Bitiruv malakaviy ishning maqsadi va vazifalari: Ushbu ishda to‟rtinchi avlod deyiladigan mobil aloqa tizimlarida xizmat ko‟rsatish sifatini tahlil qilish va baholash maqsad qilib olingan. Maqsadga erishi uchun quyidagi vazifalar qo‟yiladi: - Bitiruv malakaviy ishning maqsadi va vazifalari: Ushbu ishda to‟rtinchi avlod deyiladigan mobil aloqa tizimlarida xizmat ko‟rsatish sifatini tahlil qilish va baholash maqsad qilib olingan. Maqsadga erishi uchun quyidagi vazifalar qo‟yiladi:
- Uyali aloqaning avlodlari va ularning rivojlanishining umumiy zanjirini tahlil etish;
- To‟rtinchi avlod mobil aloqaning asosiy tavsiflarini o‟rganish va uning texnologiyalarini tahlil qilish;
- Mobil aloqada kanallarni ajratish, modulyasiya va kodlash texnologiyalari, adaptiv antenna tizimlari qo‟llanishlari tadqiq qilish;
- 4G tarmoqlarida xizmat turlari o‟rganish va xizmat ko‟rsatish sifatini baholash.
- Tadqiqot obеkti va predmeti. Mobil aloqaning 4G tarmoqlari va ulardagi xizmatlar tadqiqot obеkti hisoblanadi. Tadqiqot predmeti sifatida mobil aloqa tizimlari, standartlari, ma‟lumot uzatish tizimlari va ularning protokollari qaraladi.
- Bitiruv malakaviy ishining ilmiy va amaliy ahamiyati. Hozirgi kunda mobil terminallar bozori rivojlanib, ko‟p funksiyali smartfon telefon qurilmalari, iPad, iPhone va USB modemlar orqali global tarmoqqa ulanish texnologiyasi asosida portativ kompyuterlar multimediali axborotlarni uzatishda bir qancha yutuqlarga erishilmoqda. Bu esa mobil televideniе, mobil ta‟lim (m-learning), sosial tarmoqlar va mobil axborot tizimlarining foydalanish doirasi kun sayin kengayib borayotgan paytda ko‟rsatilayotgan xizmatlar monitoringini olib borish zarurdir. Ushbu ishda erishilgan natijalar mobil aloqaning turli avlodlaridagi xizmatlarni qiyosiy tahlili hamda 4G tarmoqlarida xizmat ko‟rsatishning yutuq va kamchiliklarini bahosi mobil aloqaning keyingi rivojlanish tendensiyalarini bashoratlashda ahamiyatlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |