Model va modellashtirish tushunchalari. Reja: Model va modellashtirish tushunchasi. Modellashtirish bosqichlari


Download 225.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana18.02.2023
Hajmi225.29 Kb.
#1209522
1   2   3   4   5
Bog'liq
20-03- Model va modellashtirish tushunchalari.

Modellashtirish – bilish ob'ektlarini ularning modellari 
yordamida tadqiq qilish
mavjud predmet va hodisalarning modellarini yasash va 
o‘rganishdir. 
Modellashtirish uslublaridan hozirgi zamon fanlarida keng 
foydalanilmoqda. U ilmiy tadqiqot jarayonini yengillashtiradi, 
ba'zi hollarda esa murakkab ob'ektlarni o‘rganishning yagona 
vositasiga aylanadi. Mavhum, olisda joylashgan ob'ektlar, 
juda kichik hajmdagi ob'ektlarni o‘rganishda 
modellashtirishning ahamiyati katta. Modellashtirish uslubidan 
fizika, astranomiya, biologiya, ijtimoiy fanlarda, iqtisod 
fanlarida ob'ektlarning faqat ma'lum xususiyat va 
munosabatlarini aniqlashda ham foydalaniladi. 
Uslubiyat sifatidan matematik modellashtirish matematika, 
fizika, biologiya va boshqa ilmiy fanlar bilan almashtirib 
bo‘lmaydi, ular bilan raqobat qilmaydi. Aksincha uning 
sintezlash rolini ta'kidlamasdan bo‘lmaydi. Matematik 


modellashtirish uchligini yaratish va qo‘llash turli metodlar va 
yondoshuvlar – chiziqsiz modellar sifat analizidan tortib 
zamonaviy dasturlash tillariga asoslanadi 
va fanning turli – tuman yo‘nalishlarini qo‘shimcha yangi 
rag‘batlantiradi. Masalaga kengroq yondoshgan holda aytish 
mumkinki, modellashtirish turli “mutaxassislar” ijodiy 
faoliyatida uchraydi – tadqiqotchilar va tadbirkorlar
siyosatchilar va harbiy qo‘mondonlar. Bu sohalarga aniq 
fanlarning joriy qilinishi intuitiv “ modellash” ni chegaralab, 
ratsional metodlar qo‘llanilish maydonini 
kengaytirdi. Albatta, matematik modellashtirish samarali bo‘lish 
uchun u yaxshi ma'lum bo‘lgan professional talablarga javob 
berishi kerak: asosiy tushunchalar va farazlarni aniq for-
mulirovkasi, ishlatilayotgan modellar adekvatligining aposterior 
analizi, hisoblash algoritmlari to‘g‘riligining kafolatlanishi va 
h.k. 
Agar “inson faktori”, ya'ni murakkab formallashgan ob'ektlar 
ishtirokida sistemalarni modellashtirish haqida gap ketganda
yuqoridagi talablardan tashqari 
matematik va maishiy atamalarni (bir xil eshitiluvchi, ammo 
turli ma'noga ega) aniq farqlash, hodisa va jarayonlarni 
o‘rganishga tayyor matematik apparatni ehtiyotkorlik bilan 
qo‘llash va boshqa bir qator talablar ham qo‘shiladi. Axborot 


jamiyati muammolarini hal etishda faqatgina kompyuter 
qudratiga va informatikaning boshqa vositalarigagina ishonib 
qolish unchalik ham to‘g‘ri 
emas. Matematik modellashtirish bosqichlarining doimiy 
mukammallashib borishi va uning zamonaviy axborot – 
modellash sistemalariga tadbiq etilishi metodologik 
imperativdir. Faqat uning bajarilishigina zaruriy yuqori 
texnologiyali, 
raqobatbardosh va rang-barang moddiy va intellektual 
mahsulotga ega bo‘lish mumkin. Atrofimizdagi olam qonunlari 
o‘zgarmas va tadqiqotlarda bundan samarali foydalanish 
mumkin. Bu matematik modellar universalligi xossasida o‘z 
aksini topgan. 
Shunday qilib, matematik modellashtirish vositalarining 
imkoniyatlaridan mexanikadan tortib sotsiologiya fanlarida 
(ijtimoiy fanlarda) ham samarali foydalanish mumkin ekan. 

Download 225.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling