Sanoat tarmog‘i barcha mamlakatlarning siyosiy, iqtisodiy va tashkiliy intilishlari, ularning xо‘jalik jihatdan birlashishi, ya’ni iqtisodiy integratsiya tavsifida о‘z ifodasini topadi


Download 402.5 Kb.
bet6/15
Sana05.01.2022
Hajmi402.5 Kb.
#207819
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Kurs

Mahsulot tannarxi deb, korxona yoki ishlab chiqarish birlashmasi moliya- xо‘jalik faoliyatining hamma tomonlarini aks ettiruvchi kо‘rsatkichdir. Shuning uchun ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish buxgalteriya hisobining eng asosiy bо‘limlaridan biri hisoblanadi.

Mahsulot tannarxini kamaytirishdek muhim vazifani hal qilishda ishlab chiqarish resurslarini tо‘g‘ri sarflash, belgilangan sarflash normativlariga rioya qilish, iqtisod qilish tartibini amalda keng qо‘llash lozim. Shuning uchun, hozirgi sharoitida ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishni tо‘g‘ri tashkil qilishga katta ahamiyat berilmoqda.

Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish vazifalari quyidagilardan iborat:


  • Mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish bilan bog‘liq haqiqiy xarajatlarni о‘z vaqtida, tо‘liq hisobda aks ettirish;

  • Mahsulot ishlab chiqarish jarayonida moddiy pul va mehnat resurslaridan tо‘g‘ri foydalanish ustidan nazorat olib borishni ta’minlash;

  • Hajmi, sifati, assortimenti bо‘yicha mahsulot ishlab chiqarish rejasining bajarilishini nazorat qilish;

  • Mahsulot ayrim turlarining haqiqiy tannarxini hisoblash.

  • Tannarx bо‘yicha reja topshirig‘i bajarilishini nazorat qilish;

  • Ishlab chiqarishda foydalanilmagan imkoniyatlarni aniqlash, xо‘jasizlikka, yaraqsiz mahsulotga, nobudgarchiliklar va boshqa ishlab chiqarishdagi unumsiz xarajatlarning bо‘lishiga qarshi kurash olib borish;

  • Ishlab chiqarish – xо‘jalik hisobi faoliyati natijalarini aniqlash;

Ishlab chiqarish xarajatlarni hisobga olish va mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish orasidagi о‘zaro bog‘liqlik quyidagilarda ifodalanadi:

  • Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish oldiga bir xil vazifa qо‘yiladi, ya’ni, mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq xarajatlarni о‘z vaqtida va tо‘liq hisobda aks ettirish, ishlab chiqarishda material hamda boshqa tovar-moddiy boyliklarining sarflanishi ustidan nazorat olib borish va hokazo.

  • Rejalashtirish, xarajatlarni hisobga olish va mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishda kalkulyatsiya moddalarining bir xil guruhlanishidan foydalaniladi.

  • Xarajatlarni hisobga olish ma’lumotlari asosida kalkulyatsiya tuziladi va tannarx aniqlanadi.

  • Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va tannarxni kalkulyatsiya qilishda xarajatlar hisobi va kalkulyatsiya qilishning bir necha xil, ya’ni, oddiy, normativ, buyurtmali, bо‘limli va boshqa usullari qо‘llaniladi.

Yuqorida keltirilgan о‘xshashliklar xarajatlar hisobi va mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishni bir-biri bilan о‘zaro bog‘langan holda yoritishni taqozo etadi.

Ishlab chiqarish hisobi va mahsulot tannarxini tо‘g‘ri kalkulyatsiya qilishni tashkil qilmasdan turib sanoat korxonalari ishlab chiqarish – xо‘jalik faoliyatini muvaffaqiyatli boshqarib bо‘lmaydi.

Har bir korxona yoki birlashmada ishlab chiqarish hisobi va tannarxni tо‘g‘ri tashkil qilishning imkoniyatlari kuyidagilardan iborat: ishlab chiqilgan va tasdiqlangan texnologiya rejasining mavjudligi, zamonaviy ishlab chiqarish talablariga javob bera oladigan ishlab chiqarish xarajatlari meyorining mavjudligi, ombor xо‘jaligining tо‘g‘ri tashkil qilinganligi va ishlab chiqarish uchun zarur о‘lchov asboblari va moslamalar bilan ta’minlanganligi, ishlab chiqarish xarajatlarining analitik hisobi, kalkulyatsiya moddalari, komleks xarajatlar moddalarini kalkulyatsiya obyektlari о‘rtasida taqsimlash usulini mavjudligi va hokazolar.

Sanoat korxonalarida ishlab chiqarish hisobi va mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish «Xarajatlar tarkibi tо‘g‘risidagi Nizom»ga1 muvofiq olib boriladi. Mazkur Nizom amaldagi qonun-qoidalar hisobga olingan holda, xо‘jalik obyektlarida, ya’ni о‘zining faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar ishlab chiqargan mahsulot (ish, xizmat) tannarxiga qо‘shiladigan xarajatlar bir xilligini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan. Nizom buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish maqsadlari uchun harajatlarni hisoblash о‘rtasidagi farqni hisobga oladi.

Soliqqa tortiladigan foyda buxgalteriya foydasidan farq qiladi, korxona xarajatlarining bir qismi amaldagi soliq siyosatiga kо‘ra soliqqa tortiladigan bazaga qо‘shilmaydi.

Nizomda xarajatlarni turkumlash va moliyaviy natijalarning tarkib topishining asosiy qoidalari bayon qilingan.




Download 402.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling