Mobil aloqa tizimlarida uzatish va qabul qilish qurilmalari


Qisqacha nazariy ma’lumotlar


Download 78.34 Kb.
bet2/4
Sana24.01.2023
Hajmi78.34 Kb.
#1117515
1   2   3   4
Bog'liq
1 - Laboratoriya ishi

3. Qisqacha nazariy ma’lumotlar

1.1-rasmda maydoniy tranzistordagi rezistorli keng polosali kaskadning printsipial sxemasi keltirilgan.


Kaskad printsipial sxemasidagi elementlarning vazifalari:
Rc – tranzistor tok zanjiridagi yuklama rezistori;
Ca1, Ca2 – ajratuvchi kondensatorlar;
Ri – istokli stabillash va tranzistor zatvorida avtomatik manfiy siljishni yuzaga keltirish uchun istok zanjiridagi rezistor;
Ci – o’zgaruvchan tok bo’yicha MTAni tuzatish uchun zarur bo’lgan to’suvchi (blokirovkalovchi) kondensator;
Rz – tranzistor zatvori zanjiridagi rezistor bo’lib, tranzistor zatvoriga manfiy siljitishni berilishi uchun o’izmat qiladi;

1.1-rasm. Maydoniy tranzistordagi rezistorli keng polosali kaskadning printsipial sxemasi.

Ryu –kaskadning yuklama rezistori;


RfCf- PCh tuzatish va ta’minot zanjirlarini ajratuvchi zanjir;
Cokaskadni yuklaydigan, ekvivalent parazit sig’im bo’lgan kondensator;
Lc – YuCh tuzatish induktivlik g’altagi.
Maydoniy tranzistordagi kaskadda odatda Rc < Ryu, shuning uchun yuqori chastotalar sohasida Ryu ning AChXga (yoki kichik vaqtlar sohalaridagi o’tish xarakteristikasiga) ta’sirini e’tiborga olmaslik mumkin. Lc induktivlik kichik qiymatli tanlanadi. Shuning uchun past va yuqori chastotlar diapazonlarida uning AChXga ta’sirini e’tiborga olmaslik mumkin.
YuCh diapazonida Lc g’altakning induktivligi ortadi, kaskadning stok zanjir yuklama qiymati o’zgaruvchan tok bo’yicha ortadi va mos ravishda kaskadning kuchaytirish koeffitsiyenti ortadi.
Ca kondensator ishchi diapazonda sig’im qarshiligi sezilarsiz bo’lishi uchun etarlicha katta sig’imga ega bo’lishi kerak. Cf filtr sig’imni kattaligini tanlash PCh tuzatish effektini mavjudligini aniqlaydi.
Agar Sf sig’im etarlicha katta qiymatli tanlansa, unda ishchi diapazonda sig’im qarshilik kichik bo’ladi va RfCf filtr stok ta’minot zanjirida stok tokining o’zgaruvchan tashkil etuvchisini ajratuvchi element hisoblanadi. Rf Cf elementlar PCh tuzatish zanjiri vazifasini bajarish uchun Sf kondensator sig’imi sezilarli kamaytirish kerak. Bu holda Cf kondensatorning sig’im qarshiligi PCh diapazonda ortadi, lekin o’rta va yuqori chastotlar diapazonlarida etarlicha kichik qoladi. Shuning uchun O’Ch va YuCh sohalarida AChXga (yoki kichik vaqtlar sohalaridagi o’tish xarakteristikasiga) Cf kondensatorning ta’sirini e’tiborga olmaslik mumkin. PCh diapazonda Cf kondensatorning sig’im qarshiligining ortishi tranzistor stok zanjirida o’zgaruvchan tok bo’yicha yuklama qarshilining ortishiga, demak, kaskadning kuchaytirish koeffitsiyentining ortishiga olib keladi.



Download 78.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling