“Mobile-id” tizimidan foydalanish bo‘yicha qo‘llanma I gap nima haqda?
Download 208.6 Kb. Pdf ko'rish
|
Ilova-Mobile-ID
- Bu sahifa navigatsiya:
- II Mobile ID — bu…
- III Bu menga nega kerak
- IV Tushunarli. Qanday ulansam bo‘ladi
- V Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni qanday kechadi
- VI Ro‘yxatdan o‘tish qancha turadi
- VII Yana nimanidir bilishim kerakmi
“Mobile-ID” tizimidan foydalanish bo‘yicha qo‘llanma I Gap nima haqda? O‘zbekistonda prezident qaroriga binoan “Mobile-ID”dan foydalanish boshlandi. Endi fuqarolar telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tib, barcha davlat xizmatlaridan (moliyaviy xizmatlardan tashqari) elektron raqamli imzosiz (ERI) foydalanishlari mumkin. II Mobile ID — bu… my.gov.uz saytida elektron xizmatlardan foydalanish uchun ONE-ID (yagona identifikatsiya tizimi) tizimiga kirish kerak. Avvallari unga quyidagilar orqali kirish mumkin edi: login va parol; elektron raqamli imzo; ID-karta. Endi qulayroq usul ishlab chiqildi — bu “Mobile-ID”. III Bu menga nega kerak? “Mobile-ID” ONE-ID tizimida ro‘yxatdan o‘tish uchun ishlatiladi, bu esa o‘z navbatida davlat tashkilotlari veb-saytlariga kirish imkonini beradi. Bundan tashqari, u elektron davlat xizmatlarini olish uchun arizani tasdiqlash uchun zarur: buning uchun telefonga SMS orqali kelgan kodni kiritish kerak. Ya’ni, bu raqamli imzo o‘rnini bosadi. “Mobile-ID”ning afzalligi shundaki, endi ERIsiz ishlash mumkin — flesh- xotirani olib yurishning hojati yo‘q, kompyuterga maxsus modul o‘rnatish talab qilinmaydi. Bunda faqat kerak bo‘lganda SMS-dan kodni kiritish kifoya. IV Tushunarli. Qanday ulansam bo‘ladi? Buning ikki yo‘li bor: onlayn — saytda , yoki MyGov ilovasi ( Android , iOS ) orqali, telefon raqamni bir martalik ro‘yxatdan o‘tkazgan holga. оflayn — pasport yoki ID-karta bilan eng yaqin davlat xizmatlari markazlari yoki notarial idoralarga murojaat qilish mumkin. V Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni qanday kechadi? Ilova orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayonida pasport seriyasi va raqamini, tug‘ilgan sanani va telefon raqamini kiritish kerak. Shundan so‘ng telefonga darhol kod yozilgan SMS-xabar keladi, u ilovaning bo‘sh kataklariga kiritilishi kerak. So‘ngra telefon kamerasini yuzga qaratib, masofadan identifikatsiya qilish amalga oshiriladi — tizim rasmni pasport fotosurati bilan taqqoslaydi. Keyin foydalanuvchi ro‘yxatdan muvaffaqiyatli o‘tilganligi haqida xabar oladi. Shundan so‘ng, foydalanuvchi avtomatik ravishda YaIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yo‘naltiriladi. Video-ko‘rsatma bu yerda . Saytda shuningdek, mobil telefon yordamida ONE-ID'da ro‘yxatdan o‘tishni taklif qiladi. Jarayon ilovadagi kabi, faqat masofadan foydalanuvchini identifikatsiya qilish bosqichi yo‘q. SMS orqali barcha ma’lumotlar va kodlar kiritilgandan so‘ng, ro‘yxatdan o‘tish sahifasi ochiladi: login va parol yaratiladi. Shundan so‘ng, foydalanuvchi YaIDXPdagi shaxsiy kabinetiga o‘tkaziladi. Keyinchalik tizimga kiritishda faqat login va paroldan foydalanish mumkin. Ammo Mobile ID orqali saytga kirib bo‘lmaydi. Tizim “Bunday ma’lumotlarga ega foydalanuvchi Mobile ID tizimida ro‘yxatdan o‘tmagan” xatosini beradi. Ya’ni, saytda telefon raqami yordamida ro‘yxatdan o‘tish faqat YaIDXPga kirish uchun ishlatiladi. Oflayn bo‘lsa, markaz operatoriga yoki notariusga pasport berish kerak, keyin xodim sizdan mobil raqamni aytishni so‘raydi. Shu tarzda, u foydalanuvchining ONE-ID tizimida ro‘yxatdan o‘tganligini tekshiradi. Agar shaxsiy ma’lumotlar kompyuter ekranida ko‘rsatilmasa, avval ular ONE-ID elektron ma’lumotlar bazasiga kiritilishi kerak. Buning uchun barmoq izlari olinadi va Face-ID surati shakllanadi. Yakuniy bosqichda telefon raqami ma’lumotlar bazasiga kiritiladi va yuborilgan tasdiqlash kodidan foydalangan holda tizimga o‘tish mumkin. VI Ro‘yxatdan o‘tish qancha turadi? 2023-yilga qadar “Mobile-ID” tizimida identifikatsiya qilish bepul. Kelgusi yilning 1-yanvaridan boshlab BMHning 2%i (6000 so‘m) miqdorida bir martalik to‘lov undiriladi. VII Yana nimanidir bilishim kerakmi? “Mobile-ID” orqali identifikatsiya qilish yuridik shaxslarga taalluqli emas. Har qanday telefon raqamidan foydalanish mumkin. Ammo uni shaxsiy raqamga biriktirish tavsiya etiladi, chunki har safar foydalanuvchini aniqlash kerak bo‘lganda, telefonga kodli SMS yuboriladi. Tizimdan foydalanishda foydalanuvchiga shaxsiy javobgarlik yuklangan. Xavfsizlik nuqtai nazaridan xizmatni qabul qilishda keladigan SMS-kodni begonaga aytish mumkin emas. Ro‘yxatdan o‘tishda telefon raqamini ONE-ID tizimiga bog‘lash kerak. Telefon yoki SIM-kartani yo‘qotib qo‘yilganda yoki boshqa egasiga o‘tkazilganda “Mobile-ID” xizmatini o‘chirish tavsiya etiladi. Download 208.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling