Sanoat tarmog‘i barcha mamlakatlarning siyosiy, iqtisodiy va tashkiliy intilishlari, ularning xо‘jalik jihatdan birlashishi, ya’ni iqtisodiy integratsiya tavsifida о‘z ifodasini topadi


Download 402.5 Kb.
bet11/15
Sana05.01.2022
Hajmi402.5 Kb.
#207819
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Kurs

UMUMIY XARAJATLAR













Doimiy xarajatlar




О‘zgaruvchi xarajatlar

Korxona tо‘lov majburiyatlari




Xom-ashyo

Soliqlar




Material

Amortizatsiya ajratmalari




Yonilg‘i

Ijara haqi




Transport xizmati

Qо‘riqlash xizmati xarajatlari




Ishchilar ish haqi va shu kabilar uchun xarajatlar

Boshqaruv xodimlar maoshi va h.k.







3-jadval. Ishlab chiqarish hajmining о‘zgarishiga qarab xarajatlarni turkumlash.

Ishlab chiqarish hajmining о‘zgarishiga (qisqarishi yoki ortishi) ta’sir etmaydigan xarajatlar doimiy xarajatlar deyiladi. Doimiy xarajatlar ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bо‘lmaydi, uning о‘sishiga ham bevosita ta’sir etmaydi va ishlab chiqarishning har qanday, hatto nolinchi hajmida ham mavjud bо‘ladi. Bunga korxonaning tо‘lov majburiyatlari (zayomlar bо‘yicha foiz va boshqa), soliqlar, amortizatsiya ajratmalari, ijara haqi, qо‘riqlash xizmatiga tо‘lov, uskunalarga xizmat kо‘rsatish sarflari, boshqaruv xodimlari maoshi va shu kabilar kiradi. О‘zgaruvchi xarajatlar deb ishlab chiqariladigan tovar miqdorining oshishiga yoki kamayishiga bevosita ta’sir qiladigan harajatlarga aytiladi. Unga xom ashyo, material, yonilg‘i-transport xizmati, ishchilar ish haqi va shu kabilarga qilinadigan sarflar kiradi.Ishlab chiqarishning har bir darajasida doimiy va о‘zgaruvchan xarajatlar yig‘indisi umumiy yoki yalpi xarajatlarni tashkil qiladi. Mahsulot birligini ishlab-chiqarishga qilinadigan sarf-xarajat-larni hisoblash uchun о‘rtacha umumiy, о‘rtacha doimiy va о‘rtacha о‘zgaruvchan xarajatlar tushunchalaridan foydalaniladi. О‘rtacha umumiy xarajatlar yalpi (umumiy) xarajatlarning ishlab chiqarilgan tovar miqdoriga nisbatiga teng. О‘rtacha doimiy xarajatlar doimiy xarajatlarni ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga bо‘lish yo’li bilan aniqlanadi. О‘rtacha о‘zgaruvchi xarajatlar о‘zgaruvchi xarajatlarni ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga bо‘lish yo’li bilan aniqlanadi. Eng yuqori darajada foyda olishga erishish uchun tovar ishlab chiqarishning zarur miqdorini aniqlash zarur. Bunda iqtisodiy tahlil vositasi bо‘lib qо‘shilgan xarajat tushunchasi xizmat qiladi. Avvalo qо‘shilgan xarajat deb, keyingi qо‘shilgan mahsulotning har bitta birligini ishlab chiqarish bilan bog‘liq qо‘shimcha xarajatlarga aytiladi. Qо‘shimcha xarajatlarni har bir navbatdagi chiqarilgan qо‘shimcha mahsulot birligi uchun aniqlash mumkin.Mamlakatimiz korxonalarida tannarxni pasaytirishning asosiy yo’nalishlari «Mamlakatimizning uzoq va davomli manfaatlari taqozo etgan holatlarda va keskin vaziyatlardan chiqish, ular tug‘diradigan muammolarni hal etish zarur bо‘lganda iqtisodiyotda davlat tomonidan boshqaruv usullari qо‘llandi va bunday yondashuv oxir-oqibatda о‘zini tо‘la oqladi.



Iqtisodiyotning real sektori – iqtisodiyotning bevosita moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar kо‘rsatish bilan bog‘liq soha bо‘lib, u о‘z ichiga sanoat, qishloq xо‘jaligi, qurilish, transport, aloqa tarmoqlarini oladi. Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash – ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma’naviy jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan texnik va texnologik qayta tuzish kabi chora-tadbirlarni о‘z ichiga oluvchi jarayon. Ishlab chiqarishni modernizatsiyalashning asosiy yo’nalish va vositalari bо‘lib quyidagilar hisoblanadi: korxonalardan eskirgan asbob-uskunalarni chiqarish; ishlab chiqarishni zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlash; mahalliy resurslar asosida ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalarni joriy etish; ishlab chiqarilayotgan mahsulot assortimentini kengaytirish; ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish va resurslarni tejash; sifatni boshqarish va sertifikatlash tizimini joriy etish; chiqitsiz va ekologik toza texnologiyalarni joriy etish va boshqalar. Bugungi kunda respublikamiz iqtisodiyotining deyarli barcha tarmoq va sohalarida ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash tadbirlarining keng kо‘lamda amalga oshirilishi raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirmoqda.Biroq, bu boradagi jiddiy muammo – mahsulotlarimiz tannarxining yuqori darajada qolayotganligi ularning raqobatdoshligiga salbiy ta’sirkо‘rsatmoqda. Shunga kо‘ra, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qо‘llab-quvvatlash, ularni barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi tо‘g‘risida»gi 4058-sonli Farmonida muhim chora-tadbirlar qatorida mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarning barcha resurslardan samarali foydalanishi hisobiga mahsulot tannarxini 20 foizdan kam bо‘lmagan miqdorda pasaytirish orqali ularning raqobatdoshligini ta’minlash vazifasi ham belgilab berilgan edi. Ushbu vazifani amalga oshirish doirasida mamlakatimiz korxonalarida tannarxni pasaytirishning asosiy yo’nalishlari sifatida quyidagilarga alohida e’tibor qaratildi.




Download 402.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling