Mobil qurilmalarda Java dasturlash


Download 285.49 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi285.49 Kb.
#241504
Bog'liq
7. Pythonда тўпламлар билан ишлаш.

Python dasturlash tili


7 – amaliyot

Pythonda to‘plamlar bilan ishlash.

Amaliy matematika va kompyuter



tahlili kafedrasi o’qituvchisi: Allaberdiyev B.

To‘plamlar

  • To’lamlar elementlar majmuini ifodalashning yana bir ko’rinishi hisoblanadi. To’plamlarni aniqlash uchun figurali qavs (‘{’,’}’) dan foydalanilib, elementlar unda ketma-ket sanaladi:

talabalar = {"Bobur", "Zafar", "Alisher"} print(talabalar) # {'Bobur', 'Zafar', 'Alisher'}
  • To’plamni tashkil qiluvchi elementlar qiymatlari unikal bo’lishi kerak, agar elementlar qiymatlari ayni bir xil bo’lsa, ya’ni bir xil element takrorlansa, u holda barcha takrorlanuvchi qiymatlar bitta deb hisoblanadi:

son = {"1", "1", "2","2", "2"} print(son) # {'2', '1'}

frozenset to‘plam.

frozenset - o’zgartirib bo’lmaydigan to’plamlarni yaratish uchun ishlatiladi. Ushbu turdagi to’plamga yangi element qo’shish, o’chirish yoki element qiymatini o’zgartirishga ruxsat berilmaydi. frozenset turidagi to’plam odatda ro’yхat, kortej yoki oddiy to’plam (set) orqali hosil qilinadi:


famil = {"Axmad", "Sardor", "Ikrom"} fam = frozenset(famil) print(fam) # frozenset({'Sardor', 'Ikrom', 'Axmad'})

frozenset uchun funksiyalar.

frozenset turidagi to’plamlar ustuda quyidagi amallarni bajarish mumkin:

    • len(s) – s to’plam uzunligi (elementlari soni)ni qaytaradi;
    • x in sTrue qiymat qaytaradi, agar x element s to’plamning tarkibida mavjud bo’lsa;
    • x not in sTrue qiymat qaytaradi, agar x element s to’plamning tarkibida mavjud bo’lmasa;
    • s.issubset(t) – True qiymat qaytaradi, agar t to’plam s to’plamni o’z ichiga olsa;
    • s.issuperset(t) – True qiymat qaytaradi, agar s to’plam t to’plamni o’z ichiga olsa;
    • s.union(t) – s va t to’plamlarning birlashmasidan tashkil topgan yangi to’plamni qaytaradi;
    • s.intersection(t) – s va t to’plamlarning kesishmasidan tashkil topgan yangi to’plamni qaytaradi.

Masala

  • Masala. Raqamlarni o‘zida saqlaydigan ikkita to‘plam aniqlansin va ular ustida quyidagi amalar bajarilsin:
  • Qo‘shish, o‘chirish;
  • Birinchi to‘plam ikkinchisiga kiradimi;
  • frozenset to‘plamiga yuqoridagi to‘plam o‘tkazilsin;
  • x element mavjud bormi tekshirilsin;
  • Ikkita to‘plam birlashmasi hosil qilinsin;
  • Ikkita to‘plam ayirmasi hosil qilinsin;
  • Ikkita to‘plam solishtirilsin;

Masala kodi 1

# Bo'sh ro'yxat yaratish numbers1 = set() numbers2 = set() fnumbers = frozenset() while True: print("Buyruqlar:") print("1-Yangi raqam qo'shish") print("2-O'chirish") print("3-Birinchi to‘plam ikkinchisiga kiradimi") print("4-frozenset to‘plamiga yuqoridagi to‘plam o‘tkazilsin") print("5-x element mavjud bormi tekshirilsin") print("6-Ikkita to‘plam birlashmasi hosil qilinsin") print("7-Ikkita to‘plam ayirmasi hosil qilinsin") print("8-Ikkita to‘plam solishtirilsin") print("0-Chiqish")

Masala kodi 2

# Buyruqni kiritish command = int(input("Buyruq raqamini kiriting: ")) # Birinchi buyroq funksiyasiga murojat qilish if command == 1: AddNumber() # Keyingi if shartlarni qaramaslik uchun continue # Uchunchi buyroq funksiyasiga murojat qilish if command == 2: DeleteNumber() continue # 4-buyroq funksiyasiga murojat qilish if command == 3: print(numbers1.issuperset(numbers2)) print(numbers2.issuperset(numbers1)) continue

Masala kodi 3

if command == 4: ToFrozenSet() continue if command == 5: X_in_Set() continue if command == 6: union = numbers1.union(numbers2) print(union) continue if command == 7: intersection = numbers1.intersection(numbers2) print(intersection) continue


if command == 8: diff = numbers1.

difference(numbers2) continue if command == 0: break


Masala kodi 4

# Func adding new number def AddNumber(): # Calling talabalar for local global numbers1 global numbers2 pass # Func: deleting the needed number def DeleteNumber(): global numbers1 global numbers2 # Input the numbers data for deleting pass def ToFrozenSet() global fnumbers pass def X_in_Set() pass

Vazifalar.

  • Yuqoridagi masaladagi quyidagi asosiy funksiyalarning kodi yozilsin va testlar o‘tkazilsin:

def AddNumber(): global numbers1 global numbers2 pass def DeleteNumber(): global numbers1 global numbers2 # Input the numbers data for deleting pass def ToFrozenSet() global fnumbers pass def X_in_Set() pass
Download 285.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling