Sanoat tarmog‘i barcha mamlakatlarning siyosiy, iqtisodiy va tashkiliy intilishlari, ularning xо‘jalik jihatdan birlashishi, ya’ni iqtisodiy integratsiya tavsifida о‘z ifodasini topadi


Download 402.5 Kb.
bet1/15
Sana05.01.2022
Hajmi402.5 Kb.
#207819
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Kurs


KIRISH

Sanoat tarmog‘i barcha mamlakatlarning siyosiy, iqtisodiy va tashkiliy intilishlari, ularning xо‘jalik jihatdan birlashishi, ya’ni iqtisodiy integratsiya tavsifida о‘z ifodasini topadi. Natijada barcha mamlakatlarning tabiiy, mehnat va moliyaviy resurslaridan, fan-texnika yutuqlaridan oqilona foydalanish imkoniyatlari yuzaga keladi. О‘zbekiston mustaqil taraqqiyotimizning dastlabki kunlaridan boshlab ishlab chiqarishni tarkibiy yangilash, uni zamonaviy va yuqori texnologiyalar asosida jadal rivojlantirish masalasiga jiddiy e’tibor qaratilganini qayd etish о‘rinlidir.

2017-2021-yillarda О‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha Harakatlar strategiyasida makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarga xorijiy, avvalo, tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish, davlat mulki xususiylashtirilgan obyektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, viloyat, tuman va shaharlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir kо‘plab vazifalar belgilangan. Mamlakatimizda erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish, yangilarini tashkil etish borasida olib borilayotgan ishlar bunda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Davlatimiz rahbarining 2016-yil 26-oktabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq ushbu zonalar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratildi. Bugungi kunda mamlakatimizda 14 ta erkin iqtisodiy zona faoliyat yuritmoqda. «Navoiy», «Angren», «Jizzax», «Urgut», «G‘ijduvon», «Qо‘qon» va «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonalarida umumiy qiymati 486 million dollarga teng 62 loyiha amalga oshirilgan, 4 ming 600 dan ortiq ish о‘rni yaratilgan. Yig‘ilishda erkin iqtisodiy zonalardagi natijalar qoniqarli emasligi, ularni yanada rivojlantirish uchun tartib-taomillarni soddalashtirish, investor va tadbirkorlarni jalb etishni kengaytirish zarurligi ta’kidlandi.

2017 yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti hajmi 249,1 trln so‘mni tashkil etdi.2017 yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsulot hajmi 249,1 trln so‘mni tashkil etib, 2016 yilga nisbatan 5,3 foizga o‘sdi. O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, YAIMning aholi jon boshiga hissasi 7,6 mln so‘mni tashkil etib, 2016 yilga nisbatan 3,6 foizga o‘sdi.

Mamlakatimizda bugungi kunda iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlash, tarkibiy jihatdan diversifikatsiyalash va modernizatsiyalash jarayonlari bilan birgalikda, korxonalarda hisob islohotlarini talablar darajasida tashkil etish masalasi ham muhim о‘rin egallaydi. Ayniqsa oziq-ovqat sanoati korxonalari faoliyatini о‘rganish, ular mahsulotlarini tannaxini kalkulyatsiya qilish masalalari muhim hisoblanadi. Bunday vaziyat sanoatda ishlab chiqarish harajatlarining hisobini samarali yuritish va tannarxni kalkulyatsiya qilish jarayonini takomillashtirish bilan bog‘liq muammolarning hal etish yо‘llarini ishlab chiqishni talab qiladi. Bu esa, tanlangan mavzuning dolzarbligi va ilmiy-amaliy ahamiyatga ega ekanligini bildiradi.

Ishlab chiqarish harajatlarining hisobi va tannarx kalkulyatsiyasining nazariy va uslubiy asoslari N.P.Kondrakov, O.Bobojonov, R.D.Dustmuratov, M.Q.Pardayev, A.S.Sotivoldiyevlar tomonidan tahlil qilingan. Ushbu olimlarning ilmiy va uslubiy ishlari nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Shu bilan birgalikda, ushbu iqtisodchi olimlarning ilmiy maqolalari, darslik va о‘quv qо‘llanmalarida ishlab chiqarish harajatlarining hisobi va tannarx kalkulyatsiyasi umumiy tarzda tadqiq etilgan.

2017 yil yakunlari bо‘yicha О‘zbekistonda ishlab chiqarilhan Yalpi ichki mahsulotning hajmi joriy narxda 170074.8 mlrd. sо‘mni tashkil etdi. Bunda о‘sishning 25 foizini aynan sanoat tarmog‘ida yaratiladi. Erishilgan bunday marralar – barqaror rivojlanib borayotgan iqtisodiyotga asoslangan, demokratik huquqiy davlat qurish, inson, uning manfaatlari, huquq va erkinliklari sо‘zda emas, amalda oliy qadriyatlar darajasiga kо‘tarilgan, jahon miqyosida obrо‘-e’tibor qozongan jamiyat barpo etish borasida biz о‘z oldimizga qо‘ygan yuksak maqsadga qaratilgan uzoq va murakkab yо‘lning bir qismi, xolos. Korxonalar xalq xо‘jaligining barcha tarmoqlarini ilg‘or, zamonaviy texnika bilan qurollantiradi. Oziq-ovqat sanoati mahsuloti ishlab chiqarish hajmlari shu yillarda muttasil yuqori sur’atlarda о‘sdi. U betо‘xtov о‘zi va xalq xо‘jaligining boshqa tarmoqlari uchun ishlab chiqarish vositalarini takror ishlab chiqaradi. Og‘ir industriya sanoatining barcha tarmoqlarini, qishloq xо‘jaligini, aloqani, qurilishni, savdoni ilg‘or texnikalar bilan qurollantiradi.

О‘zbekiston Respublikasi industriyasi tarkibida kuchli, ayrim hudularda esa noyob, og‘ir, yengil va oziq – ovqat sanoati korxonalar mavjud. Ular bir qancha avlodlar mehnati bilan yaratilgan ishlab chiqarish kuch – qudrati hisonlanadi va mamlakatning iqtisodiy yuksalishiga xizmat qilmoqda.Sof raqobat bozorida korxonalar о‘z о‘rniga ega bо‘lishi uchun birinchi navbatda harajatlarni minimalllashtirish strategiyasini tashkil qilishi kerak. Yechimni topish uchun esa ana shu harajatlarning о‘zini tutishini atroflicha talqin qiladigan va boshqaruvdagi foydalaniladigan iqtisodiy ma’lumotlarning 85 foizini yetkazib beradigan moliyaviy va boshqaruv hisobi nuqtai nazaridan yondashish lozim.

Bozor munosabatlari tobora erkinlashib borayotgan hozirgi sharoitda faoliyat yuritayotgan har qanday korxonasi faoliyatining samarasi, ertangi istiqboli moliyaviy va boshqaruv hisobining muhim va asosiy tamoyili “harajat – ishlab chiqarish hajmi – foyda “ kо‘rsatgichlarini о‘zaro bog‘liqligida ifodalanadi. Ana shu kо‘rsatgichlar orasida harajatlar moliyaviy va boshqaruv hisobini tashkil qilishda alohida e’tiborni jalb qiladi. Uning mohiyati shundan iboratki, harajatlar juda kо‘p elementlardan tashkil topgan bо‘lib, ularning aksariyati boshqaruv qarorlari va moliyaviy hisobotlari ta’sirida albatta о‘zgaradi, boshqaruv qarorlari qanchalik samarali bо‘lsa, uning miqdori kamayishi va aksincha hollarda kо‘payib ketishi mumkin. Bu esa о‘z navbatida, korxonalar faoliyatining natijasi bо‘lgan foyda miqdorida bevosita о‘z aksini topadi. Demak, yuqori miqdordagi foyda olishning eng asosiy omili, bu – harajatlarni kamaytirish bо‘lsa, harajatlarni boshqarish esa, e’tibordagi muhim masala bо‘lishi lozim.

Kurs ishining nazariy uslubiy asoslari О‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning makroiqtisodiy masalalarga bag‘ishlangan ma’ruzalari xususan, korxonalarga bag‘ishlangan nutqlari, ilmiy asarlari, internetdan olingan ma’lumotlar tadqiqotning nazariy uslubiy asosini tashkil etadi. Kurs ishi natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati sanoat tarmog‘idagi ishlab chiqarish va davr xarajatlarini hisobga olish, mahsulot tannarxini hisobga olishni tashkillashtirishda ba’zi muammolarni hal etishda yordam beradi.




Download 402.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling