Sanoat tarmog‘i barcha mamlakatlarning siyosiy, iqtisodiy va tashkiliy intilishlari, ularning xо‘jalik jihatdan birlashishi, ya’ni iqtisodiy integratsiya tavsifida о‘z ifodasini topadi


Download 402.5 Kb.
bet3/15
Sana05.01.2022
Hajmi402.5 Kb.
#207819
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Kurs

Kurs ishi tarkibi. Kirish, Asosiy qism, Xulosa va foydalanilgan adabiyotlar.

1. Xarajatlarining iqtisodiy ahamiyati va mahsulot

tannarxini kalkulyatsiya qilishning asosiy vazifalari

Inson uchun zarur bо‘lgan noz-ne’matlarni ishlab chiqarish va xizmatlarni bajarish maqsadida yuz minglab kichik, о‘rta va katta hajmdagi korxonalar, xо‘jaliklar qatnashadi, ularda о‘n, yuz millionlab kishilar mehnat qiladi. Bu boyliklarni yaratmoq uchun xilma xil ishlab chiqarish resurslarini sarflash talab qilinadi.

Mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar kо‘rsatish uchun sarflangan bu xarajatlarga ishlab chiqarish xarajatlari yoki xarajatlar, deb ataladi.

Masalan, fermer qishloq xо‘jalik mahsulotining bir turini (paxta, kartoshka, bug‘doy va h.k.) yetishtirish uchun yer, suv, mehnat qurollari va mehnat buyumlariga ega bо‘lishi kerak. Ushbu ishlab chiqarish vositalari ijaraga olingan yoki bozordan sotib olingan bо‘lishi mumkin.

Fermer о‘zi va mehnatga yaroqli oila a’zolari yokiyollanma ishchi kuchi yordamida ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish natijasida qishloq xо‘jaligi mahsulotini yetishtiradi. Uning asosiy maqsadi – mahsulot yetishtirib foyda olishdir.

Uning oladigan foydasi bevosita qishloq xо‘jalik mahsulotini yetishtirish bilan bog‘liq bо‘lgan bevosita va bilvosita xarajatlar kо‘lamiga bog‘liq. Shuning uchun, u mahsulot yetishtirish davomida sarflanadigan xarajatlar kо‘lamini bilishi va ularni sotib olish va sarflash ustidan nazorat qilishi kerak. Chunki, 1 sо‘mlik noо‘rin yoki ortiqcha sarflangan xarajat uning oladigan foydasini 1 sо‘mga kamayishiga sababchi bо‘ladi.

Mahsulot ishlab chiqarish jarayoniga qatnashadigan xarajatlar о‘z navbatida ijtimoiy va individual xarajatlarga bо‘linadi. Ijtimoiy xarajatlar, u yoki bu turdagi ishlab chiqarilgan mahsulotlar jamiyat, davlat, sektor nuqtai nazaridan qanchaga ishlab chiqarilganligini о‘zida ifoda etadi. Masalan, 1 sentner 1-navli paxta tolasi davlatga qanchaga tushdi? Bu xarajat mamlakatda о‘rta hisobda 1 sentner paxta yetishtirish bilan bog‘liq bо‘lgan xarajat miqdorini о‘zida aks ettiradi. Bu esa 1 sentner 1-navli paxta tolasini jahon bozoridagi bahosi bilan solishtirib, undan keladigan foyda miqdorini aniqlash imkoniyatini beradi.

Individual yoki ayrim fermerning ishlab chiqarish xarajati bu mahsulot fermerga qanchaga tushganligini bildiradi.

Individual ishlab chiqarish xarajati ijtimoiy ishlab chiqarish xarajatidan kam yoki ortiq bо‘ladi. Agarda ishlab chiqarish xarajati ijtimoiy xarajatlardan ortiq bо‘lsa, ishlab chiqarish egasi sinadi, agarda kam bо‘lsa, foyda, oqibatda qо‘shimcha foyda olish imkoniyatiga ega bо‘ladi.

Ijtimoiy ishlab chiqarish, xar-ajati, individual ishlab chiqarish xarajatlari darajasiga bog‘liqdir. Individual ishlab chiqarish xarajati (mamlakatdagi mavjud bо‘lgan tovar ishlab chiqaruvchilar yig‘indisi) qancha kam bо‘lsa, ijtimoiy ishlab chiqarish xarajati ham shuncha past bо‘ladi va aksincha.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish xarajati mahsulot tannarxi ma’nosini anglatadi. Chunki, barcha turdagi individual mahsulot turlari bozorda tovar sifatida sotishda qatnashadi. Bu esa har bir turdagi mahsulotni ishlab chiqarish xarajati miqdorini alohida-alohida aniqlash zaruriyatini keltirib chiqaradi.

Ma’lumki, har qanday tovar qiymati uch qismdan:



  1. iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymati (Vq);

  2. zaruriy mehnat sarfi natijasida yaratilgan zaruriymehnat sarfi (Zm);

  3. jamiyat uchun sarflangan mehnat natijasida hosil qilingan mahsulot yoki sof daromaddan iborat. Tovar qiymatining dastlabki ikki qismi birgalikda mahsulot tannarxini (Mt) tashkil etadi.


Download 402.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling