Мобил алоқа тизимларда ахборот хавфсизлиги


Global simsiz tarmoqlar (WWAN) texnologiyalari


Download 2.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/55
Sana03.12.2023
Hajmi2.59 Mb.
#1799394
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   55
Bog'liq
10.-S.K.GanievT.A.Kuchkarov.TarmoqxavfsizligiMobiltarmoqxavfsizligi

Global simsiz tarmoqlar (WWAN) texnologiyalari
WWAN tarmoq texnologiyalarini avlodlarga ajratish qabul qilingan 
(1G, 2G, 3G, 4G, …). G – Generation, ya’ni avlodni bildiradi. 
Birinchi avlod texnologiyalariga (1G) analog texnologiyalari 
taalluqli. Analog texnologiyalari faqat ovoz chaqiriqlarini amalga oshirish 


47 
uchun yaratilgan bo’lib, ma’lumotlarni uzatish tezligi haddan tashqari past 
edi. 
Ikkinchi avlod texnologiyalari (2G) analog texnologiyalariga 
nisbatan qator afzalliklarga ega, ya’ni ovozning yaxshilangan sifati, yuqori 
himoyalanganlik va unumdorlik. Ikkinchi avlod texnologiyalari xususida 
so’z 
borganida, 
avvalo, 
GSM 
(Global 
Standard 
for 
Mobile 
Communications) -
 
"mobil uyali aloqa uchun global standart" 
texnologiyasini 
ko’rsatish 
lozim. 
Ushbu 
texnologiyada 
nafaqat 
raqamlashtirilgan nutq, balki raqamli ma’lumotlar uzatilishi mumkin. 
GSM tarmoq abonentlari mobil modem xizmatlaridan, kompyuter 
tizimlaridan foydalanishlari, elektron pochta xabarlarini yuborishlari va 
qabul qilishlari mumkin. Bunday tarmoqlarning asosiy kamchiliklaridan 
biri – uzatishning past tezligi. Internetdan mobil foydalanish imkoniyati 
GPRS (General Packet Radio Service) - ma’lumotlarni radiotarmoq orqali
paketli uzatishga o’tish bilan anchagina kengaydi. GPRS texnologiyasi 
GSM texnologiyaga ustqurma bo’lib, ma’lumotlarni uzatish tezligi 171,2 
Kbit/c gacha etadi. 
Uchinchi avlod texnologiyalari (3G) yuqorida aytib o’tilgan 
ma’lumotlarni uzatish tezligiga talablarga qo’shimcha ikkinchi avlod 
tarmoqlari bilan osongina integratsiyasini ta’minlashga mo’ljallangan. 
Ushbu 
avlod 
texnologiyalariga 
CDMA 
texnologiyasining 
rivoji 
hisoblanuvchi
 
WCDMA (Wideband Code Division Multiple Access) – kod 
ajratishli keng polosali ko’p miqdordagi foydalanish – radiointerfeys 
texnologiyasi 
mansub. 
Ushbu 
texnologiya 
har 
biri 

MGs li 
radiochastotaning ikkita keng polosasidan foydalanadi. Mobil foydalanish 
texnologiyasi rivojining navbatdagi bosqichi EDGE (Enhanced Data rates 
for GSM evolution) – GPRS tarmoqlarga ustqurma hisoblanuvchi mobil 
aloqa uchun ma’lumotlarni simsiz uzatuvchi raqamli texnologiya. EDGE 
yordamida tarmoqqa ulanish GPRS ga nisbatan taxminan 3 marta tez, 
ma’lumotlarni uzatish tezligi esa 474 Kbit/s gacha tashkil etishi mumkin. 
HSPA+ (Evolved High-Speed Packet Access)uchinchi avlodning 
tezligi yuqori paketli foydalanish texnologiyasi bo’yicha ma’lumotlarni 
uzatish tezligi (bazaviy stansiyadan barcha lokal abonentlarga 
ma’lumotlarni uzatish tezligi) 10 - 20 Mbit/s gacha tashkil etadi. 
To’rtinchi 
avlod 
texnologiyalarining 
(4G) 
uchinchi 
avlod 
texnologiyalaridan asosiy farqi, ushbu texnologiyalar ma’lumotlarni 
butunlay paketli uzatish protokollariga asoslangan. 3G texnologiyasi esa 
o’zida paketli kommutatsiya bilan kanalli kommutatsiyani birlashtiradi. 


48 
WiMAX va LTE (Long-Term evolution) texnologiyalari to’rtinchi 
avlod texnologiyalari hisoblanib, ularda multiplekslashning yangi, haddan 
tashqari samarali sxemalari ishlatiladi. Ularning ikkalasida ovozni uzatish 
kanali mavjud emas. LTE standartida tarmoqda abonentgacha tezlik 173 
Mbit/s gacha va abonentdan tarmoqqacha tezlik 58 Mbit/s gacha 
belgilangan. 


49 

Download 2.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling