Мобил алоқа тизимларда ахборот хавфсизлиги


 BOB. BULUTLI HISOBLASHLARDA


Download 2.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/55
Sana03.12.2023
Hajmi2.59 Mb.
#1799394
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   55
Bog'liq
10.-S.K.GanievT.A.Kuchkarov.TarmoqxavfsizligiMobiltarmoqxavfsizligi

10 BOB. BULUTLI HISOBLASHLARDA 
AXBOROTNI HIMOYALASH USULLARI 
10.1. Mobil ilovalar va bulutli hisoblash tizimlarining 
o’zaro ta’sir arxitekturasi 
Bulutli hisoblashlar - Internet ("bulut") orqali serverlar, axborot 
saqlagichlari, ma’lumotlar bazasi, tarmoqlar, dasturiy ta’minot va h. 
xizmatlarini taqdim etish. Bulutli hisoblashlarni soddalashtirilgan holda 
masofadagi serverda joylashgan brauzer asosidagi ilova sifatida tasavvur 
etish mumkin. Boshqacha aytganda, "bulutli hisoblashlar" - provayder 
tomonidan iste’molchi so’rovi bo’yicha masofadagi hisoblash resurslarini 
taqdim etish. Bu oddiy foydalanuvchi uchun, uning bulutli hisoblashlar 
xususida bilishiga yetarli. Ammo, aslida, bulutli hisoblashlarning 
imkoniyatlari g’oyat katta. 
Bulutli hisoblashlarning eng katta afzalliklaridan biri axborot 
saqlagichidir. Misol tariqasida Internetdagi elektron pochta xizmatlarini 
ko’rsatish mumkin. Pochta xizmatlari ko’pincha bulutdagi bo’lishi 
mumkin bo’lgan makondan foydalanib foydalanuvchilarga xotiraning katta 
hajmini taqdim etadi, chunki ular uchun bu arzon. Natijada ma’lumotlar 
yo’qolishini bartaraf etish imkoniyati yaratiladi. Oxirgi yillarda ko’pgina 
yirik banklarda mijoz xususidagi muhim axborotning yo’qolishi haqida 
gaplar ko’paygan edi. Agar ushbu axborot bulutli muhitda saqlanganida
ma’lumotlarning yo’qolishi ehtimolligi aytarlicha kamaygan bo’lar edi. 
Mobil qo’rilmalardan foydalanuvchi bulutli texnologiyaning rivojida 
muhim omil hisoblanadi. Bulutli texnologiyadan foydalanuvchi apparat 
vositalariga va dasturiy ta’minotga kapital xarajatisiz axborot va ilovarni 
almashishlari mumkin. Barcha hisoblash amallari bulut ichida amalga 
oshirilishi sababli, yuqori texnologiyali apparat vositalariga ehtiyoj 
qolmaydi. Natijada foydalanuvchilar uchun mobil qurilmalar narxi 
pasayadi. 
10.1-rasmda OpenMobster (Open Source Mobile Cloud Platform) 
ochiq platforma misolida mobil ilovalar va bulutli hisoblash tizimlarining 
o’zaro ta’sir arxitekturasi keltirilgan. 

Download 2.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling