Moddaning to lqin xususiyatlari. Shedringer tenglamasi Reja: De-Broyl gipotezasi
Download 236.5 Kb.
|
Moddaning to lqin xususiyatlari. Shedringer tenglamasi
Amerikalik fiziklar Vigner va Xantingtonlarni ko'rsatishicha (1935) Р³106 atm bosimlarda vodorod molekulyar dielektrik (Н2) fazadan zichligi r»1g/sm3 bo'lgan eng oddiy bir valentli metall vodorodga aylanadi (metall fazaga o'tadi).
Agar uncha yuqori bo'lmagan bosim ostidagi moddalar turli-tuman xossalarga ega bo'lib, ximiyaviy tarkibiga qarab keskin o'zgarib tursalar, yuqori bosimgacha siqilgan moddalarning xossalaridagi farqlar yo'hola boradi. Buni tushunish oson. Haqiqatan, moddalarning mexanik, issiqlik, optik, magnit kabi fizik va barcha ximiyaviy xossalari atomlarning tashqi qobiq elektronlari bilan aniqlanadi. Р³108 atm bosimlarda bunday elektronlar atomlardan uzilib, kollektivlashib qoladilar, ichki qobiq elektronlari esa zichlashib, fazoviy kam o'zgaradigan holatga o'tadilar. Р~1012 atm bosimgacha siqilgan moddalarning atomlaridagi elektronlar va yadrolarning o'zaro ta'siri uncha muhim rol o'ynamaydi va moddani ma'lum ma'noda katta zichlikdagi elektron gaz (Fermi-Dirak statistikasiga bo'ysunadigan "aynigan" holatda) deb qarash mumkin. Bosim va zichlik mos holda 109 kg/m3 va 1018 amm qiymatlarga etganda elektron gaz relyativistik gazga aylanadi (temperatura ko'tarilib, elektronning o'rtacha energiyasi »mеs2ga yaqinlashadi). Zichlikning yanada ortishi termodinamik nuqtai nazardan yadro reaksiyalari kechishi afzal bo'lgan holatga olib keladi. Bunda elektronlar yadrolar tomonidan yutilib, neytrino nurlatishdan iborat jarayon ro'y beradi (р+е-®n +ne+ g), yadro massasi o'zgarmagan holda zaryadi kamayadi, umuman olganda, yadro turg’unligi ham pasayadi, oqibatda yadrolarning emirilishi boshlanadi. Zichlik r~1014 kg/m3 va bosim Р ~1024 atm ga etganda neytronlar soni elektronlar sonidan ortib ketadi, r~1015 kg/m3 zichliklarda esa neytronlar bosimi elektronlarnikidan o'zib ketadi. Ana shunday ekstremal holatda moddaning neytronlashuvi yuz beradi, ya'ni modda asosan neytronlarning fermi-gazidan iborat deb qaralishi mumkin bo'lib holadi. Bosimning ~1027 atm qiymatlarida neytron gaz yadro moddasining zichligi rya »1017 kg/m3 ga ega bo'ladi. Moddaning bunday holati Т~1012 K gacha mavjud bo'ladi. Download 236.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling