Modda agregat va fazaviy holatlarining uning tuzilishiga bog’liqligi


Download 0.97 Mb.
Sana21.02.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1218843
Bog'liq
2-ma`ruza MODDA AGREGAT VA FAZAVIY HOLATLARINING UNING TUZILIShIGA BOG


MODDA AGREGAT VA FAZAVIY HOLATLARINING UNING TUZILIShIGA BOG’LIQLIGI
Zarrachalar orasidagi masofa va ta’sir kuchlarining qiymatiga qarab moddalar har xil fazaviy va agregat holatlarida, chunonchi qattiq, suyuq, gaz va plazma holatlarda bo’ladi va bu holatda moddalarning berilgan vaqtda mavjud bo’lish yoki bo’lmasligi haroratga va tashqi bosimga bog’liq. Har bir agregat holat atomlar, ionlar yoki molekulalarning katta-katta to’plami sifatida qaraladi. Past haroratlarda aksariyat moddalar qattiq holatda mavjud bo’ladi.
19 Qattiq holatda zarrachalar orasidagi masofani zarrachalarning o’lchamlari bilan taqqoslash mumkin, chunki o’rtacha tortishish potentsial energiyasi zarrachalarning o’rtacha kinetik energiyasidan katta bo’ladi:

Panjara uchlarida qanday zarracha turishiga qarab, kristall panjaralar ion, atom, molekulyar va metall turlarga ajratiladi. Ion kristall panjaralarda kristall panjara tugunlarida ionlar joylashadi. Qattiq moddalarning kristall panjaralarida panjara uchlarida turgan har bir ion, atom yoki molekula amplitudasi uncha katta bo’lmagan tebranma harakatda bo’ladi, ular aylanma harakatda bo’la olmaganligi sababli panjara uchlaridan
20 uzoqqa siljiy olmaydi. Zarrachalarning tebranma issiqlik energiyasi zarrachalar orasidagi tortishish energiyasidan kichik bo’ladi. Amorf moddaning aniq bir suyuqlanish temperaturasi bo’lmaydi, u qizdirilganda asta-sekin yumshaydi va qattiq holatdan suyuq holatga uzluksiz ravishda o’tadi.
5-rasm. Mis atomlari hosil qilgan kristall panjaraning taxminiy ko’rinishi Metall atomida valent elektronlar soniga qaraganda, elektronlar bilan to’lmagan bo’sh orbitallar ko’proq, valent elektronlar esa ionlanish energiyasi kamligi tufayli yadro bilan kuchsiz bog’lanadi. Shuning uchun ular metallning kristall panjarasi ichida erkin harakat qiladi. Metallning kristall panjara tugunlarida
21 (uchlarida) musbat zaryadli metall ionlari (kationlar) zich joylashgan bo’lib, panjara ichida elektronlar erkin harakat qiladi. Bu elektronlarning harakati gaz qonunlariga bo’ysunganligi uchun «elektron gaz» deb ataladi. Harorat ortishi bilan metall ionlari va atomlarining tebranma harakati kuchayadi, bu esa elektronlarning to’g’ri chiziqli harakatini qiyinlashtiradi va shu bilan elektr o’tkazuvchanlikning kamayishiga olib keladi. Harorat pasayganda esa ionlar va atomlarning tebranma harakati pasayadi, elektr o’tkazuvchanlik keskin ortadi. Absolyut nolga yaqin haroratda metallar o’ta o’tkazuvchan bo’lib, qarshilik deyarli yo’qoladi. Buni quyidagicha tasavvur qilish mumkin:

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling