Modda tabiatning suvli eritmada elektrolitik dissotsiyalanishga ta‘siri. Dissotsi­yalanish mexazmini


Download 31 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi31 Kb.
#1383433
Bog'liq
1473147684 64780


Elektrolik dissotsionalish. Dissotsiyalanish konstantasi. Suvning dissotsilanisi

Reja:




  1. Elektrolitik dissotsiyalanish.

  2. Modda tabiatning suvli eritmada elektrolitik dissotsiyalanishga ta‘siri. Dissotsi­yalanish mexazmini.

  3. Elektrolitik dissotsiyalanish nazariyasi asosida kislota va asoslar.

  4. Kuchli va kuchsiz elektrolitlar.

  5. Kopmleks ionlarning eritmadagi dissotsiyalanishi.

Elektr tokini utkazuvchi moddalar elektrolitlar deyiladi. Masalan, kislota, asos, tuzlar elektrolitlardir.
Elektr tokini utkazmaydigan moddalar elektrolitmaslar de­yiladi.
Vant-Gaff va Raul qonunlariga elektrolit bo’lmagan moddalarning - suvdagi suyuq eritmalarigina buysunadi.
1887 yilda shved olimi Svante Arrenius Eritmalarning elektr o’tkazuvchanligini o’lchash asosida elektrolitik dissotsiyalash nazariyasini taklif etdi. Bu nazariyaga asosan kislota, asos, tuzlar suvda erigan vaqtda qarama-qarshi zaryadli ionlarga ajraladi.
Elektrolit molekularining ionlarga ajralishi qaytar pro­tsess ekanligini ko’rsatdi.
NH4OH ↔ NH+4 + OH-
CH3COOH↔ CH3COO- +H+

  1. Bu nazariya quyidagilarni taklif etdi.

  2. Elektrolitlardan elektr tokini o’tishini qoniqarli holatda
    izohlab berdi. Bu nazariyaga ko’ra elektrolitmas moddalardan
    ionlar bo’lmasligini elektrolit bo’lgan moddalarga ionlar bo’lish-
    likni hamda elektroliz qilinganda musbat ionlar katodda manfiy
    ionlar anodga borishlikni izohladi.

  3. Arrenius nazariyasi elektrolitlarning eritmasi elektrolitmaslarga qaraganda pastroq t-da muzlash va yuqoriroq temperaturada qaynash sababini ham tushuntirib berdi.

Masalan: NaCl--> Na+ + S1- ionlarga ajraladi.
3) arrenius bundan tashqari bir xilda ionlar bo’ladigan modda-
larning eritmalari reaktsiyaga bir xilda kirishishi ham izohlab
berdi. Masalan: KCl, NaCL BaCl2 kabi eritmalariga AgN03 ta‘sir etti-
rilsa oq chukma AgCl hosil bo’ladi.
KCl + AgNO3 = ↓ Ag Cl +KNO3
NaCl + AgNO3 = ↓ Ag Cl +NaNO3
BaCl2 + 2AgNO3 = ↓ 2Ag Cl +Ba(NO3)2
Arrenius nazariyaisga. muvofiq ko’p negizli kislotalar eritmalarda birin-ketin dissotsiyalanadi.
H3PO4 ↔ H+ + H2PO2-4
H2PO4 ↔ H+ + HPO2-4
HPO24 ↔ H+ + PO3-4
Birin-ketin bunday dissotsiyalanishda ajralish protsessi eng birinchi bosqich buyicha kuchli boradi, ikkinchi va uchinchi bosqichlarda kamroq ionlar hosil bo’ladi.
4) Bu nazariyada kislota va asoslarni ta‘rifladi. Suvda erigan vodorod ionlariga ajraladigan elektrolitlar kislota deb ataladi.
Eritmada vodorod ionlari qanchalik ko’p bo’lsa kislota shuncha kuchli bo’ladi. Suvda gidroksil ionlaridan tashqari, boshqa manfiy ionlarga ajralmaydigan elektrolitlar asoslar deb atalishini ko’rsatdi.
1891 yilda I. A, Kablukov dissotsiyalanish protsessini D. I. Mendeleevning gidratlar nazariyasi asosida qarab, erigan modda ionlari erituvchi molekulalari bilan ximiyaviy birikib ionlarning gidratlarini hosil qilishligini ko’rsatdi.
Masalan: Cr3+ suvdagi eritmada 6 H2O molekulasi bilan birib
[Sr(H2O)6] tarkibli ion-gidrat hosil qiladi. Bundan tashqari Kablukov Arrenius nazariyasi faqat suvdagi eritmalar bilan cheklanishini ko’rsatdi.
Elektrolitlarning eritmalarida ionlarning suv molekulala­ri bilan ximiyaviy birikishi va gidratlanish ustida juda ko’p olimlar ishladi.
Gidratlanish hodisasi ajratmalarning elektr utkazuvchanligiga ham ta‘sir etadi. Masalan: LiCl bilan CsCl ko’rganda LiCl elektr o’tkazuvchanligi CsCl nikiga qaraganda kam bo’ladi.
Gidratlanish hodisasi gidratlanish energiyasi bilan xarakterlanadi.
Gaz holatidagi (g-ion xisobida) ionlarni eritmaga utkazish protsessida ajralib chiqadigan energiya miqdori usha ionning gid­ratlanish energiyasi disotsiyalanadi.
K. P. Mishenko ishlagan.

DISSOTSILANISH DARAJASI.


Elektrodlitlarning suvdagi eritmalarining qay darajada ionlarga dissotsilanganligini bilish muhim ahamiyatga egadir.
Arrenius fikricha to’la dissotsilanish bo’lmasligining sababi shundaki, eritmada molekulalar ionlarga ajralishi bilan bir vaqtda, hosil bo’lgan ionlar uzaro birikib, yana molekulalarga aylanadi. Molekulalar ajralgan sari dissotsilanish tezligi kamayadi, lekin ionlarning o’zaro birikish tezligi ortadi. Bu vaqtdan boshlab eritmada molekulalar va ionlar orasida muvozanat qaror topadi. Shundan sung eritmada ion va molekulalar soni uzgarmay qoladi. Shularni xarakterlash uchun dissotsilanish darajasi degan tushuncha kiritilgan.
Kuchsiz elektrolitlarning dissotsilanish xususiyati ularning dissotsilanish darajasi bilan ulchanadi. Eritilgan elektrolitlar­ning umumiy miqdoridan qancha qismi ionlarga ajralganligini ko’rsatuvchi son elektrolitik dissotsiatsiya darajasi deyiladi va belgilanadi.
Dissotsialanish jarajasini quyidagicha yozish mumkin.

Dissotsilanish darajasi elektrolit tabiatiga bog’liq t, kontsentratstyasiga bog’liq.
Download 31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling