Sanoat tarmog‘i barcha mamlakatlarning siyosiy, iqtisodiy va tashkiliy intilishlari, ularning xо‘jalik jihatdan birlashishi, ya’ni iqtisodiy integratsiya tavsifida о‘z ifodasini topadi


-jadval. Tannarxni pasaytirishning asosiy yo’nalishlari


Download 402.5 Kb.
bet12/15
Sana05.01.2022
Hajmi402.5 Kb.
#207819
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Kurs

4-jadval. Tannarxni pasaytirishning asosiy yo’nalishlari.

3. Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulot

tannarxini buyurtmali usulda kalkulyatsiya qilish

Ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va mahsulot tannarxini kalkulyatsiya usuli deb, u yoki bu mahsulot birligining tannarxini aniqlashda qо‘llaniladigan usullar tizimiga aytiladi. U yoki bu kalkulyatsiya usulini qо‘llash quyidagi asosiy omillar bilan aniqlanadi: ishlab chiqarish turi va murakkabligi, ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi, xarakteri, tugallanmagan ishlab chiqarish hajmi, ishlab chiqarish jarayonining uzun-qisqaligi va h.k.

Ishlab chiqarish hisobining oxirgi bosqichi - bu xarajatlarni mahsulotning ayrim turlari bо‘yicha detallashtirish va mahsulot birligi tannarxini aniqlashdir.

Oddiy ishlab chiqarish, ya’ni kumir, neftьь, gaz kazib olishda, issiqlik va elektr quvvati ishlab chiqarishda kalkulyatsiyaning oddiy usuli qо‘llaniladi. Murakkab texnologik jarayonga ega bо‘lgan, masalan, metallugiya, mashinasozlik, tо‘qimachilik sanoati korxonalarida kalkulyatsiya qilishning murakkab usuli qо‘llaniladi.

Korxonada ayrim qism, detal va uzellardan tashkil topmagan oddiy mahsulot ishlab chiqarilsa, bitta, ya’ni tayyor mahsulot tannarxini aniqlash kalkulyatsiyasi tuziladi. Agar korxonada bunday ayrim detal va uzellardan tashkil topgan murakkab mahsulot ishlab chiqarilsa, tayyor mahsulot tarkibiga kiruvchi uzel va detallar tannarxini aniqlash kalkulyatsiyasi ham tuziladi. Bu hol mahsulot tannarxini kalkulyatsiyalashni birmuncha murakkablashtiradi.

Mavjud adabiyotlardan va instruktiv materiallardan (yо‘riqnomalar) bizga mahsulotning haqiqiy tannarxini hisobga olish hamda kalkulyatsiya qilinishining quyidagi uch usuli ma’lum. Bular bо‘limli, buyurtmali, normativ (meyoriy) usullardir.

Har bir korxonada shu korxonaning xususiyatlari hisobga olingan holda kalkulyatsiyaning u yoki bu usuli qо‘llanilishi mumkin.

Ba’zan sanoat korxonasida asosiy ishlab chiqarish sexlaridan tashqari yordamchi ishlab chiqarish sexlari mavjud bо‘lganligi sababli bitta korxona miqyosida xarajatlarni hisobga olish va tannarxni kalkuyatsiya qilishning bir emas, balki bir necha usuli qо‘llanilishi mumkin.

Kalkulyatsiyaning oddiy yoki bir bо‘limli usulining moxiyati shundan iboratki, bunda mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq bevosita va bilvosita xarajatlar kalkulyatsiya moddalari bо‘yicha hisob qilinadi. Bitta mahsulotning о‘rtacha tannarxi hisobot oyidagi xarajatlar summasini xarajat moddalari bо‘yicha ishlab chiqarilgan mahsulot soniga taqsimlash yо‘li bilan aniqlanadi.

Kalkulyatsiya qilishning oddiy usuli kо‘pincha tayyor mahsulotni qazib chiqaruvchi va ayrim mahsulotni qayta ishlovchi sanoat korxonalarida qо‘llaniladi.



Bо‘limli usul. Xarajatlarni hisobga olish va kalkulyatsiya qilishning bо‘limli usuli asosan metallurgiya, tо‘qimachilik, yengil, kimyo va boshqa sanoat korxonalarida qо‘llaniladi. Bu korxonalarda ishlab chiqarish ayrim ishlab chiqarish bо‘limlari, bosqichlaridan tashkil topgan bо‘ladi. Masalan, metallurgiya sanoatiga qarashli korxonalar pо‘lat eritish va prokat ishlab chiqarish bо‘limlaridan tashkil topgan bо‘ladi. Bu bо‘limda material qayta ishlanib, yarim tayyor mahsulot holiga keltiriladi, boshqalarida esa ushbu yarim mahsulot qayta ishlanib, tayyor mahsulot holiga keltirishga mо‘ljallangan. Bо‘limli usulning muhim xususiyatlaridan biri shundaki, unda har bir sexdagi ishlab chiqarish xarajatlari ishlab chiqarishning har bir bо‘limi bosqichi bо‘yicha alohida hisobga olinib, u xarajatlar hisobi mahsulotning ayrim turlari yoki guruhlari kalkulyatsiya moddalari bо‘yicha yuritiladi.


Download 402.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling