Modellashtirish tushunchasi
Download 360 Kb.
|
Tuzilmaviy modellar ob’ektlarning ichki tuzilishi, tarkibiy qismlari, ichki parametrlarini, ular orasidagi o’zaro boѓliqliklarni ifodalaydi. Iqtisodiyot miqyosidagi tadqiqotlarda ko’proq tuzilmaviy modellar qo’llaniladi, chunki quyi tizimlarning o’zaro boѓliqliklari rejalashtirish va boshqarish uchun katta ahamiyatga ega. O’ziga xos tuzilmaviy modellar sifatida tarmoqlararo aloqalar modellarini olish mumkin. Funktsional modellar iqtisodiy boshqarishda keng qo’llaniladi, bunda ob’ektning holati («chiqish»)ga «kirish»ni o’zgartirish yo’li bilan ta’sir ko’rsatiladi. Iste’molchilarning tovar-pul munosabatlari sharoitidagi xatti-harakatlari modeli bunga misol bo’la oladi. Aynan bir ob’ekt bir vaqtning o’zida ham tuzilmaviy, ham funktsional model bilan tasvirlanishi mumkin. Masalan, alohida tarmoq tizimini rejalashtirish uchun tuzilmaviy modeldan foydalaniladi, iqtisodiyot miqyosida esa har bir tarmoq funktsional model bilan ifodalanishi mumkin.
Statik modellarda barcha bog`lanishlar vaqtning tayinli payti yoki davriga tegishlidir. Dinamik modellar iqtisodiy jarayonlarning vaqt bo’yicha o’zgarishini tavsiflaydi. Qaralayotgan vaqt davrining uzunligiga qarab bashoratlash va rejalashtirishning qisqa muddatli (bir yilgacha), o’rta muddatli (5 yilgacha), uzoq muddatli (10-15 va undan ko’proq yilgacha) modellari farqlanadi. Iqtisodiy-matematik modellarda vaqtning o’zi yo uzluksiz, yo diskret ravishda o’zgarishi mumkin. Iqtisodiy jarayonlarning modellari matematik boѓlanishlarning shakli bo’yicha juda xilma-xildir. Ayniqsa tahlil va hisoblashlar uchun eng qulay bo’lib, shu tufayli keng tarqalgan chiziqli modellar sinfini ajratib ko’rsatish muhimdir. Chiziqli va chiziqli bo’lmagan modellar orasidagi farqlar nafaqat matematik nuqtai nazardan, balki nazariy-iqtisodiy jihatdan ham muhimdir, chunki iqtisodiyotdagi ko’p boѓlanishlar aniq chiziqli bo’lmagan tabiatga ega: ishlab chiqarish o’sganda resurslardan foydalanish samaradorligi, ishlab chiqarish ko’payganda yoki daromadlar o’sganda aholi talabi va iste’molining o’zgarishi va h.k. Iqtisodiyot modellari fazoviy omillar va shartlarni o’z ichiga olishiga qarab fazoviy va nuqtaviy modellar farqlanadi. Shunday qilib, iqtisodiy-matematik modellarning umumiy tasnifi o’ndan ortiq asosiy belgilarni o’z ichiga oladi. Iqtisodiy-matematik tadqiqotlarning rivojlanishi bilan qo’llanilayotgan modellarni tasniflash muammosi murakkablashadi. Yangi turlar (ayniqsa aralash turlar)dagi modellarning va ularni tasniflash yangi belgilarining paydo bo’lishi bilan bir qatorda har xil turdagi modellarning murakkabroq qurilmalarga birlashishi jarayoni amalga oshadi. Iqtisodiy-matematik usullardan matematik iqtisodiyotda va ekonometrikada qo’llaniladigan usullarni alohida ajratib ko’rsatish lozim. Matematik iqtisodiyot — iqtisodiy fanning iqtisodiy jarayonlar matematik modellarining xossalari va echimlarini tahlil qilish bilan shuѓullanadigan bo’limidir. Matematik iqtisodiyotda tayinli formal asoslar (chiziqlilik, qavariqlik, monotonlik va shu kabi boѓliqliklar, kattaliklar o’zaro boѓliqligining konkret formulalari)ga asoslangan nazariy modellar tadqiq qilinadi. Matematik iqtisodiyotning vazifasi model echimining mavjudligi, uning nomanfiyligi, statsionarligi shartlari, boshqa xossalarning borligi haqidagi muammoni o’rganishdir. Download 360 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling