Мобил алоқа тизимларда ахборот хавфсизлиги


bob. mobil ilovalardagi zaifliklar


Download 2.44 Mb.
bet29/47
Sana27.08.2023
Hajmi2.44 Mb.
#1670644
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   47
Bog'liq
tarmoq

7 bob. mobil ilovalardagi zaifliklar




7.1. Mobil ilovalar tasnifi

Mobil ilovalar deganda u yoki bu masalani yechishga mo’ljallangan, mobil telefonda, smartfonda yoki kommunikatsiyada ishlatilishi uchun maxsus yaratilgan kompyuter dasturlari tushuniladi.


Mobil ilovalarni tasniflashda bir necha yondashishlar mavjud.
O’rnatish usuli bo’yicha: pulli va bepul.
Kontent turi bo’yicha: ko’ngil ocharli (multimediali), kommunikatsiyali, navigatsiyali, ma’lumot beradigan va tatbiqiy.
Ishlab chiqarish usuli bo’yicha: nativ ilovalar, mobil saytlar/veb-ilovalar, gibrid ilovalar.
Nativ ilovalar (Native Apps) – o’rnatilishini talab etuvchi ilovalar. Bunday ilovalardan smartfon ekranida ikonkalar orqali foydalanish mumkin. Ular ilovalar magazini (Google Play yoki App Store) orqali o’rnatiladi va muayyan platforma uchun ishlab chiqarilib qurilmalarning (fotokakmera, GPS, akselerometr, kompas, va h.) barcha funksiyalaridan foydalanadi. Bunday ilovalar bildirish xatini jo’natish tizimidan foydalanishlari mumkin va avtonom rejimda (Internetdan foydalanmay) ishlashlari mumkin. Bu ilovalarning, resurslarning katta hajmini talab qiluvchi turi, ammo taklif etilgan muayyan operatsion tizim imkoniyatlaridan maksimal foydalanishga imkon beradi. Nativ ilovalar funksionallik va ishlash tezligi bo’yicha mobil ilovalarning boshqa turlaridan afzal hisoblanadi.
Mobil saytlar/web-ilovalar eng ko’p tarqalgan bo’lib, birmuncha nativ ilovalarga o’xshash mini saytlardan iborat. Ular HTML5 va Java Script tillarida yozilgan va brauzer orqali ishga tushiriladi. Foydalanuvchilar ulardan, ixtiyoriy web-saytdan qanday foydalanishsa, shunday foydalanadilar. Web-ilovalar kam pul sarfi va qisqa muddat evaziga katta natijalarga erishishga imkon beradi. Mobil saytning yana bir afzalligi – uning universalligi, ya’ni barcha operatsion tizimlarda ishlatilishi mumkin.
Gibrid ilovalar qisman nativ, qisman veb-ilovalardan iborat. Nativ ilovalarga o’xshab, ular ilovalar magazinida joylashgan va qurilmaning ko’pgina funksiyalaridan foydalana oladilar. Web-ilovalarga o’xshab, ular HTML ga asoslanadilar, brauzer esa ilovada o’rnatilgan bo’ladi.



Download 2.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling