Mmt-93k-2 Ibragimov Sh. 8-variant. Tijorat banklarining aktivlari va passivlari
Download 38.5 Kb.
|
MMT-93k-2 Ibragimov Sh. Moliyaviy tizim va institutlar oraliq
MMT-93k-2 Ibragimov Sh. 8-variant. Tijorat banklarining aktivlari va passivlari Iqtisodiy adabiyotda tijorat banklari aktivlari va passivlari oʼrtasidagi mutanosiblik masalasi iqtisodchi olimlar tomonidan ilmiy asosda tadqiq qilingan va tegishli ilmiy xulosalar shakllantirilgan. Proffesor V.Usoskin oʼzining “Zamonaviy tijorat banki: boshqaruv va operatsiyalari” nomli monografiyasida aktivlar va passsivlarning muddatlari oʼrtasidagi mutanoisblikni taʼminlash yoʼli bilan tijorat banklari faoliyatida transformatsiya riskini yuzaga kelishiga yoʼl qoʼymaslik lozim. Uerta de Sotoning xulosasiga koʼra, tijorat banklarining uzoq muddatli investitsion kreditlari mijozlarning ixtiyoriy jamgʼarmalari asosida berilsagina kredit emissiyasi iqtisodiyotga ijobiy taʼsir koʼrsatadi. Ixtiyoriy jamgʼarmalarning oʼsgan qismi ishlab chiqarishga kredit orqali investitsiya qilinadi. Ushbu kreditlar real ixtiyoriy jamgʼarmalar bilan taʼminlangan boʼlib, ishlab chiqarish vositalariga va kapital neʼmatlarga boʼlgan pullik talabni oshishiga olib keladi. Fikrimizcha, ushbu ilmiy xulosa Oʼzbekiston bank amaliyoti uchun ham muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Buning sababi shundaki, aholi va xoʼjalik yurituvchi subʼektlarning ixtiyoriy jamgʼarmalarini bank muassasalariga jalb etishda muammolarning mavjudligi sababli respublikamiz tijorat banklarining depozit bazasini yetarli emasligi kuzatilmoqda. O.Lavrushin tahriri ostida chop etilgan “Bank ishi” darsligida mamlakat bank tizimini qayta tarkiblashda asosiy eʼtibor xususiy banklar faoliyatini rivojlantirishni davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlashga qaratilishi kerak, degan fikr bildirilgan. Shu sababli, O.Lavrushin xususiy banklar ustav kapitalining minimal miqdoriga nisbatan talablar aktsiyadorlik-tijorat banklarinikiga qaraganda past boʼlishi lozim, deb hisoblaydi. Uning fikriga koʼra, Rossiyada ijro intizomi yomon boʼlganligi sababli 1994 yilning dastlabki 5 oyi mobaynida 154 ta xususiy bank yopildi. Shuningdek, O.I.Lavrushin tijorat banklari aktivlarining tarkibi va dinamikasini ham tadqiq qilgan. O.Lavrushinning tahlillari natijalari koʼrsatdiki, banklar tomonidan qimmatli qogʼozlarga qilingan investitsiyalar Frantsiya tijorat banklarida 16,2 foizni, Germaniyada-15,5 %, Italiyada-23,8 %, Buyuk Britaniyada-7,8 %, Ispaniyada-23,8 %, АQShda-2,2 %, Belьgiyada-6,4 %, Yaponiyada-10,2 foizni tashkil qiladi. Demak, qimmatli qogʼozlarga qilingan investitsiyalarning yuqori salmogʼi Ispaniya va Italiyada kuzatiladi. Nisbatanjuda past salmoqBelьgiya, Buyuk Britaniya tijoratbanklarigaxosdir. D. Valravenning fikriga koʼra, GEP usuli aktivlar va passivlar oʼrtasidagi farqni oʼlchashga asoslangan boʼlib, ushbu aktivlar va passivlarning qiymati maʼlum davriy oraliqda oʼzgaradi. Bunda aktivlar va passivlar quyidagicha guruhlanadi: RSA – oʼzgaradigan foiz stavkalariga ega boʼlgan aktivlar; RSL – oʼzgaradigan foiz stavkalariga ega boʼlgan passivlar. Аgar RSA > RSL boʼlsa, u holda GEP ijobiy hisoblanadi. Аgar RSA< RSL boʼlsa, u holda GEP salbiy boʼladi. Аgar foiz stavkalari oshsa, ijobiy GEPga ega boʼlgan banklarda foiz marjasi oʼsadi. Dyuratsiya usuli bank kapitalining kutilayotgan oʼzgarishini foiz stavkalarini oʼzgarishini prognozlash yoʼli bilan baholash imkonini beradi. Ushbu usul dyuratsiyani aniqlashga asoslangan. Dyuratsiya – bu foizli aktivlar va foizli passivlarning muddatalri oʼrtasidagi nomuvofiqlikdir. Prof. I.Noskovaning fikriga koʼra, tijorat bankining xorijiy valyutada berilgan kreditlari hisobga olinadigan balans schyotlarining qoldiqlari ochiq valyuta pozitsiyasini aniqlashda hisobga olinadi. Bunda bank tomonidan xorijiy valyutada berilgan kreditlar konversiya qilinmagan holatda ochiq valyuta pozitsiyasining miqdorini oʼzgarishiga olib kelmaydi, chunki aktivdagi valyuta schyotlaridagi summa bir schyotdan boshqasiga oʼtadi. Ssudalarning tasnifiy belgilari va muddati oʼtgan foizlarning mavjudligi bankning ochiq valyuta pozitsiyasini aniqlash nuqtai-nazaridan hech qanday ahamiyatga ega emas. Buning sababi shundaki, kreditlarning tasnifiy belgilari kredit riskining darajasini koʼrsatadi, valyuta riskining esa darajasini koʼrsata olmaydi. I. Noskova tijorat banklarining ochiq valyuta pozitsiyalari miqdorini qisqartirishda hisobli forvarddan foydalanishni maqsadga muvofiq deb hisoblaydi. Uning fikriga koʼra, hisobli forvard shartnomalari haqiqatda valyuta-almashuv operatsiyalarini amalga oshirishni koʼzda tutmaydi. Chunki shartnoma tuzilayotgan paytda bazaviy aktivni yetkazib berish majburiyati bitimda ishtirok etuvchi tomonlarning zimmasiga yuklanmaydi. Ushbu shartnomalar boʼyicha hisob-kitoblar faqat rublda amalga oshiriladi. Shartnoma summasi bazaviy valyutaning dastlabki boshlangʼich kursi bilan uning kelgusi davr uchun aniqlangan kursi oʼrtasidagi farq summasi sifatida aniqlanadi. Lekin shu bilan birga, I.Noskova ogohlantiradiki, hisobli forvard shartnomalarini oʼz vaqtida xorijiy valyutani sotish va sotib olish summalari oʼrtasidagi muvofiqlikni taʼminlamaslik banklarning zimmasiga kurslarning tebranish riskini yuklaydi. Prof. V.Usoskin amaldagi 8 foizli kapitalning adekvatlilik koeffitsientini moʼʼtadil koʼrsatkich deb hisoblaydi. Uning fikriga koʼra, yangi koeffitsientni amaliyotga joriy etish maqsadga muvofiq emas. Аyrim iqtisodchi olimlar yangi 12 foizli koeffitsientni rivojlanayotgan mamlakatlarning bank nazorati tizimida qoʼllashni maqsadga muvofiq, deb hisoblaydilar. Buning boisi shundaki, ushbu mamlakatlar tijorat banklarining balansida yuqori likvidli aktivlarning yetishmasligi muammosi yaqqol koʼzga tashlanadi. Oʼzbekistonlik iqtisodchi olimlardan prof. А.Omonovning fikriga koʼra, banklarning kapital bazasining barqarorligini taʼminlash maqsadida Bazelь standarti talablaridan kelib chiqqan holda, devalьvatsiya zaxirasini Oʼzbekiston Respublikasi tijorat banklarining birinchi darajali kapitali tarkibidan chiqarib, uni ikkinchi darajali kapitali tarkibiga kiritish lozim. T.Bobakulovning fikriga koʼra, respublikamiz banklari kapitalining yetarlilik darajasi bank nazorati boʼyicha xalqaro Bazel qoʼmitasi talablari asosida belgilangan xalqaro standartlardan qariyb 3 barobarga yuqoridir. Maʼlumki, Xalqaro Bazel standartiga koʼra, tijorat banki regulyativ kapitalining yetarliligini aniqlash uchun regulyativ kapital summasi bankning riskka tortilgan aktivlari summasiga boʼlinadi. Ushbu koeffitsientning eng past darajasi 8% qilib belgilangan. Аgar tijorat bankida mazkur koeffitsientning amaldagi darajasi 8 foizdan past boʼlsa, u holda, bank toʼlovga qobil emas deb hisoblanadi. Bir qator mutaxassislar, iqtisodchi olimlar chet el ishtirokidagi tijorat banklarini mamlakatga xorijiy investitsiyalarni kiritishning hamda banklararo raqobat muhitini shakllantirishning muhim vositasi sifatida qarashadi. Masalan, S.Аndryushinning fikriga koʼra, aynan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi banklar Yaponiya va Gʼarbiy Yevropa davlatlarining Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrdagi rivojlanishida muhim rolь oʼynadi. Аgar kreditlarning aktivlar hajmidagi salmogʼiga kreditlardan olingan foizli daromadlarning yalpi daromad hajmidagi salmogʼi koʼrsatkichi mos kelmasa, u holda ushbu vaziyat kredit operatsiyalarining daromadlilik darajasini nisbatan past ekanligini koʼrsatadi. Download 38.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling