Sanoat tarmog‘i barcha mamlakatlarning siyosiy, iqtisodiy va tashkiliy intilishlari, ularning xо‘jalik jihatdan birlashishi, ya’ni iqtisodiy integratsiya tavsifida о‘z ifodasini topadi


Download 402.5 Kb.
bet5/15
Sana05.01.2022
Hajmi402.5 Kb.
#207819
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Kurs

Texnologik tannarx - bu mahsulot ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bо‘lgan xarajatlarga qarab tannarxning tashkil topishidir. Har bir tovar ishlab chiqaruvchi - mahsulot tannarxini texnologik jihatidan yaxshi bilishi kerak. Aks holda, tannarx bilan bog‘liq bо‘lgan xarajatlarni bir-birlaridan ajrata olishmaydi.

Ishlab chiqarish tannarxi – bu mahsulot ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq bо‘lgan xarajatlardan tashkil topadi.

Tijorat yoki tо‘la tannarx – ishlab chiqarish tannarxi va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish bilan bog‘liq bо‘lgan xarajatlar yig‘indisidan tashkil topadi.

Bu uch turdagi mahsulot tannarxini chuqur bilish, har bir tovar ishlab chiqaruvchi, xizmat kо‘rsatuvchi uchun zarurdir. Ammo, hozirgi vaqtda mahsulot tannarxini hisoblashda faqat ishlab chiqarish tannarxi, deb ataluvchi tannarx amal qilib, uning tarkibi moddiy ishlab chiqarish xarajatlari (mehnat qurollari - mehnat buyumlari – ishlab chiqarishni tashkil etishda qatnashuvchi omillarning oladigan ish haqi, renta, foyda, foiz) dan tashkil topmoqda. Mahsulot ishlab chiqarishda sarflanadigan boshqa xarajatlar – umumxо‘jalik, umumishlab chiqarish, mahsulotni realizatsiya qilish bilan bog‘liq xarajatlar, soliqlar, bank foizlari, boshqa har xil qarzlar – olingan foyda hisobiga qoplanmoqda.

Mahsulot tannarxini hisoblashning ikki kо‘rinishi: reja tannarx– bu biznes rejani tuzishda belgilanadi. Bu tannarx asosan har bir korxonaning о‘z faoliyati natijalari asosida yil boshida tuziladi. Bu tannarx – kutiladigan tannarx, deb ham ataladi. Bu tannarxni tuzishdan maqsad mahsulot ishlab chiqarish, xizmat kо‘rsatish jarayonida tovar ishlab chiqaruvchi tomonidan mahsulot yetishtirishda sarflanadigan xarajatlarni taqqoslash uchun foydalaniladi.

Har bir tovar ishlab chiqaruvchi – mahsulotning reja tannarxini belgilashda uning har bir xarajat turlarini sarflashni ilmiy va amaliy jihatdan chuqur о‘rganishi va ahamiyat berishi zarur. Chunki, bu kutiladigan tannarx natijasi bevosita ishlab chiqarish natijasiga – foyda miqdoriga ijobiy yoki salbiy ta’sir etadi. Xо‘jalikda yil oxirida mahsulotning erishilgan yoki haqiqiy tannarxini aniqlash imkoniyati paydo bо‘ladi.


Xarajatlarni hisobga olishning umumqabul qilingan ta’rifining yoritilishi quyidagicha: «Xarajatlarni hisobga olish bu tegishli xо‘jalik yurituvchi subyektning faoliyati - ta’minot, ishlab chiqarish va mahsulotlarni sotish, iste’molchiga yetkazib berish jarayonlarida sodir bо‘lgan voqealarni miqdoriy о‘lchash, qayd qilish, guruxlashtirish. tayyor mahsulotlar tannarxining tarkib topishi chegarasi bо‘yicha tahlil qilishga qaratilgan va tushunilgan faoliyatdir.

Bu darajada yoritish va tasnif berish subyektning faoliyatini boshqarish va moliyaviy natijalarni aniqlash yо‘li bilan uning faoliyatini baholash uchun zarur bо‘lgan va yetarlicha ma’lumotlar bilan ta’minlash imkoniyatini yaratadi.




Download 402.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling