Models and methods in modern science international scientific-online conference 75 sanoat binolarini loyihalashning umumiy asoslari


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana06.05.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1436017
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MMMS1716 (1)



MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
 
International scientific-online conference 
75 
SANOAT BINOLARINI LOYIHALASHNING UMUMIY ASOSLARI
 
Botirova Nodira Sherali qizi

talaba 
Abdikomilova Mohinur Jamoliddin qizi
2

talaba 
Botirov Bektosh Farhod o‘g‘li



assistent 
1-2-3
Jizzax politexnika instituti
korreys95@gmail.com  
https://doi.org/10.5281/zenodo.7440801 
Barcha sanoat ishlab chiqarish korxonalari ishlab chiqarish tarmoqlari 
bo‘yicha tasniflanadi. Ishlab chiqarish tarmog‘i - bu xalq xo‘jaligi tarmog‘ining 
ajralmas bir qismi bo‘lib, u transport, yoqilg‘i, energetika, sanoat, qishloq 
xo‘jaligi, qurilish va h.k. tarmoqlardan tashkil topadi. O‘zbekiston Respublikasi 
iqtisodiyot tarmog‘ida jami 15 dan ortiq yirik tarmoqlar mavjuddir. Yirik 
tarmoqlar o‘z navbatida 160 dan ortiq kichik tarmoqlarga ajratilgan. Qurilish 
sohasi iqtisodiyotning alohida sohasi sifatida qaraladigan bo‘lsa, tarmoq, 
transport qurilishi, qishloq xo‘jalik qurilishi, turar-joy qurilishi, kommunal 
xo‘jalik qurilishi va h.k. kichik sohalarga ajratilgan. Qurilish ishlarini olib borish 
va loyihalash tizimlarida tarmoqni turlanish asos qilib olingan va ushbu asosda 
sanoat binolari turlarga ajratib tasniflanadi. 
Har qanday tayyor mahsulotlar va yarim fabrikatlar ishlab chiqarish 
uchun mo‘ljallangan korxonalar sanoat korxonalari deb yuritiladi va mahsulotlar 
ishlab chiqarish uchun sanoat korxonalarida olib boriladigan texnologik 
jarayonlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki qisman bo‘lsada aloqador va texnologik 
jarayonlar yuritiladigan binolar sanoat binolari deb ataladi. Har qanday sanoat 
korxonalari qanday turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishidan qatiy nazar o‘z 
tarkibida quyida keltiriladigan bino turlariga ega bo‘lishi shart: 
- asosiy ishlab chiqarish binolari; 
- energetika binolari; 
- transport-omborxona xo‘jalik binolari; 
- yordamchi binolar. 
Sanoat korxonalarining asosiy ishlab chiqarish binolarida sanoat 
korxonasida ishlab chiqariladigan tayyor mahsulotlar yoki yarim fabrikat 
shaklidagi tayyor mahsulotlar ishlab chiqariladi va istemol uchun uzatiladi (M: 
mexanik yig‘ish, to‘quv, temirchilik, shtamplash, termik ishlov berish, temir 
beton mahsulotlar ishlab chiqarish va h.k. sexlar). 
Sanoat korxonalarining energetika binolarida korxonada bo‘lib o‘tadigan 
texnologik jarayonlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘ladigan energetik 



Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling