Sanoat tarmog‘i barcha mamlakatlarning siyosiy, iqtisodiy va tashkiliy intilishlari, ularning xо‘jalik jihatdan birlashishi, ya’ni iqtisodiy integratsiya tavsifida о‘z ifodasini topadi


-jadval Harajatlarni meyordan chetga chiqishi (sо‘mda)


Download 402.5 Kb.
bet15/15
Sana05.01.2022
Hajmi402.5 Kb.
#207819
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Kurs

1-jadval

Harajatlarni meyordan chetga chiqishi (sо‘mda)




Meyor-dagi

Meyordan chetga chiqish

Jami

Asosiy material

10000

-300

9700

Ish haqi va ijtimoiy sug‘urtaga ajratma

16000

+320

16320

Umumishlab chiqarish xarajatlari







31360

Umumiy summa

57380

Haqiqiy xarajatlar summasi hisobot oyi oxirida mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish tovar mahsulot bilan tugallanmagan ishlab chiqarish о‘rtasida taqsimlanadi. Bu taqsimlash quyidagi jadvalda keltirilgan (2-jadval).



2-jadval

Harajatlarni taqsimlanishi (sо‘mda)




Haqiqiy xara-jatlar

Jumladan, tovar mahsulotiga meyordagi xarajat

Tugallan-magan ishlab chiqarish

Bitta mahsulotga

Hamma mahsulotga

Meyordan chetga chiqish

Xomashyo va asosiy materiallar

9700

500

9000

300

1000

Ish haqi va ijtimoiy sug‘urta ajratmalari

16320

800

14400

-320

1600

Umumishlab chiqarish xarajatlari

31360

1600

28800

640

3200

Jami

57380

2900

52200

620

5800

Bir birlik mahsulotning haqiqiy tannarxini hisoblash tartibi quyidagicha jadvalda keltirilgan (3-jadval).

3-jadval

Bir birlik mahsulotning haqiqiy tannarxi (sо‘mda)




Bitta mahsulotga

tо‘g‘ri keladigan xarajat meyori



Meyordagi chetga chiqish

Bitta mah-sulotninghaqiqiytannarxi

Hammamahsulotga

Bittamahsulotga

Xom-ashyo va asosiy material

500

-300

-16,66

483,34

Ish haqi va ijtimoiy sug‘urta ajratmalari

800

+320

+17,77

817,77

Umumishlab chiqarish xarajatlari

1600

-640

-35,55

1564,45

Jami

2900

-620

-34,44

2865,56

Kalkulyatsiyalashning boshqa usullari kabi bu usulda ham korxonada omborlar ishini tо‘g‘ri tashkil qilish ularni zarur asbob-uskunalar bilan ta’mirlash, moddiy boyliklarni ishlab chiqarishga sarflash bо‘yicha dastlabki hujjatlarni tо‘g‘ri va о‘z vaqtida tuzish ustidan nazorat о‘rnatish hisob ishlarini bajarishda kompyuter dasturlaridan keng foydalanish muhim ahamiyatga ega.

Xо‘jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish faoliyatida xarajatlarning boshqaruv hisobi tizimini tashkil qiladigan va о‘zaro bog‘langan uchta element mavjud:



  • ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarni hisobga olish;

  • tayyor mahsulotlarning hisobini yuritish;

  • ushbu tayyor mahsulotlarning tannarxini kalkulyatsiya qilish.

Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish tizimi quyidagicha turkumlashtiriladi (5-rasm):


A. Guruhlashtiriladigan obyektlar










Buyurtma tizimi




Jarayon tizimi




V. Meyorlashtirish darajasi










Haqiqiy sarflarning tizimi




Meyoriy sarflarning tizimi




S. Xarajatlarni qamrashning tо‘laligi










Tо‘liq sarflarning tizimi




Qisman sarflarning tizimi


5-jadval. Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish tizimining turkumlanishi

Bu usullardan kaysi birini qо‘llash har bir xо‘jalik yurituvchi subyektda ishlab chiqarilgan mahsulotning turlari, texnologiya jarayoni, tarmoqning xususiyati, ishlab chshqarishni tashkil qilish usuli va uning turlariga bog‘liq.

Xarajatlarni hisobga olish va kalkulyatsiya qilish belgilari xarajatlarni hisobga olish tizimini muvaffaqiyatli tashkil qilishga va bir usulni ikkinchisidan ajratishga yordam beradi va osonlashtiradi (6-jadval).


Ishlab chiqarish jarayoni bо‘yicha










Yarim fabrikatli usul




Yarim fabrikatsiz usul




Mahsulotning miqdori bо‘yicha










Bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi




Kо‘p xil mahsulot ishlab chiqaruvchi




Bilvosita xarajatlarni taqsim qilish usuli bо‘yicha










Bir koeffitsiyentli




Kо‘p koeffitsiyentli




Kalkulyatsiya tuzish davri bо‘yicha










Rejali




Hisobot


6-jadval. Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish usullarini turkumlashtirishning qо‘shimcha belgilari

Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbiq qilingan xarajatlarni hisobga olish tizimi bir vaqtning о‘zida turkumlashtirishning bir necha asoslaridan foydalanadi. Lekin, biz qо‘llanma imkoniyatidan kelib chiqqan holda va о‘rgatish usuliga muvofiq asosan buyurtma, jarayonlar va meyoriy usullarni va ularning turlicha kо‘rinishlari bilan bog‘liq holatlarini yoritishga harakat qilamiz. Bundan tashqari qо‘llanmada:



  • chetga chiqish summasiga muqobillashtirilgan joriy meyorlardagi xarajatlarni hisobga olish tizimi;

  • meyordagi va haqiqatda sarflagan xarajatlarning hisobini parallel yuritish;

  • qisman, tо‘liq haqiqiy va meyoriy sarflarga asosan xarajatlarni hisobga olish tizimlari yoritiladi.

Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishning buyurtmali usuli asosan ishlab chiqarish texnologiyasi uchun sarflangan xom-ashyo va materiallar, mehnat sarflari va boshqa umumiy ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish yoki kо‘rsatilgan xizmatning turiga qarab qо‘llaniladi.

Ishlab chiqarilgan buyurtma - bu uning oxirgi natijasi buyurtmaning bajarilishiga erishish uchun zarur bо‘lgan kompleks texnologiya jarayonlarni va muomalalarni bajarish uchun zarur bо‘lgan ishlarni bajarishni о‘z ichiga olgan reja-hisobdagi birlikdir. Ushbu birlikka konstruktorlik byurosining texnologiya bо‘limi va ishlab chiqarish sexlarining mahsulotlari, bundan tashqari, ularni sinovdan о‘tkazish jarayonlari kiradi.

Ommaviy ishlab chiqarishning chegaralangan nomenklaturasi bilan va ma’lum vaqt mobaynida uzluksiz tayyorlanadigan mahsulotning turlari kо‘p miqdorda ishlab chiqarish bilan ajralib turadi (7-jadval).










Ishlov beradigan sexlar







Asosiy xomashyo

va materiallar






A

Tayyor mahsulot



Tugallanmagan ishlab chiqarish




Tugallanmagan ishlab chiqarish

Bevosita mehnat haqi




B

Tayyor mahsulot



Tugallanmagan ishlab chiqarish







Ishlab chiqarish ustama harajatlari




C

Tayyor mahsulot



Tugallanmagan ishlab chiqarish




Tayyor mahsulot


7-jadval. Mahsulotlarning tannarxini jarayonlar bо‘yicha

kalkulyatsiya qilish va xarajatlarni yig‘ish

Xarajatlarning jarayonli kalkulyatsiyasi ishlatiladigan ishlab chiqarishda mahsulot to tayyor bо‘lmaguncha bir jarayondan boshqasiga о‘tib yuradi. Bunday ishlab chiqarish bosqichlarini yoki jarayonlarini о‘tash kimyo, sement, neftni qayta ishlash, tekstil sanoatlariga hosdir. Xarajatlar tо‘planishi jarayoni ishlab chiqarish jarayoniga parallel bо‘ladi. Har jarayon uchun nazorat schetlari о‘rnatilib, tо‘g‘ri va ustama xarajatlari aniqlanadi. Tо‘g‘ri xarajatlar buyurtmali kalkulyatsiya usulidek aniqlanadi, lekin hisob-kitobi yengilroq bо‘ladi, chunki mahsulotning har birligi uchun xarajatlarni detallashtirish kerak emas. Bir jarayondan boshqasiga о‘tganda xarajatlar о‘sadi. A jarayonning xarajatlari V jarayonga о‘tib, uning xarajatlariga qо‘shiladi, keyin S jarayonga о‘tib Sning xarajatlari qо‘shiladi va hokazo. Shunday qilib ohirgi bosqichning xarajatlari ham qо‘shilgandan keyin umumiy tannarx kelib chiqadi (8-jadval).



A jarayon

materiallar 1000

mehnat xarajatlari 1000 jarayon V gaberildi3000 ----->

ustama xarajatlari 1000

3000

V jarayon

----->jarayon A dan 3000

mehnat xarajatlari 2000

material 1000 jarayon S ga berildi 6500----->

ustama xarajatlari 500

6500


S jarayon

-----> jarayon V dan 6500

mehnat xarajatlari 3000

material 2000 Tayyor mahsulot omboriga berildi 12500 ----->

ustama xarajatlari 1000

12500


Tayyor mahsulot

------> S jarayondan 12500


8-jadval. Jarayonli kalkulyatsiya tizimida tannarx о‘zgarishi

Ustama sarflar va tutallanmagan ishlab chiqarishni baholash bilan bog‘liq muammo paydo bо‘lganda tо‘g‘ri xarajatlarni taqsim etish oddiy tartibga ega.

Jarayonlararo kalkulyatsiya va xarajatlarni jamg‘arish tartibini tahlil qilib hisob jarayonini besh bosqichga bо‘lish mumkin:


  1. Ishlab chiqarish xarajatlarini natural yoki reja hisob birliklarida hisobga olish.

  2. Mahsulotnichiqarishni natura yoki reja-hisobbirliklaridahisobga olish.

  3. Hisoblangan xarajatlarni «Asosiy ishlab chiqarish» schetining debetida jamlash.

  4. Xarajatlarni tayyor mahsulotlar va davr oxiriga bо‘lgan tugallanmagan ishlab chiqarish о‘rtasida taqsimlash.

  5. Mahsulot birligining tannarxini hisoblab chiqish.

Xо‘jalikni yuritishning samaradorligini oshirish mamlakat iqtisodiy rivojlanishining har qanday bosqichida asosiy va muhim masala hisoblanadi. Bu boshqaruvning meyoriy tiziminn milliy xо‘jalik tarmoqlari darajasida va bir subyekt miqyosida qо‘llashni muhim qilib qо‘yadi.

Xarajatlarni boshqarishning meyoriy tizimi о‘zi bilan rejalashtirish, meyorlash, materiallarni ishlab chiqarishga berish, ichki hisobot tuzish, mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish, xarajatlarning meyori asosida iqtisodiy tahlil va nazoratni rо‘yobga chiqarish bо‘yicha muolajalarning jamlamasini aks ettiradi.

Uning asosiy maqsadi bо‘lib ishlab chiqarish omillarini tо‘liq ishlatish va xо‘jalikni tejamli yuritish hisoblanadi. Bu tizimning mazmuni quyidagilardan iborat:


  • subyektning oldiga qо‘yilgan masalalarni yechishni ta’minlovchi meyorlar asosida xarajatlarni rejalashtirish;

  • meyor va meyorlashtirishlar bilan asoslangan ishlab chiqarish maqsadlari bо‘yicha turli resurslarni ishlatish uchun ruxsatnomalar berish yо‘li bilan xarajatlarni hujjatlashtirish;

  • xarajatlarni buxgalteriya hisobining schetlarida ularning meyorlari va undan chetga chiqishlarni aks ettirish.

Kalkulyatsiya qilish xarajatlarning meyoriga asoslanadi, meyordan chiqib ketishlar ularning vujudga kelishi bо‘yicha buxgalteriya hisobining schetlarida ishlab chiqarish natijasining kо‘payishi yoki kamayishi sifatida kо‘rsatiladi. Ishlab chiqarishga bо‘lgan xarajatlarni va mahsulotning tannarxi kalkulyatsiyasining meyoriy usuli boshqalardan kо‘proq xarajatlarni boshqarish meyoriy tizimining talablariga javob beradi.
4. Oziq-ovqat sanoati korxonalari faoliyatini mahsulot tannarxini pasaytirish yо‘llari

Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarning amaliyotida keng tarqalgan va mamlakatimizda ham qо‘llanishi tavsiya qilingan. Lekin hisobot davri davomida jami chetga chiqishni aniq darajada hisobga olish imkoniyati mavjud emas. Hisobot oyining oxiridagi tugallanmagan ishlab chiqarishning meyoriy tannarxi ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarning meyordagi hajmi bilan ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarning meyoriy tannarxning farqi kо‘rinishida aniqlanadi. Natijada oy davomida yoki boshqa hisobot davrida hisobga olinmagan chetga chiqish summasi hisobot davrining oxiridagi ishlab chiqarishning qiymatiga qо‘shiladi.

Asosiy xarajatlar bо‘yicha tasdiqlangan meyorlarga rioya qilish ustidan kundalik nazoratni о‘rnatishni nazarda tutadi. Hisobot davri davomida meyordan chetga chiqish bо‘yicha olingan ma’lumotlar buxgalteriya hisobining tegishli registrlarida umumlashtirilmaydi va schetlarda qayd qilinmaydi.

Tasdiqlangan meyorlardan chetga chiqish summasi baholangan tayyor mahsulotning hajmiga sarflangan haqiqiy xarajatlar bilan ushbu mahsulot uchun sarflanishi lozim bо‘lgan meyoriy xarajatlarni taqqoslash yо‘li bilan bir xil mahsulotlarning har bir guruxi bо‘yicha aniqlanadi. Ushbu holatda tugallanmagan ishlab chiqarishning qiymati ishlab chiqarishda yarim fabrikatlar harakatining balansi bо‘yicha natura kо‘rsatkichlardan kelib chiqkan holda meyoriy tannarxi bо‘yicha baholanadi, yoki ishlab chiqarish bо‘linmalaridagi tugallanmagan ishlab chiqarishni xatlab hisobga olish asosida baholanadi.

Mehnatni tashkil etish va ishlab chiqarishni boshqarish muammolarini yechishning obyektiv tendensiyalari 20-yillar boshidai AQShda qо‘llaniladigan ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash usulini qaytadan kо‘rib chiqishni taqozo qildi. Mahsulot birligining tannarxini hisoblash, narxlarni о‘rnatish, xarajatlarni tezkor boshqarish va nazorat qilish uchun moddiy va mehnat xarajatlarining meyorlari ishlab chiqila boshlandi.

Akslanishga yondoshishga muvofiq ishlab chiqarish xarajatlari hisobida qо‘llaniladigai usullarni ikkita asosiy guruhga ajratish kо‘zda tutildi: о‘tgan xarajatlar hisobi va standartlashtirilgan xarajatlar va ulardan chetga chiqishlarning hisobi. Ishlab chiqarishga bо‘lgan xarajatlar hisobi va kalkulyatsiya usullari tizimida standart xarajatlar hisobi tizimi buyurtmalararo va jarayonlararo hisobda qо‘llashni kо‘zlab uni mustaqil va muhimlashgan sifatida kо‘rilmaydi.



Meyor – standartlarni ishlab chiqish. ishlab chiqarishning boshlanishigacha standart kalkulyatsiyalarni tuzish va tо‘plam sifatida tizimlashgan standartlardan chetga chiqishlarni ajratish bilan haqiqiy xarajatlarning hisobi «standart-kost» tizimi nomini oldi.

«Standart» – mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun kerak bо‘lgan moddiy va mehnat xarajatlarining miqdori yoki mahsulot, xizmat, ish birligini ishlab chiqarish uchun oldindan hisoblab chiqilgan moddiy va mehnat xarajatlarini; «kost» – mahsulot birligini tayyorlash uchun ishlab chiqarish xarajatlarining pul kо‘rinishini aks ettiradi.

Amerika adabiyotida standart-kost tizimiga har xil tushunchalar beriladi, bu tushunchaga har xil mazmun kiritiladi. Lekin xamma hollarda ham bu tizim ishlab chiqarishning tо‘g‘ri xarajatlarini tartibga solishga qaratilgan nazorat vositasi sifatida tavsif qilinadi.

Standart-kost tizimining ustunliklari quyidagilardan iborat:

a) ishlab chiqarish va buyumlarning sotilishi bо‘yicha kutiladigai xarajatlar haqidagi ma’lumot bilan ta’minlash;

b) mahsulot birligining oldindan hisoblab chiqilgan tannarxi asosida narxni о‘rnatish;

v) meyorlardan chetga chiqishlar va ularning vujudga kelish sabablarini kо‘rsatib daromad va sarflar haqidagi hisobotni tuzish.

Kutiladigan xarajatlar firma-ichida hisoblab chiqilgan standartlar (meyor va meyorlashtirishlar) asosida aniqlanadi. Bu standartlar tizim funksiyalanishining asosi bо‘ladi va uning mazmunini ochadi.

Standartlarning butun yig‘imi quyidagi guruhlarga bо‘linadi:



1. Hisobga olinadigan baholarning darajasiga muvofiq.

  • Ideal: materiallar, xizmatlarga bо‘lgan tariflar, mehnatga haq tо‘lashga bо‘lgan darajalarni va ustama sarflarning smeta darajalariga bо‘lgan eng ma’qul narxlarni kо‘zlaydi.

  • Meyoriy: iqtisodiy sikl mobaynida о‘rtacha narxlar bо‘yicha hisoblab chiqiladi.

  • Joriy: ma’lum hisob davrida kutilayotgan va bu davrda harakatda bо‘lgan narxlar asosida hisoblashni kо‘zlaydi.

  • Bazis: yil boshida о‘rnatiladi va yil davomida о‘zgarmay qoladi. Odatda, ulardan narxlar indeksini hisoblash uchun qо‘llaniladi.

2.Quvvatdan foydalanish darajasiga nisbatan.

  • Nazariy: ulardan yaxshi yoki ideal foydalanishda subyekt tomonidan erishiladigan natija. Ular subyektning maqsadi hisoblanadi, quvvatdan tо‘liq foydalanish. dam olish vaqtining meyorlangan qiymatiga asoslangan, yaroqsiz, turib qolishlar, buzilishlarga vaqt sarflashni kо‘zda tutmaydi.

  • О‘tgan о‘rtacha bajarish: statistik ma’lumotlar bо‘yicha hisoblanadi va yaroqsiz, turib qolishlar va buzilishlarga sarflangan vaqtni hisoblaydi, yani oldingi davrning hamma kamchiliklarini nazarda tutadi.

  • Meyoriy bajarish: kelajak davrda meyorlarning kutilayotgan о‘rchacha darajasini kо‘zda tutadi.

3. Mahsulot chiqarish hajmiga nisbatan.

  • Mahsulotning ishlab chiqarish hajmi standartlarni ishlab chiqarishga yondashishga birinchi darajada ta’sir kо‘rsatadi.

  • Nazariy: subyektning nazariy quvvatiga asoslangan holda oldindan belgilangan. Ularga yoki erishib bо‘lmaydi, yoki bir martalik tartibda erishiladi.

  • Amaliy: yaxshi bajarilishda subyekt tomonidan erishiladi, ular о‘z darajasi bilan yaxshi bajarilishida nazariy standartlarga yaqin, ishlab chiqarishning real erishiladigan darajasiga asoslangan va qochish imkoniyati bо‘lmaydigan yо‘qotishlarga yо‘l qо‘yadi.

  • Meyoriy: sikl mobaynida ishlab chiqarishning yuqori va past hajmining о‘rtacha qiymatidan kelib chikqan holda mahsulot chiqarishning erishish darajasida hisoblanadi.

  • Kutilayotgan: mahsulot chiqarishning kutilayotgan hajmida ishlab chiqarishning aniq sharoitlari asosida hisoblanadi.

Mazkur tavsif Amerika firmalarida xarajatlarning moddalari bо‘yicha standartlarni о‘rnatishga har xil yondoshishlarning mavjudligini kо‘rsatadi. Lekin har bir yondoshishda qabul qilingan standartlar buxgalteriyada ishlab chiqarish jarayoni boshlanguncha standart tannarx xaritalariga umumlashtiriladi. Kartalar buyum, shu buyumni, buyurtmani tayyorlashda ishtirok etadigan ishlab chiqarish bо‘linmalari bо‘yicha va buyurtmalar bо‘yicha tuziladi.

Standart-kost tizimi tо‘g‘ri xarajatlarni boshqarish vositasi sifatada namoyish qilinadi. Bu tizimning bir necha variantlaridan foydalaniladi. Bitta variantda xarajatlar «ishlab chiqarish» schetining debetida tо‘planadi va standart qiymat bо‘yicha baholanadi, tayyor mahsulot xuddi shunday standart qiymat bо‘yicha shu schetning kreditidan chiqarib tashlanadi, tugallanmagan ishlab chiqarish standart qiymat bо‘yicha baholanadi. Ikkinchi variantning mazmuni «Ishlab chiqarish» schetining debetida umumlashtirilgan xarajatlar haqiqiy qiymati bо‘yncha baholanishdan, schetning kreditidan esa tayyor mahsulot standart qiymat bо‘yicha chiqarib tashlanishidan iborat. Tugallanmagan ishlab chiqarish haqiqiy xarajatlardan u yoki bu tomonga chiqib ketishlarni hisobga olgan holda standart qiymat bо‘yicha hisoblanadi.

Haqiqiy xarajatlarning standartlardan chetga chiqishini Amerika firmalari odatda tannarxga olib bormasdai «Mahsulot, ish va xizmatlarning sotilishi» schetiga chiqarib tashlaydilar.

Subyektning quvvatlariga nisbatan standart-kost tizimini tashkil etish, standartlardan chetga chiqishlarni aniqlash va ularni chiqarib tashlash uslubiyati bо‘yicha ishlar koordinatsiyasini standart-kost tizimi bilan bog‘liq bо‘lgan hamma bо‘linmalarning vakillari amalga oshiradilar. Yanada yirik kompaniyalarda standartlarni tuzish, ularga о‘zgartirishlar kiritish, hisoblash va boshqalar bо‘yicha barcha ishlar jamlangan standartlar bо‘linmasi tuziladi.

Standart-kost tizimi amaliyotda qо‘llaniladigan xarajatlarni hisoblashning boshqa tizimiga kо‘ra, о‘z xususiyatlariga ega. Birinchidan, vositalarni sarflash jarayonida standartlardan chiqib ketishlarni aniqlash asosi bо‘lib ularni hujjatlashtirish emas, balki maxsus. schetlardagi buxgalteriya yozuvlari hisoblanadn. Ikkinchidan, aniqlashdan chetga chiqishlarni hamma kompaniyalar ham emas. joriy standartlardan foydalanadiganlari buxgalteriya hisobida aks ettiradi. Standartlardan chetga chiqishlarni aks ettirish qismida uchinchi xususiyat bо‘lib chetga chiqishlarni hisobga olish uchun maxsus sintetik schetlarning kalkulyatsiya moddalarini, ustga chiqishlarning omillari bо‘yicha ajratish hisoblanadi.

Standart-kost tizimining mazkur xususiyatlari shuni ifodalaydiki, xarajatlarni boshqarish maqsadida har doim bu chetga chiqishlar va ularni hisoblash uchun qanchalik muhimligi kо‘rib chiqiladi; ular nimalarni kо‘rsatadilar, qaysi muammolarni yechishda ulardan foydalanish mumkinligi aniqlangan chetga chiqishlarning ishlab chiqarishga bо‘lgan xarajatlarni tahlil qilishdagi muhimligi asosan e’tiborga olinadi.

Kalkulyatsiya qilish milliy tizimining nazariyasi va amaliyoti rivojlanayotgan bozor munosabatlari sharoitlarida bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda qо‘llanilayotgan boshqaruv hisobining tashkiliy tizimlarini о‘rganishga muhtoj. Bunday tizimlardan biri tо‘g‘ri xarajatlar bо‘yicha mahsulotning tannarxini kalkulyatsiya qilish tizimi hisoblanadi.

Daromadlar va zararlar tо‘g‘risidagi oylik hisobotning tarkibida oddiy ishlab chiqarish xarajatlari va egri ustama sarflarni chegaralash boshlandi. Ishlab chiqarish sarflarini differensiatsiyalash daromadning hajmini, mahsulotni sotish hajmining bog‘langanligini aniklashga va tannarxni boshqarishga yordam berdi. Shunday qilib, bu tizimning mazmuni quyidagilarga olib kelindi: tо‘g‘ri xarajatlar tayyor majulotlarning turlarn bо‘yicha umumlashtiriladi, egri xarajatlar esa alohida schetda tо‘planadi va ular vujudga kelgan davrning umumiy moliyaviy natijalariga olib boriladi. Agar har bir buyum bо‘yicha tushgan daromad summasidan bu buyum bо‘yicha sarflangan о‘zgaruvchan xarajatlar chiqarib tashlansa unda buyum bо‘yicha brutto-daromad olamiz. Hamma buyumlar bо‘yicha olingan brutto-daromadni jamlab doimiy xarajatlarning umumny summasini qoplash uchun mо‘ljallangan daromadning umumiysummasini olish mumkin.



Direkt-kosting tizimi bir nscha farqlovchi xususiyatlarga ega: birinchisi – ishlab chiqarish xarajatlarini о‘zgaruvchan va doimiyga ajratish; ikkinchisi – mahsulot tannarxini cheklangan xarajatlar bо‘yicha kalkulyatsiya qilish; uchinchisi – foydalar bо‘yicha hisobotlarni tuzishning kо‘p bosqichligi. Hisob jarayoni ikki bosqichda olib boriladi (5-jadval).

5-jadval

Direkt-kosting tizimida hisob jarayoni bosqichlari

Birinchi bosqich
















«Tannarxni hisoblash»

Mahsulotning turlari

1

2

3

4

5

Sotishdan olingan foydalar

x

x

x

x

x

О‘zgaruvchan xarajatlar

x

x

x

x

x

Marjinal foydalar (brutto-daromad)

x

x

x

x

x

Ikkinchi bosqich
















Natijani hisoblash

Doimiy xarajatlar













x

Ishlab chiqarishning rentAbelligi










=

x

Natija:



















Birinchi bosqichda tayyor mahsulotni ishlab chiqarish hajmiiing tо‘g‘ri (о‘zgaruvchan) xarajatlar bilan aloqasi о‘rnatiladi, alohida turdagi mahsulotni ishlab chiqarishning rentAbelligi aks ettiriladi. Ikkinchi bosqichda bitta schetda umumlashtirilgan egri (doimiy) sarflar bir turdagi mahsulot realizatsiyasidan olingan qо‘yilma bilan taqqoslanadi. Natijada butun ishlab chiqarish va realizatsiyashng rentAbelligini aks ettiradi. Shunday qilib, bu tizim realizatsiyaga qaratilgan. Realizatsiyaning hajmi qanchakо‘p bо‘lsa subyekt shuncha kо‘p daromad oladi. Tayyor mahsulot va tugallanmagan ishlab chiqarish faqat о‘zgaruvchan (tо‘g‘ri) xarajatlar bо‘yicha baholanadi. Baholashning bunday tizimi subyektlarda mahsulotlarni sotishni kо‘paytirishning yangi imkoniyatlarini izlashga qiziqish uyg‘otadi.

Subyektlarda direkt-kosting hisobi tizimi har xil tartibda tashkil etilishi mumkin. Bu yerda ikkita – avtonom va integratsiya yondoshish ishlatiladi. Xarris tizimi boshqaruv va moliyaviy hisob integratsiyasiga asoslangan. Boshqaruv va moliyaviy hisobning umumiy tizimi bosh kitobda hamma mablag‘larning ichki aylanishi aks ettirishni kо‘zlaydi.



Foydalar tо‘g‘risidagi hisobotni tuzishni kо‘p jarayonlik asosida marjinal foydalar xaqidagi hisobot yotadi. Direkt-kosting tizimidagi foyda va sarflar haqidagi taxminiy hisoboti 6-jadvalda keltirilgan.

6-jadval

Direkt-kosting tizimidagi foyda va sarflar haqida tahminiy hisobot



Kо‘rsatkichlar

Summa, ming sо‘m

1.

Sotilgan mahsulotning hajmi

5700

2.

О‘zgaruvchan xarajatlar

3300

3.

Marjinal foyda 1-satr–2-satr

2400

4.

Doimiy sarflar

1370

5.

Sof foyda (yoki zarar) (3-satr–4-satr)

1030

Keltirilgan hisobda ikki pog‘ona mavjud: yuqori marjinal daromad; pastki hisobda bosqichlar bо‘yicha jarayonda tо‘ldiriladigan sof foyda. Agar о‘zgaruvchan xarajatlarni ishlab chiqarish va noishlab chiqarishga bо‘lsak mazkur hisobot uch bosqichda tuziladi. Birinchi bosqichda marjinal foyda mahsulotni sotishdan tushgan pul bilan о‘zgaruvchan ishlab chiqarish xarajatlari о‘rtasidagi farq sifatida hisoblanadi. Uchinchi bosqichda jamlama marjinal foyda bilan doimiy xarajatlar summasnpi taqqoslash yо‘li bilan sof foyda (yoki sof zarar) hisoblanadi. Keyin hisobotning pog‘onaliligini doimiy xarajatlarni shartli-doimiy va shartli-о‘zgaruvchanlarga bо‘lish bilan kо‘paytirsa bо‘ladi.

Xulosa


Bugungi kunda mamlakatimizni, avvalo, iqtisodiyotimizni isloh etish, erkinlashtirish va modernizatsiya qilish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan, har tomonlama asosli va chuqur o'ylangan siyosat bizni inqirozlar va boshqa tahdidlarning salbiy ta'siridan himoya qiladigan kuchli to'siq, aytish mumkinki, mustahkam va ishonchli himoya vositasini yaratdi. O'zbekistonda ham moliyaviy inqirozning oldini olish borasida iqtisodiyotimizdagi real ahvol va sharoitlarni hisobga olindi. Mahsulot tannarxini hisoblashda faqat shu mahsulotni ishlab chiqarish bilan bog'liq xarajatlar hisobga olinadi. Mahsulotni sotish va ishlab chiqarishni boshqarish bilan bog'liq umumkorxona xarajatlari mahsulot tannarxiga kiritilmay davr xarajatlari hisobiga kiritiladi. Mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tayotgan hamda bugungi kunda mamlakatda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish katta ahamiyatga ega. Buning uchun mamlakatda iste'molchilar ehtiyojini qondira oladigan arzon hamda sifatli mahsulot ishlab chiqarish lozimdir. Bunda asosiy ko'riladigan masalardan biri mahsulot tannarxini o'rganib uni imkon qadar pasaytirishdan iborat. Korxonalarda mahsulot tannarxi hisobi Vazirlar mahkamasining mahsulotni ishlab chiqarish va va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to'g'risida NIZOMga muvofiq amalga oshiriladi. Mahsulot tannarxini aniqlashda hisoblash ob'ektlarini bilish muximdir.

Unga qilingan xarajatlarni alohida hisobga olish mumkin bo'lmaganligidan, umumiy ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash ob'ektlari bo'yicha to'g'ri taqsimlash muhimdir. Iqtisodiy hisob-kitoblarda mahsulot tannarxini rejalashtirish va hisoblashda xarajatlarni hisoblash moddalari bo'yicha guruhlash qabul qilingan. Keyingi yillarda ishlab chiqarish jarayonida iste'mol qilinadigan resurslar hamda xizmat ko'rsatish korxonalari ish va xizmatlari narxlarining tez sur'atlar bilan oshib borganligi mahsulotlar tannarxining ham qimmatlashib ketishiga sabab bo'lmoqda.Bu vaziyat aksariyat hollarda kichik tadbirkorlik korxonalari yetishtirayotgan mahsulotlarni zarar bilan sotishiga sabab bo'ladi. Shuning uchun kuchli raqobatga asoslangan munosabatlari sharoitida kichik tadbirkorlik korxonalari oldida mahsulot tannarxini har tomonlama pasaytirish yo'llarini izlab topish vazifasi turadi. Mustaqil O'zbekiston respublikasini iqtisodiy jihatdan rivojlantirish amalga oshirilayotgan hozirgi sharoitda sodir bo'layotgan tub iqtisodiy islohotlarni, bozor iqtisodiyotiga o'tish qonuniyatlarini bilishni taqozo qilmoqda. Iqtisodiy qonunlarning talablari va amal qilish hususiyatlari bilan hisoblashmay turib muvaffaqiyatga erishib bo'lmaydi. Iqtisodiy jarayonlar va hodisalarni bilishda iqtisodiy fanlarning ahamiyatli roli o'sib bormoqda. Chunki ular jamiyatning manbasini, ishlab chiqarish sir – asrorlarini, iqtisodiy qonuniyatlar va kategoriyalarning tub mohiyatlarini ochib beradi. Hozirgi kunda har bir jamiyat a'zosining oldida iqtisodiyot qonuniyatlari, ularning O'zbekiston respublikasida qanday amalga oshirilayotganini,bu qonuniyatlarni ishlab chiqarishga tadbiq etishni, pirovard natijada talab darajasida hizmat ko'rsatish va ishlab chiqarishni yo'lga qo'yishning sirlarini bilib olish kabi vazifalar turibdi. O'zbekiston respublikasining kelajakda buyuk davlat bo'lishi ko'p jihatdan hozirgi kunda ta'lim – tarbiya olayotgan yoshlarga bog'liq. Ular ongiga hamma xildagi tarbiyani singdirish bilan bir qatorda, iqtisodiy tarbiyani qo'shib olib borish muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadqiqot jarayonida quyidagi ilmiy xulosalar olindi:

1. Xо‘jalik-yurtuvchi subyektning ishlab chiqarish faoliyatida xarajatlarning boshqaruv hisobi tizimini tashkil kiladigan va о‘zaro bog‘langan uchta element mavjud:



  • ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarni hisobga olish;

  • tayyor mahsulotlarning hisobini yuritish;

  • ushbu tayyor mahsulotlarning tannarxini kalkulyatsiya qilish.

Ushbu о‘zaro bog‘langan tizim elementlarining talabidan kelib chiqqan xolda ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarni hisobga olish tizimi ushbu xarajatlarning turlari, tarkibi, mazmuni, yо‘nalishi, sodir bо‘lgan joylari va masuliyat markazlari, maxsulot yoki ishlarning turlari va ularning bir xil guruhlari, buyumlarning kismi va yarimfabrikatlar bо‘yicha guruhlashtirishda kо‘llaniladigan usullarning о‘zaro alokalarini aks ettirishi lozim va amal qilinayotgan meyorlar bilan rejalashtirilgan samaradorligini takkoslash natijasida ishlab chiqarish resurslaridai foydalanishni nazorat qilish usullaridir.

Xarajatlarni turkumlash, hisobga olish va mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish tizimidan foydalanishda о‘zbilarmonchilikka yо‘l qо‘yish mumkin emas. Chunki uni qо‘llashning maqsadi boshqarish va xarajatlarni hisobga olish obyektlari bilan chambarchas bog‘langan holda yig‘ilgan.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida tatbiq qilingan xarajatlarni hisobga olish tizimi bir vaqtning о‘zida turkumlashtirishning bir necha asoslaridan foydalanadi. Lekin biz vaqt imkoniyatidan kelib chiqqan holda va о‘rgatish usuliga muvofiq asosan buyurtma, jarayonlar va meyoriy usullarni va ularning turlicha kо‘rinishlari bilan bog‘liq xolatlarini yoritishga xarakat kilamiz. Bundan tashqari:

2. Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va maxsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishning buyurtmali usuli asosan ishlab chiqarish texnologiyasi uchun sarflangan xom-ashyo va matsriallar, mehnat sarflari va boshqa umumiy ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish yoki kо‘rsatilgan xizmatning turiga olib borish imkoniyati bо‘lgan ishlab chiqarishda yoki subyektlarda qо‘llaniladi.

Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va maxsulot (ish, xizmat) ning tanarxini kalkulyatsiya qilishning buyurtmali usulini joriy qilish uchun tegishli shart-sharoitlar mavjud bо‘lishi kerak. Ushbu usulni joriy qilishning asosiy sharti bu tegishli buyurtmaga asosan yoki bitta ayrim olingan mahsulotni yoki ushbu mahsulotlarning guruhini ajratish imkoniyatini yaratish va ishlab chiqarilgan har bir mahsulot yoki bajarilgai ishning о‘rtacha emas, balki yakka holdagi tannarxi tо‘g‘risida ma’lumotlarni olish sharoitini tug‘dirishdir. Ushbu hisob va kalkulyatsiya tizimining usuli qо‘llaniladigan ishlab chiqarish turlariga, asosan qurilish obyektlari, samolyot-kemasozlik, qog‘oz, mebel sanoati, ilmiy-izlanish, konstruktorlik va ta’mirlash ishlari, auditorlik, konsalting xizmatlari va shunga о‘xshash yakka buyurtma yoki kichik guruhlardagi tovarlarni ishlab chiqarish jarayonlari kiradi.

3. Xо‘jalik yurituvchi subyektlar ishlab chiqarish sharoitining tasnifijamiyatning rivojlanishida asosiy о‘rin tutadigan mashinasozlik subyektlarining misolida keltirilgan. Ushbu sharoitda ishlab chiqarilgan mahsulotga sarflangan xarajatlarni ajratish va guruhlashtirish usulini belgilaydigan va amaliyotga joriy qilinadigan rejali hisob birligiga asosiy e’tibor qaratilgan,

Umuman olganda, ushbu aniqlangan yо‘nalish meyorlashtirish, kalkulyatsiya qilish va baholarni shakllantirish obyektlarini soddalashtirish bilan bir qatorda umumlashtirilgan holda rejalashtirish va hisob obyektlarining birligi zaruriyatini keltirib chiqaradi. Lekin ichki tarkibiy bо‘linmalar, ayniqsa, brigadalar yoki ichki ijara guruhlari bо‘yicha ishlab chiqarish xarajatlarining turlarini ishlab chiqarishda hisobga olish tartibi e’tiborga olinmaydi. Chunki ayrim va kichik guruhdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishda tegishli ularning oxirgi bosqichida - yig‘uvsexida va subyekt darajasida reja-hisob birliklari va kalkulyatsiya obyektlarining bir-biri bilan mos kelishi yetarli, deb hisoblanadi.

4. Sanoat ishlab chiqarishni hisobga olish xar bir ishlab chiqarish sarfini hisob obyekti va xarajat moddasi bо‘yicha tо‘g‘ri va о‘z vaqtida hisobda aks ettirish, ishlab chiqargan maxsulotni aniq hisobga olish va uning tannarxini tо‘g‘ri hisoblash, tugallanmagan ishlab chiqarishni tо‘g‘ri aniqlash, mablag‘larni tejab sarflanishini nazorat qilish ijara asosida ishlaydigan bо‘linmalarning xо‘jalik hisobi topshiriqlari (shartnomalar)ni bajarishni nazorat qilish va har bir korxona bо‘yicha aloxida ishlab chiqarish faoliyatini moliyaviy natijalarini aniqlash lozim.




Foydalanilganadabiyotlarruyxati


I. Qonun, huquqiy, siyosiy hujjatlar

  1. О‘zbekiston respublikasining qonuni, 30.08.1996 y. N 279-I, Buxgalteriya hisobi tо‘g‘risida el investitsiyalari tо‘g‘risida

  2. О‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi. О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 24.04.1997 y. 397-I-son qaroriga muvofiq 1998 yilning 1 martidan kuchga kiritilgan

II. Kitoblar va risolalar

  1. Karimov I.A. О‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yо‘lida. T.: О‘zbekiston, 1995.

  2. Karimov I.A.О‘zbekiston XXI asr bо‘sag‘asida; xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.T.: О‘zbekiston.1997.

  3. Karimov I.A. Vatanimizning tinchligi va xavfsizligi о‘z kuch-qudratimizga, xalqimizning hamjihatligi va bukilmas irodasiga bog‘liq. T.: О‘zbekiston, 2004.

  4. О‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standartlari. T. О‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar Milliy Assotsiatsiyasining nashriyot-axborot Markazi.: 2003, 116-b.

  5. Razyasneniya Mejdunarodnix Standartov Finansovoy Otchetnosti. Uchebno-spravochnoye posobiye. Almaata: Izdatelskiy dom «Kitap».

  6. Bobojonov O., Jumaniyozov K. «Moliyaviy xisob» Toshkent, Moliya - 2002 yil.

  7. O.Masharipov, D.Matkarimov, «Moliyaviy xisob» Xorazm nashriyoti 2001 yil.

  8. Stoyanova YE.S. Finansoviy menedjment. - M.: «Perspektiva», 1995.

  9. Stoyanova YE.S., Krilova T.B., Fedotova M.A., Bukova YE.V., Kukukina I.T,Vaxenko T.V. Finansoviy menedjment. - M.: «Perspektiva», 1996.

  10. Finansoviy analiz deyatelnosti firmu. -M.: «Krokus Interneshnl», 1993.

  11. Osnovi menedjmenta. Meskon X., Albert A., Xedourif M. - M. : «Delo», 1997 g.

  12. Balabanov I.T, Osnovi finansovogo menedjmenta. Kak upravlyat kapitalom? - M.: «Finansii statistika», 1994 g.

  13. Osnovi finansovogo menedjmenta. Xolt Robert N. - M. «Delo Ltd», 1995 g.

  14. Kozlova O.I. Otsenka kreditosposobnosti predpriyatiy. - M. : «AO ARGO», 1993 g.

  15. Yudjin Brigaem, Luis Ganenski. Finansoviy menedjment (v dvux tomax). - Sankt-Peterburg.: «Ekonomicheskaya shkola», 1997 g.

  16. Yudjin F. Brigxem. Ensiklopediya finansovogo menedjmenta. - M.: «Ekonomika», 1998 g.

  17. Bukova YE.V., Stoyanova YE.S. Finansovoye iskusstvo kommersii. - M.: «Perspektiva», 1995 g.

  18. Finansoviy menedjment teoriya i praktika: Uchebnik. Pod red. YE.S.Stoyanovoy. - M.: «Perspektiva», 1996 g.

III. Internet ma’lumotlari

  1. www.uzbearingpoint.com – О‘zbekiston iqtisodiyoti statistik tо‘plami

  2. www.review.uz – Jurnal ekonomicheskoye obozreniye

  3. www.stat.uz – О‘zbekiston Respublikasi Statistik ma’lumotlari, Statistika vazirligi

  4. www.gov.uz– О‘zbekiston Respublikasi Xukumati sayti




1 Vazirlar mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-sonli qarori «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish hamda sotish xarajatlarining tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi tо‘ђrisida Nizom»


Download 402.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling