Моддий хисоб
Download 423.5 Kb.
|
каталитик тозалаш Хайдарова Г.
MUNDARIJA bet 1. Kirish….............................................................................................................. 2. Xom - ashyo mahsulotlarining tavsifi............................................................ 3. Tayyor mahsulot tavsifi.................................................................................. 4. Jarayonning fizik - kimyoviy asoslari......................................................... 5. Texnologik sxema bayoni.................................................................................. 6.1. Moddiy va issiqlik hisobi................................................................ 7. Asosiy qurilmaning bayoni............................................................................ 8. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish............................................. 9. Mehnatni va atrof muhitni muhofaza qilish.......................................... 10. Xulosa............................................................................................................ 11. Adabiyotlar.................................................................................................... Kirish
O‘zbekiston Respublikasi o‘z kimyo fani, sanoati va kimyo ta’limi bo‘yicha jahondagi mamlakatlar orasida o‘ziga xos o‘ringa va maqomga ega bo‘lib, keyingi yillarda ushbu sohaning xalq xo‘jaligidagi salmog‘i tezkor sur’atlarda oshib bormoqda.. Istiqbolda kimyo sanoatini rivojlantirish fosforit, sellyuloza, kaustik soda, kaliyli o‘g‘itlar, o‘simliklarni kimyoviy himoya vositalari, toluol, polimerlar va turli plastmassa buyumlar ishlab chiqarish bo‘yicha bo‘yicha respublikaning mustaqilligiga erishish, mahalliy xom ashyodan yangi mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratish, chet eldan olinayotgan kimyoviy maxsulotlarning asosiy turlarini respublikada mahalliy xom-ashyolardan ishlab chiqarilishini tashkil etish, sanoat korxonalari chiqindalarini qayta ishlash, ishlab chiqarish jarayoni boshqaruvini kompyuterlashtirish, ekologik muammolarining oldini olish va amaldagilarini hal etish, kimyo sanoatining eksport imkoniyatlarini yanada oshirish yo‘nalishlarida olib borilishi belgilab qo‘yildi. Bu ulkan vazifalar ijrosi o‘z navbatida Vatanimiz kimyo fani, sanoati uchun yuqori malakali kimyogar – texnologlar tayyorlash jarayonini zamonaviy kimyo ta’limi texnologiyalari asosida jahon ta’lim standartlari darajasida tashkil etishni taqozo qiladi Uzbekiston noyob yokilgi-energetika resurslariga ega. Gaz zaxiralari -2 trillion m3 ga, kumir 2 milliard tonna, 160 ta neft koni mavjud. Neft va gaz mavjud bulgan beshta asosiy mintakani ajratib kursatish mumkin: Ustyurt, Buxoro-Xiva, Janubiy-Garbiy Xisor, Sur-xandaryo, Far-gona.Neft va gaz zaxiralari 1 trillion AKSh dollaridan ortikrokdir. O‘zbekiston respublikasi kimyo sanoati yuzlab turdagi xalq va qishloq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishda shular jumlasiga kiradi. Bularga: “Navoiyazot” OAJ, “Chirchiq elektrokimyo ishlab chiqarish birlashmasi”, “Samarqand va Olmaliq” kimyo zavodlari va bularga yana O‘zbekistonda katta zavod “Farg’onaazot” OAJ misol bo‘ladi. Deyarli hosildor yerlar hozirgi paytda qishloq xo‘jalik mahsulotlari olish uchun band desak bo‘ladi. Kundan kun o‘sib borayotgan aholi soni va uni ehtiyojini ega yerdan yuqori darajada foydalanishni talab qiladi. Shu sababli ham hosildorlikni oshirishning birdan – bir asosiy yo‘li mineral o‘g‘itlar ishlab chiqirashni rivojlantirishdan iborat. Mineral o‘g‘itlar o‘simlik va yerning unumdorligini oshirishda asosiy vosita bo‘lsa, o‘g‘it ishlab chiqarish uchun nitrat kislota xom ashyo hisoblanadi. Hozirgi kunda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda kislota ishlab chiqarishning ahamiyati juda kattadir. Nitrat kislota asosan sanoatda ikki xil: suyultirilgan va konsentrlangan holatda ishlab chiqariladi. Suyultirilgan nitrat kislotadan sanoatda ko‘plab mineral o‘g‘itla olishda ishlatiladi. Shular jumlasiga, ammoniy selitra, kaliy nitrat, ammoniy sulfat va boshqa o‘g‘itlarni misol qilishimiz mumkin. Bundan tashqari nitrat kislotadan bo‘yoq, portlovchi moddalar, plastmassalar, sun’iy tolalar, va turli nitratlar keng ishlatiladi. Ammiakni oksidlash yo‘li bilan nitrat kislota ishlab chiqaruvchi katta – katta zavodlarimiz bor. Shu jumlasiga, “Navoiyazot” O.A.J, “Farg’onaazot” O. A. J. kiradi. “Farg’onaazot” O. A. J. hozirgi kunda quvvati 360 ming tonna/yiliga bo‘lgan suyultirilgan nitrat kislota ishlab chiqarish sexi sanoatga sifatli darajada hom-ashyo yetkazib bermoqda. Ushbu ishlab chiqarish loyihasi A-1386, P-6980 bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari S. Ye. Dorokin tomonidan 22. 03. 1985 yilda №34 qarorga asosan bajarilgan. Suyultirilgan nitrat kislota ishlab chiqarish modernizatsiya qilingan energotexnologik sxema AK –72M bo‘yicha loyihalangan. AK – 72 agregatidan farqli AK – 72M yuqori darajada ishlashligi va ko‘pgina afzalliklarga ega: tabiiy gazni tejamlash, bug‘ ishlab chiqarishni orttirish qimmatbaho materiallar sarfi 0,3%. Uning texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlari chet el firmalaridan qolishmaydi. Hom-ashyo maxsulotlarining tavsifi. Nitrat kislota ishlab chiqarish ammiakni havo kislorodi ishtirokida oksidlash, xosil bo‘lgan azot (IV) oksidi gazini suvga yutilish jarayoniga asoslangan bo‘lib, hom-ashyoning asosini atmosfera havosi tashkil qiladi desak, yanglishmaymiz. Nitrat kislota olishda ammiak, azot (II) va (IV) oksidi kabi gazlar va suv muhim rol o‘ynaydi. Cuv – vodorodning oksidi bo‘lib, eng ko‘p tarqalgan va muhim moddalardan biridir. Tabiatda toza suv yo‘q, uning tarkibida doimo qo‘shimchalar bo‘ladi. Toza suv haydash yo‘li bilan olinadi. Haydalgan suv distillangan suv deyiladi.Toza suv shaffof, xidsiz va ta’msiz bo‘ladi. Uning zichligi 40S da yeng katta bo‘ladi (1 g/sm3). Muzning zichligi suvning zichligidan kam, shu sababli muz suvning yuzasiga qalqib chiqadi. Suv 00S da muzlaydi va 101325 Pa bosimda 1000S da qaynaydi. U issiqlikni yaxshi o‘tkazmaydi va elektr tokini juda yomon o‘tkazadi. Suv – yaxshi erituvchi. Suv molekulalari qutbliligi tufayli unda elektrolitlar ionlarga dissotsilanadi. Suv reaksiyaga ancha yaxshi kirishuvchi modda.U odatdagi sharoitda ko‘pchilik asosli va kislotali oksidlar, shuningdek, ishqoriy metallar va ishqoriy yer metallar bilan reaksiyaga kirishadi: H2O + Na2O = 2NaOH H2O + SO2 = H2SO3 2H2O + Ca = Ca(OH)2 + H2↑ Cuv turli tuman birikmalar bilan gidratlar xosil qiladi: H2O + H2SO4 = H2SO4 ∙ H2O H2O + NaOH = NaOH ∙ H2O Suvning muhim kimyoviy xossalari qatoriga uning gidrometil parchalanish reaksiyalariga kirisha olish xususiyati kiradi. Azot vodorod bilan bir necha xil birikma xosil qiladi, ulardan eng muhimi ammiakdir. Ammiak – rangsiz, o‘ziga xos o‘tkir xidli, bo‘g‘uvchi gaz bo‘lib, havodan deyarli ikki marta yengil. Normal sharoitda gaz holidagi ammiakning zichligi 0,771 kg/sm3. Bosim oshirilganda yoki ammiak sovutilganda u osonlik bilan rangsiz suyuqlikka aylanadi. – 33,40S da esa suyuq holatga o‘tadi. – 780S da esa kristall bo‘lib qotadi. Sanoatda ammiakning turli xil kislotalar bilan qilgan birikmasi qishloq xo‘jaligida o‘g‘it sifatida ishlatiladi. Bularning eritmalari esa umumiy tarzda ammiakatlar deyiladi. Qishloq xo‘jaligida suyuq azotli o‘g‘itlar sifatida ishlatiladi. 200S haroratda bir hajm suvda 700 hajm ammiak eriydi. Qaynatilganda erigan ammiak eritmadan uchib chiqib ketadi. Ammiakning muhim kimyoviy xossasi uning kislotalar bilan o‘zaro ta’sirlashib, ammoniy tuzlarini xosil qilishidir. Bu holda ammiak molekulasiga kislotaning vodorod ioni birikib, tuz tarkibiga kiradigan ammoniy ionini xosil qiladi: NH3 + HCl = NH4Cl Ammiak kislorodda va oldindan qizdirilgan havoda yonib, azot hamda suv xosil qiladi: 4NH3 + 3O2 = 2N2 + 6H2O Katalizator (Pt, Cr2O3) ishtirokida reaksiya azot (II) oksidi va suv xosil bo‘lishi bilan boradi: Laboratoriya sharoitida ammiak odatda ammoniy xlorid bilan so‘ndirilgan ohak aralashmasini ohista qizdirish yo‘li bilan olinadi: 2NH4Cl + Ca(OH)2 = CaCl2 + 2NH3 + 2H2O Sanoatda ammiak olishning asosiy usuli uni azot bilan vodoroddan sintez qilishdir. Reaksiya ekzotermik va qaytar: kj U faqat katalizator ishtirokida sodir bo‘ladi (Al,K,Ca,Si oksidlari qo‘shilgan g‘ovak temir). Azot – suyuq havodan, H2 – metan gazidan olinadi. Download 423.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling