Mndarija: kirish Asosiy qism 5


Neft uyumlarini ishlatish bosqichlari


Download 190.65 Kb.
bet7/16
Sana24.03.2023
Hajmi190.65 Kb.
#1292312
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
Muzaffar kurs ishi

Neft uyumlarini ishlatish bosqichlari.
Neft uyumlarini ishlatish jarayoni barcha texnologik ko`rsatgichlarning tuxtovsiz o`zgarishi bilan tavsiflanadi: neft qazib chiqarish darajasi, qazib chiqarish quduqlari fondi, qatlam bosimi, xaydalayotgan suvning xajmi va boshqalar. Bunda xar bir uyum ishlatishning butun muddati jarayonida bir nechta bosqichni utadi. Bosqichlar qatlamning geologik tuzilishi, neftning kovushkokligi va ishlatish sharoitlariga karab uzining texnologik va texnik - iqtisodiy ko`rsatgichlarini o`zgarish xususiyatlari bilan tavsiflanadi.
Neft konlarini ishlatish jarayoni turtta bosqichga bo`linadi.
I bosqich - ishlatish ob`ektini uzlashtirish - neft qazib chiqarishni usishi va kam suvlanganligi bilan tavsiflanadi. Birinchi bosqichda butun asosiy quduqlar fondi burqilanadi.
II bosqich - Neft qazib chiqarishning erishilgan Yuqori darajasini ushlab turish - favvora usulda nisbatan turgun Yuqori qazib chiqarish darajasi, davrning yakunida suvlanganlikni usishi va quduqlarni mexanizatsiyalashgan usulga utish bilan ajralib turadi.
III bosqich - neft qazib chiqarishni axamiyatli pasayishi - maxsulotning suvlanganligi birdan usadi, yillik qazib chiqarish kamayadi, quduqlarning axamiyatli qismi xarakatdagi fonddan chikadi, quduqlarning deyarli xammasi mexanizatsiyalashgan usulda ishlatiladi.
IV bosqich - ishlatishni tugallash bosqichi - qazib chiqarish darajasini kam, sekin kamayishi, maxsulotni va qazib chiqarish quduqlarini Yuqori suvlanishi bilan tavsiflanadi.
Neft konlarini ishlash . Ishlash texnologiyasi haqida tushuncha
Neft konini ishlash tizimi deb, ishlash ob'ektni aniqlovchi, o'zaro bog'liq muhandislik echimlari yig'indisiga aytiladi. Masalan: konni burg'ulash, jihozlash ketma-ketligi va sur'ati; qatlamlardan neft, gaz va kondensat olish maqsadida ularga ta'sir qilish usullarini borligi; haydovchi va oluvchi-quduqlarning soni, nisbati, joylashishi; ehtiyoj quduqlari soni; konni ishlatishni boshqarish; er bag'rini va atrof muhitni himoyalash.

Download 190.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling