Sanoat tarmog‘i barcha mamlakatlarning siyosiy, iqtisodiy va tashkiliy intilishlari, ularning xо‘jalik jihatdan birlashishi, ya’ni iqtisodiy integratsiya tavsifida о‘z ifodasini topadi


Oziq-ovqat sanoati korxonalarida xarajatklarni turkumlanishi


Download 402.5 Kb.
bet8/15
Sana05.01.2022
Hajmi402.5 Kb.
#207819
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
Kurs

2. Oziq-ovqat sanoati korxonalarida xarajatklarni turkumlanishi.

Ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan korxonaning о‘ziga tegishli resurslar sarfi (masalan, fermer xо‘jaligida asosiy vositalar eskirishi, xо‘jalikning о‘zida ishlab chiqarilgan yem-xashak, organik о‘g‘itlar, asosiy podaga о‘tkazilayotgan yosh chorva mollari va boshqalar) korxonaning ichki xarajatlarini, tashqi mol yetkazib beruvchilar va boshqa subyektlardan sotib olingan resurslar uchun tо‘lovlar korxonaning tashqi xarajatlarini tashkil qiladi. Qisqa muddatli davrda mahsulot hajmining о‘sishiga nisbatan xarajatlar doimiy va о‘zgaruvchi xarajatlarga bо‘linadi.Doimiy xarajatlar mahsulot hajmining о‘zgarishiga bog‘liq bо‘lmay, korxonaning ma’lum bir vaqt oralig‘ida sarflashi qat’iy belgilab qо‘yilgan о‘zgarmas xarajatlarini ifoda etadi. Bunga asosiy vositalarning amortizatsiyasi, boshqaruv xodimlarining ish haqi, sug‘urta tо‘lovlari, telyefon uchun abonentlik tо‘lovi va ijara tо‘lovlarini misol qilib keltirish mumkin. Doimiy xarajatlarning о‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, mahsulot hajmining oshib borishi bilan bir birlik mahsulotga tо‘g‘ri keluvchi о‘rtacha doimiy xarajatlar kamayib boradi. О‘zgaruvchi xarajatlar miqdori mahsulot ishlab chiqarish hajmining о‘sishi yoki kamayishiga qarab о‘zgarib turadi, ya’ni mahsulot hajmi о‘zgarishiga mutanosib bо‘ladi. О‘zgaruvchan xarajatlar tarkibiga ishchilarning ish haqi va unga nisbatan ajratmalar, xomashyo, yonilg‘i-moylash materiallari, yoqilg‘i va energiya, transport xarajatlari va boshqa vositalar farqi kiradi. О‘zgaruvchan xarajatlarning о‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, mahsulot hajmining oshib borishi bir birlik mahsulotga tо‘g‘ri keluvchi о‘rtacha о‘zgaruvchi xarajatlarning о‘zgarishiga uncha ta’sir kо‘rsatmaydi. Doimiy va о‘zgaruvchi xarajatlar yig‘indisi korxonaning umumiy xarajatlarini (TS=G‘S+US) tashkil qiladi. Bundan tashqari mahsulot ishlab chiqarishning (Q) bir birligiga sarflangan о‘rtacha umumiy xarajatlar tushunchasi ham mavjud. Umumiy xarajatlar summasini mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bо‘lish orqali topish mumkin. Ishlab chiqarishning dastlabki bosqichida, moddiy resurslar va asosiy vositalar tо‘la bandlik darajasiga erishmagan davrda, о‘rtacha doimiy xarajatlar qiymati yuqori bо‘ladi va ishlab chiqarish hajmining oshib borishi bilan u kamayib borish xususiyatiga ega. О‘rtacha о‘zgaruvchi xarajatlar ishlab chiqarish hajmi optimal chegaraga yetguncha kamayib boradi, ammo undan keyin ishlab chiqarishga jalb etilgan ortiqcha resurslar samarasiz bо‘lishi tufayli, о‘rtacha о‘zgaruvchi xarajatlar ortib boradi. Keyingi har bir qо‘shimcha mahsulot birligini ishlab chiqarishga sarflanadigan xarajatlar chegaraviy xarajatlar deb yuritiladi. Uni umumiy xarajatlar summasining о‘sgan qismini mahsulot hajmining о‘sgan qismiga bо‘lish orqali topish mumkin. Chegaraviy xarajatlar ishlab chiqarilayotgan har bir qо‘shimcha mahsulot birligi korxonaga qanchaga tushishini kо‘rsatadi. Bir birlik mahsulot ishlab chiqarishga ketadigan moddiy, mehnat va boshqa xarajatlar sarfi optimallashib borgan sari chegaraviy xarajatlar kamayib boradi. Ammo, korxonaning ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish imkoniyatlari tо‘liq bandlikka erishgach, keyingi birlik mahsulotni ishlab chiqarish xarajatlari borgan sari qimmatlashib boradi. Natijada yuzaga keladigan xarajatlar О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Mahsulotlar ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi tо‘g‘risidagi Nizom"ga muvofiq quyidagicha turkumlanadi:

1. Mahsulot ishlab chiqarish tannarx hosil qiluvchi xarajatlar:

- ishlab chiqarishning moddiy xarajatlari;

- ishlab chiqarish xususiyatiga ega;

- ishlab chiqarishga tegishli asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi;

- ishlab chiqarish ahamiyatiga ega boshqa xarajatlar.

2. Ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan, biroq asosiy faoliyatidan olingan foydani aniqlashda hisobga olinadigan davr xarajatlari:

- mahsulotni sotish xarajatlari;

- boshqaruv xarajatlari;

- boshqa operatsion xarajatlar.

3. Korxonaning umumxо‘jalik faoliyatidan olingan foydasini aniqlashda hisobga olinadigan moliyaviy faoliyat bо‘yicha xarajatlar:

- foizlar bо‘yicha tо‘lovlar;

- mol-mulkni uzoq muddatli ijaraga (lizingga) olish tо‘lovlari;

- xorijiy valyuta bilan operatsiya bо‘yicha salbiy kurs tafovutlari;

- qimmatli qog‘ozlarga qо‘yilgan mablag‘larni qayta baholash;

- moliyaviy faoliyatga oid boshqa xarajatlar.



4. Korxonaning odatdagi faoliyatiga mos kelmaydigan, bir necha yillar davomida takrorlanib turmaydigan va kichik tadbirkorlik korxonasi boshlig‘ining (mulk egasining) qabul qilgan boshqaruv qarorlariga bog‘liq bо‘lmagan holda vujudga keladigan voqea va hodisalar (suv toshqini, yong‘in, jala, dо‘l kabi tabiiy ofatlar va mamlakat qonunchiligida о‘zgarish) natijasida kо‘rilgan favqulodda zararlar. Ishlab chiqarish xarajatlarini ikkiga bо‘lib о‘rganish mumkin: bevosita ishlab chiqarish xarajatlari va muomala xarajatlari (1- rasm). Ishlab chiqarish xarajatlari deganda mahsulotni bevosita ishlab chiqarish uchun qilinadigan barcha sarflar (ish haqi, xom ashyo va material sarflari, amortizatsiya va h. k.) tushuniladi. Tovar birligining qiymatida ishlab chiqarish xarajatlari faqat uning bir qismini tashkil qiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari tovar qiymatidan foyda miqdoriga kam. Muomala xarajatlari tushunchasi tovarlarni sotish jarayoni bilan bog‘liq bо‘lib, shu tovarlarni ishlab chiqaruvchidan olib, iste’molchiga yetkazilguncha ketadigan safrlarga aytiladi. Ular ikki guruhga bо‘linadi: qо‘shimcha muomala xarajatlari va sof muomala xarajatlari. Tovarlarni о‘rash, qadoqlash, saralash, transportga ortish, tashish va saqlash xarajatlari qо‘shimcha muomala xarajatlari hisoblanadi. Muomala xarajatlarining bu turlari ishlab chiqarish xarajatlariga yaqin turib, tovar qiymatiga kiradi va uning qiymatini oshiradi. Xarajatlar tovarlar sotilgandan keyin olingan pul tushumi summasidan qoplanadi.




Download 402.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling