Moddalar sarfini olchashning zamonaviy usullari va vositalarini tahlil qilish


MODDALAR SARFINI O‘LCHASHNING ZAMONAVIY


Download 0.65 Mb.
bet11/12
Sana18.02.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1209287
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Moddalar sarfini olchashning zamonaviy

2.5 MODDALAR SARFINI O‘LCHASHNING ZAMONAVIY
USULLARI VA VOSITALARI

Tuzilmaviy shakllari va harakat rejimlarining xilma – xilligi bilan farqlanuvchi, murakkab va tarkibi bo‘yicha o‘zgaruvchi gazli, suyuq (suv, neft, kondensat) va qattiq (qum va boshqa mexanik qorishmalar) fazalar aralashmasidan iborat moddaning sarflanishi o‘lchanayotganda bunday oqim sarfini oldindan seperasiyasiz o‘lchash murakkab ilmiy – texnik muammo hisoblanadi. Hatto seperasion vositalari ham kam samarali bo‘lgan hollarda ham yuqori gaz omiliga ega yuqori tezlikli oqimlarni o‘lchashda alohida qiyinchiliklar vujudga keladi.


Sarflarni o‘lchash (rasxodametriya) sohasida o‘tkazilgan ko‘p yillik tadqiqotlar
mazkur muammoni hal etish yo‘lini taklif etishga imkon beradi. O‘lchashning ishlab chiqilgan va patent olgan yangi spektrometrik uslubi asos bo‘lib xizmat qildi. U yuqori gazli omilli yuqori tezlikli oqimlar sharoitida samaralidir. Bu uslub maxsulotni yig‘ishning truboprovod tizimida fluktuasion jarayonning (bosim fluktuasiyasi) spectral fazalarning oqimda sarflanishi to‘g‘risidagi
axborot manbai sifatida foydalanishga asoslanadi.
Spektrometrik uslubning asosiy g‘oyasi shundan iboratki, bunda fazalar sarfini
ko‘p fazali oqimda fluktuasion jarayonning quvvati spektrining chastotaviy
komponentlari bo‘yicha hisoblashdir. Bosim fluktuasiyasini hisoblash maxsus oqimni o‘lchash o‘zgartkichi bilan amalga oshiriladi (11– rasm).
O‘lchash o‘zgartkichining asosiy elementlari maxsus 1 konstruksiyali torayuvchi qurilma ko‘rinishidagi oqim shakllantirgich va bosim fluktuasiyasi
datchigi hisoblanadi. Torayuvchi qurilma quyidagilarga imkon beradi:
qurilmaning chiqishida fazalar sarfi o‘zgarishlarining keng oraliqlarida
ma’lum muntazam tuzilma oqimini shakllantirish;
gidrodinamik tizimda quvvatning chastotaviy spektrining berilgan
axborot xossalariga ega fluktuasiya jarayonini uyg‘otish.

11-rasm. Oqim o`lchash o`zgartkichi
Fluktuasiya jarayonini qayd etish pezokeramik sezgir elementli datchik orqali
amalga oshiriladi. Ishlangan o‘lchash o‘zgartkichidan foydalanilganda
datchikning chiquvchi elektr signali o‘ziga xos chastotaviy spektrga ega bo‘lib (12–rasm), unda turli fazalar sarfining ta’sir sohalari ajratilishi mumkin.




Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling