligi, maktabdagi dars jarayonlari zamonaviy tashkil etilmayotganligi, odamlar orasidagi ishsizlik muammolari... .
Ushbu jihatlar yuzasidan o‘z takliflarimni bermoqchiman, kezi kelganda aytishim mumkinki ushbu taklif qilayotganlarimni amalda joriy etish uchun bor bilimim,salohiyatim bilan harakat qilmoqdaman.
-Qishloqda eng avvalo ota onalar bilan, tub aholi bilan ochiq suhbat tashkil etilib, har bir fuqaroning taklif va murojaatlari mas'ullar tomonidan o‘rganilishi.
-Kelajagimiz egalari bolalarni yetuk,bilimdon qilib tarbiyalash uchun eng avvalo qishloqda "Bolalar bog‘chasi" faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish.
-Maktabda o‘qituvchilar va bilimli yoshlar birlashgan holda fan to‘garaklarini tashkil etishi, bu bilan yoshlarning uyishmaganlik darajasini kamaytirishi.
-Tadbirkorlik qilish istagidagi yoshlarni aniqlar va ularni qo‘llab quvvatlab yangi ish o‘rinlariga ega bo‘lish.
-Qishloqda "Qizlar ertamiz egalari" klubini tashkil etish, barcha qizlarni qamrab olgan holda ularga o‘z yo‘nalishini aniqlashda ko‘mak berib psixalagik ruxlantiruvchi trening,suhbatlar o‘tqazish.
-Ishsiz ammo mehnatga yaroqli fuqarolarni aniqlab,bandlikka ko‘maklashish markazlari bilan hamkorlik o‘rnatish.
-Qishloq yoshlari o‘rtasida turli sport turlari; shashka,shaxmat va fudbol bo‘yicha jamoaviy va yakka tartibda musobaqalarni doimiy o‘tqazib ularni rag‘batlantirib borish.
-Qishloq(Mahalla)da zakovat guruhini shakllantirish.
Bu mening fikrim va takliflarim edi, o‘zim tug‘ilib o‘sgan shu kichik qishloqqa ozgina foydam tegsa, uning gullab yashnashida o‘z hissam bor deya olsam baxtiyor bo‘laman. Yuqoridagi takliflarni amalga oshirishda esa shaxsan o‘zim faol bo‘lishga harakat qilyapman. Vaqt topishim bilan o‘z yo‘nalishimda fan to‘garagini ochish va qizlarni birlashtirishni maqsad qildim.
Xulosa o‘rnida: Har bir inson o‘z Vatani uchun nimadir qilishga qodir faqat buni his qilishi va o‘zini anglashi kerak. Bolalarimizni kichkinaligidan Vatan uchun, ma'rifat uchun,kelajak uchun o‘qiyotganini uqtirib to‘g‘ri yo‘lda tarbiyalar ekanmiz bizni yuksak marralarga erishishdan, rivojlanishdan hech kim to‘xtata olmaydi! Bu aziz Vatan barchamizniki, uni ko‘z qorasidek asramoq har birimizga farzdir!
Qarshi 2023
Download 9.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling