Modda sarfi va miqdorini o‘lchash reja
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
10 MODDA SARFI VA MIQDORINI O‘LCHASH
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘ZGARUVCHAN SATHLI SARF O‘LCHAGICHLAR
Ko‘rsatishlarni masofaga
elektr differensial – transformator yordamida uzatadigan rotametr схемаси O‘lchash tizimidagi tebranishlarni kamaytirish uchun dempferlovchi qurilma 28 ishlatiladi. Pnevmo uzatishli rotametrlarning seriyali ishlanadigan rusumlari 6,27 мПа ish bosimiga mo‘ljallangan. 11 13 28 14 12 25 9 8 7 S N 6 5 5 N 4 10 1 2 3 27 17 20 21 18 22 16 19 26 15 23 24 4.5 – rasm. Ko‘rsatishlarni masofaga pnevmatik uzatadigan rotametr sxemasi. Bu asboblar bilan (suv bo‘yicha 16 м 3 /соат) gacha sarflar o‘lchanadi. Asosiy xatolik ±1,5% dan oshmaydi. O‘ZGARUVCHAN SATHLI SARF O‘LCHAGICHLAR O‘zgaruvchan sathli sarf o‘lchagichlarning ishlash prinsipi suyuqlikning idish tubidagi yoki uning yon devorlaridagi teshikdan erkin oqib chiqishidagi sath balandligini o‘lchashga asoslangan. Bu asboblar kimyo va boshqa sanoatlarda juda agressiv suyuqliklar sarfini o‘lchashda, shuningdek, gaz bilan aralashgan pulslanuvchi oqim va suyukliklar sarfini o‘lchashda ishlatiladi. O‘zgaruvchan sathli sarf o‘lchagichlar barcha hollarda suyuqlik sarfnni atmosfera bosimida o‘lchaydi, shuning uchun, bu asboblarning ishlatilishi cheklangan. O‘zgaruvchan sathli sarf o‘lchagichlar tarkibiga qabul qiluvchi sig‘im (idish) va suyuqlik sath balandligini o‘lchaydigan asbob kiradi. Sath balandligi o‘lchagichi sifatida istalgan sath balandligini o‘lchash asbobi ishlatilishi mumkin. Qabul qiluvchi sig‘im sifatida esa dumaloq (diafragma) yoki tirqish teshikli silindrik yoxud to‘rtburchak idish xizmat qiladi. Bunday idishlardagi suyuqlik sarfi uning sath balandligi bo‘yicha aniqlanadi. Diafragma idish tagida yoki uning yon devorlarida joylashishi mumkin, lekin suyuqlik sathi u oqib chiqadigan teshikdan yuqorida bo‘lishi lozim. Tirqishning teshiklari idishning faqat yon devorlarida joylashgan bo‘lishi kerak, bu holda idishdagi suyuqlik sathi teshikning ustki chetidan baland bo‘lmasligi lozim. 1 Н 2 3 4 5 6 7 Сиқилган ҳаво 4.6 – rasm. Suyuqlik oqib chiqadigan tirqish teshikli sarf o‘lchagich. 4.6-rasmda ko‘rsatilgan sarf o‘lchagich ikki shtutserli to‘rt-burchak idish 2 dan iborat. Shtutserlardan biri idishning yonida joylashgan bo‘lib, suyuqlikni kiritish uchun, ikkinchisy esa pastda joylashgan bo‘lib, suyuqlikning oqib chiqishi uchun xizmat qiladi. Idish ichki tomonidan to‘siq bilan bo‘lingan, bu to‘siqqa profillangan teshikli shchit germetik ravishda mahkamlangan. Idishdagi suyuqlik oqib chiqadigan tirqish oldiga muhofazalovchi g‘ilofli pyezometrik naycha 1 cho‘ktiriladi. Haydalgan havo miqdori nazorat stakanchasi 4 yordamida tekshiriladi. Havo bosimi reduktor 6 orqali o‘zgarmas qilib saqlanib turiladi va manometr 5 bilan o‘lchanadi. Filtr 7 havoni tozalaydi. Pyezomstrik naychadagi bosim tirqish oldidagi suyuqlik ustunining zichligi va balandligi bilan, demak, suyuqlikning massaviy sarfiga bog‘liq. Pyezometrik naychadagi gidrodinamik bosimning qiymati difmanometr 3 bilan o‘lchanadi. 4.6-rasmda keltirilgan sarf o‘lchagichning xususiyatlaridan biri ikkilamchi asbob shkalasining bo‘linmalari tengligidadir. Tirqishli sarf o‘lchagichda suyuqlikning hajmiy sarfi quyidagi tenglama bilan aniqlanadi: L S a Q x 0 43 , 4 (4.15) bu yerda, а – sarf koeffitsiyenti; S 0 – tirqishning yuzasi; L – tirqishdagi suyuqlikning balandligi. Tirqishli sarf o‘lchagichning sarf koeffitsiyenti tirqishning geometrik shakliga, ayniqsa kirish qismidagi qirraning o‘tkirligiga bog‘liq. Taqribiy hisobda sarf koeffitsiyenti a ning qiymatini 0,6 ga teng deb qabul qilinadi. Sarf koeffitsiyentining aniq qiymati asbobning o‘zini darajalashda aniqlanadi. Tirqishli sarf o‘lchagichlarda bosim difmanometr orqali o‘lchanadi. Sarf o‘lchagich bilan difmanometr o‘rtasidagi pnevmatik nayning uzunligi 35 м dan, difmanometr va ikkilamchi asboblarni ulovchi nayning uzunligi esa 300 metrdan oshmasligi kerak. O‘lchash chegarasi 10...50 м 3 /соат bo‘lgan qurilmaning asosiy xatosi ±3,5%. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling