Мобил алоқа тизимларда ахборот хавфсизлиги


Uzatish texnologiyalari (RFID) zaifliklari


Download 2.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/55
Sana03.12.2023
Hajmi2.59 Mb.
#1799394
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   55
Bog'liq
10.-S.K.GanievT.A.Kuchkarov.TarmoqxavfsizligiMobiltarmoqxavfsizligi

Uzatish texnologiyalari (RFID) zaifliklari 
RFID - radiosignallar yordamida ob’ektlarni avtomatik tarzda 
identifikatsiyalash usuli bo’lib, ularda RFID-metkada saqlanuvchi 
ma’lumotlar o’qiladi va (yoki) yoziladi. Har qanday RFID-tizimi o’quvchi 
qurilmadan va RFID-metkadan tashkil topgan. RFID-metka ikki qismdan 
iborat: 
- axborotni 
saqlashga 
va 
ishlashga, 
radiochastota 
signalini 
modulyatsiyalashga va demodulyatsiyalashga mo’ljallangan integral 
sxema (mikrochip); 
- signalni qabul qiluvchi va uzatuvchi antenna. 
Ishlatiluvchi xotira xili bo’yicha quyidagi RFID-metkalar farqlanadi: 
- RW (Read and Write) -
bunday metkada identifikator va axborotni 
o’qish/yozish uchun xotira bloki mavjud. Ularda ma’lumotlar ko’p marta 
qayta yozilishi mumkin; 
- WORM (Write Once Read Many) – bunday metkada noyob 
identifikatordan boshqa, keyinchalik ko’p marta o’qilishi mumkin bo’lgan, 
bir marta yoziluvchi xotira mavjud; 
- RO (Read Only) – yasalishida faqat bir marta ma’lumotlar yoziladi. 
Bunday metkalar faqat identifikatsiya uchun yaroqli. Unga hech qanday 
yangi axborotni yozish mumkin emas va ularni qalbakilashtirishning iloji 
yo’q. 
Hozirda energiya manbai o’rnatilmagan 
passiv RFID-metkalar
keng 
tarqalgan. Bunday chip-metkaning ishlashi va javob signalining uzatilishi 
antennada induksiyalanuvchi elektrotok hisobiga ta’minlanadi. Passiv 
RFID-metkalar odatda stikerga (magazindagi tovar etiketkasi) o’rnatiladi 
yoki teri ostiga kiritiladi. O’qishning maksimal distansiyasi, tanlangan 
chastota va antenna o’lchamiga bog’liq holda, 10 sm dan to bir necha 
metrgacha bo’ladi. 
Aktiv RFID-metkalar
 
shaxsiy ta’minot manbaiga ega. Shunga binoan, 
signal katta masofadan o’qiladi, chiplarning o’zi esa katta o’lchamga ega 
va qo’shimcha elektronika bilan jixozlanishi mumkin. 


112 
Aktiv metkalarda shaxsiy ta’minot manbai hisobiga, chiqish 
signalining sathi passiv metkalarga nisbatan yuqori. Bu aktiv metkalarni 
suvda, inson va hayvonlar tanasida, metallarda (kema konteynerlari, 
avtomobillar), havoda katta masofada qo’llashga imkon beradi. Aktiv 
metkalarni ishlab chiqarish katta mablag’ni talab etadi va ularning 
o’lchami katta. 
Uzatish texnologiyalari RFID ning afzalliklari:
- qayta yozish imkoniyati. RFID-chiplarda saqlanuvchi ma’lumotlar 
ko’p marta qayta yozilishi va to’ldirilishi mumkin; 
- saqlanuvchi ma’lumotlarning katta hajmi. RFID-metka, shtrix-
kodga nisbatan, axborotni katta hajmini saqlashi mumkin. 1 sm
2
yuzali 
chipda axborotning 10000 bayti, shtrix-kodda esa bayt birliklari saqlanishi 
mumkin; 
- oshkora ko’rinishiga ehtiyojning yo’qligi. Shtrix-koddan farqli 
holda, metka bilan o’qish vositasining o’zaro orientatsiyasining ahamiyati 
yo’q. Metkaning ro’yxatga olish zonasiga qisqa muddatga kirishi va, 
xususan, katta tezlikda siljishi yetarli. Metka o’rov orqali o’qilishi 
mumkin. Bu ularni yashirin tarzda joylashga imkon beradi; 
- katta masofadan o’qilishi. RFID-metka, shtrix-koddan farqli holda, 
aytarlicha katta masofadan o’qilishi mumkin. O’qilish radiusi bir necha 
yuz metrni tashkil etishi mumkin; 
- tashqi omillar ta’siriga barqarorlik. Maxsus RFID-metkalar ishchi 
muhitning qat’iy sharoitlarida yetarlicha puxtalikka va chidamlikka ega. 
Bitta ob’ekt ko’p marta ishlatiluvchi sohalarda radiochastotali metka 
identifikatsiyaning, iqtisod nuqtai nazaridan, eng foydali vositasi 
hisoblanadi. Passiv RFID-metkalarning ekspluatatsiya muddati esa 
chegaralanmagan; 
- intellektuallik. RFID-metka nafaqat ma’lumotlarni eltishi, balki 
boshqa masalalarni ham echishi mumkin. Metkadagi ma’lumotlar 
shifrlanishi mumkin. Bitta metkada bir vaqtda ochiq va yashirin 
ma’lumotlarni saqlash mumkin. 
Uzatish texnologiyalari RFID ning kamchiliklari. 
- tizim narxining nisbatan yuqoriligi; 
- elektromagnit xalallar ta’siriga zaifligi; 
- RFID ning insonlar xususidagi axborotning noqonuniy ishlatish 
imkoniyati. 


113 

Download 2.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling