Мобил алоқа тизимларда ахборот хавфсизлиги
Download 2.44 Mb.
|
tarmoq
6i - signalni xabarga o’zgartgich - birlamchi signalni qabul qilingan a’i xabarga o’zgartiruvchi qurilma.
7i - xabarni qabul qiluvchi - xabarni o’zlashtiruvchi inson yoki texnik qurilma. Hozirda ko’chma ob’ektli tizimlarda ko’p kanalli foydalanishning 3 ta asosiy usuli ishlatiladi: - TDMA (Time Division Multiple Access) – vaqt taqsimoti bilan ko’p kanalli foydalanish; - FDMA (Frequency Division Multiple Access) – chastota taqsimoti bilan ko’p kanalli foydalanish; - CDMA (Code division multiple access) – kod taqsimoti bilan ko’p kanalli foydalanish. TDMA prinsipiga binoan mavjud resurs axborot almashish ishtirokchilari o’rtasida siklik qaytariluvchi vaqt oraliqlariga bo’linadi. Vaqt oraliqlari "taymslot" (timeslot, TS) nomini olgan (1.8-rasm). 1.8-rasm. TDMA sikli strukturasi Bunda abonent kanal o’tkazish kengligining hammasidan faqat ma’lum vaqt bo’laklarida foydalanishi mumkin. Bunday vaziyatda qo’shni taymslotlar signallari bir birining ustiga tushmasligi muhim. Bunga uzatish quvvatining haddan tashqari kattaligi, kanaldagi xalallar, ishlatiluvchi uskunaning mukammal emasligi sabab bo’lishi mumkin. Bu kabi slotlararo xalallardan qutilish uchun ko’pincha maxsus vaqt intervali kiritiladi (1.9 ̵ rasm). Maxsus vaqt intervali 1.9-rasm. TDMA siklidagi vaqt intervali Shunday qilib, agar bitta peredatchik energiyasining qismi unga ajratilgan taymslot chegarasidan sizib o’tsa, u faqat axborot eltmaydigan himoya intervaliga ta’sir etadi. Bunday intervalning kiritilishi aloqa kanalining umumiy o’tkazish qobiliyatini pasaytirsada, xizmat sifatining berilgan xarakteristikalarini madadlash uchun zarur. TDMA GSM (Global System for Mobile Communication) uyali aloqa standartida ishlatiladi. FDMA prinsipiga binoan butun chastota spektri foydalanuvchilar orasida teng yoki teng bo’lmagan chastota polosalariga bo’linadi (1.10-rasm). Axborot manbalari ularga ajratilgan chastota resurslaridan vaqt bo’yicha istalgancha, qo’shni kanallarga xalal tug’dirmasdan foydalanishlari mumkin. Bunday xalallardan qutilish uchun qo’shni kanallar orasida maxsus himoyalovchi chastota intervali kiritiladi. Bu chastota intervali axborotni uzatishda ishlatilmaydi va shuning uchun mavjud aloqa kanalining umumiy o’tkazish qobiliyati pasayadi. Vaqt bo’linishi prinsipida barcha ajratilgan vaqt ishlatilmasligi kabi, chastota bo’linishi prinsipi ham butun chastota diapazonidan to’la foydalanmaydi. Qismkanallar Kanalning umumiy chastota diapazoni Himoyalash diapazoni 1.10-rasm. FDMA ni tashkil etish prinsipi Bunga sabab quyidagilar: - uzatuvchi muhitda signal tezgina so’nishi sababli, signalni yuqori chastotali modulyatsiyalashsiz uzatish mumkin emas; - chastotalar va vaqt ham uzatiluvchi ma’lumotlar hajmini ko’paytirish uchun ishlatiluvchi rusurslar hisoblanadi. Shu sababli aloqani tashkil etishda birdaniga ikkala prinsip ishlatiladi. Masalan GSM standartida bir vaqtda TDMA va FDMA ishlatiladi. Butun chastota diapazoni har biri 200 kGs li chastota kanallariga bo’linadi, bu kanallar o’z navbatida 8 taymslotlardan tashkil topadi. CDMA prinsipiga binoan har bir uzel uchun chastotalarning barcha spektri va vaqtning hammasi ajratiladi. Barcha peredatchiklar signallarni bir xil chastotada, fazo zonasida va vaqtning bir xil orasida, ammo turli kodlar bilan uzatadi. Har bir peredatchik ma’lumotlarning dastlabki oqimining har bir bitini CDM-simvolga, ya’ni 8, 16, 32, 64 va h. uzunlikdagi bitlarga (ularni "chip" deb atashadi) almashtiradi. Har bir peredatchik uchun psevdotasodifiy kodlar ketma-ketligi noyob hisoblanadi. Odatda, ma’lumotlarning dastlabki oqimida "1" ni almashtirish uchun qandaydir CDM-kod ishlatilsa, "0" ni almashtirish uchun aynan o’sha, ammo invertirlangan, kod ishlatiladi. Priyomnik signalini qabul qilishi lozim bo’lgan peredatchikning CDM-kodini biladi. Muhitning bunday bo’linish usulida trafik kanallari keng polosali kodli modulyatsiyalangan radiosignal, ya’ni keng chastotali diapazonda uzatiluvchi shovqinga o’xshash signal yordamida hosil qilinadi (1.11-rasm). Bir necha peredatchiklar ishlaganida ushbu chastota diapazonidagi efir yanada shovqinga o’xshash bo’ladi. Har bir peredatchik, ushbu onda har bir foydalanuvchiga berilgan alohida son kodidan foydalanib, signalni modulyatsiyalaydi. Aynan ushbu kodga sozlangan priyomnik radiosignallarning umumiy kakofonidan ushbu priyomnikka atalgan signal qismini ajratib olishi mumkin. Ma’lumotlar signali Psevdotasodifiy kod Uzatiladigan kod: XOR amali ma’lumotlarga va psevdotasodifiy kodga qo‘llanilgan 1.11-rasm. CDMA signalining generatsiyasi Ushbu prinsipda TDMA yoki FDMA ga o’xshash kanallarning vaqtiy yoki chastotali bo’linishi mavjud emas, har bir abonent signalni umumiy chastota diapazoniga uzatib va umumiy chastota diapazonidan qabul qilib, kanalning barcha kengligini muntazam ishlatadi. Bunda uzatish va qabul qilishning keng polosali kanallari turli chastota diapazonida joylashgan va bir-biriga xalaqit bermaydi. Yuqoridagi qayd etilganlar CDMA prinsipining yuqori samaradorligidan darak beradi. Haqiqatan, ushbu prinsipda qo’llanuvchi kod bo’linishi TDMA, FDMA prinsiplaridagiga nisbatan ko’proq abonentlarga xizmat qilishga imkon beradi. Kod bo’linishida kanallar soniga qat’iy cheklash mavjud emas. Abonentlar soni oshishi bilan dekodlash xatoliklarining oshishi ehtimoli oshadi. Bu kanal sifatini pasaytirishga olib kelsada, xizmatdan voz kechishga sabab bo’lmaydi. CDMA prinsipi kanallarning yuqori himoyalanganligiga ega. Kerakli kanalni ajratish, uning kodini bilmasdan mumkin emas. CDMA telefonlari nurlanishning kichik avj quvvatiga ega va, shuning uchun, zararsizroq. Download 2.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling