Models and methods in modern science


MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/12
Sana03.04.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1322588
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
MMMS0232

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
 
International scientific-online conference 
167 
Alloma yoshlarga qattiq sir saqlay olish kerakligi xususida hatto do‘stga ham sir 
aytsa, sir oshkor bo’lishi mumkinligi ishonarli misollar bilan tushuntirishga 
harakat qiladi. 
Ahmad Yugnakiy halollik, haqgo‘ylik, poklik, saxiylik, muruvvat, diyonat, sabr-
toqat, kamtarlik kabi boshqa xislat va fazilatlarni inson ma’naviy-axloqiy 
yetukligi belgilari sifatida ta’riflaydi. Ayniqsa, u saxovatni eng ezgu insoniy 
fazitlardan, deb biladi va saxiylar hamma tomondan ulug‘lanishi, dunyoda inson 
faqat yaxshilik va ezgulik bilan nom qoldirishi kerakligini ta’kidlaydi. 
Mutafakkiming fikricha, xasislik, bag‘ritoshlik, ziqnalik, hasadgo‘ylik, fitna va 
ig‘vo singarilar salbiy qusurdir. Xasis, ochko‘z kishilar, buyumlar qulidirlar, 
buyumlari ular ustidan hukm yuritadi. Xasis mol-dunyosini o‘zi ham yeyolmaydi, 
birov bilan baham ham ko‘rolmaydi, butun mol-dunyosi do‘stga emas, 
dushmanga buyuradi, deydi. 
Shuning uchun ham alloma yoshlarni mol-dunyoga hirs qo‘ymaslikka da’vat 
etarkan, ularni insofli,diyonatli, fe’li kenglikka, sabr-toqatli bo‘lishga, halol 
mehnat orqali yashashga undaydi. 
Mutafakkir gerdayish va takabburlikni qattiq qoralab amaldorlani martabaga 
erishgach, kamtar, samimiy bo‘lishga, mavqeini suiiste’mol qilmaslikka 
chaqiradi. 
Ahmad Yugnakiyning ma’naviy-axloqiy ta’limotida insonparvarlik, do‘stlik va 
birodarlik, do‘stlarga sadoqatlilik, vafodorlik kabi g‘oyalar ham o‘ziga xos o‘rin 
tutadi. Kimning do‘stlari yaxshi bo‘lsa, uning o‘zi yaxshidir. Do‘stiga qarab, 
kimning kimligini bilish mumkin. Bordi-yu sen birov bilan do‘st tutinsang, uni 
avayla-asra, ehtiyot qil, do‘stni dushmanga aylantirmaslik fikrida bo’l. Kishi 
о‘zini shunday tutsinki, dushman orttirmasin, zero, ming nafar do‘st kam, bitta 
dushman kо‘pdir, deb ta’kidlaydi. 
Xullas, Ahmad Yugnakiyning «Hibatul haqoyiq» asarida insonning ma’nan boy 
bo‘lishiga, aqlli va har tomonlama barkamol, ruhan pok bo‘lib yetishishiga va 
komil insonning kamolotini asosi deb ilm o‘rganishga e’tibor berilgan. 
Jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan mashhur olim
adib va shoir Abul Qosim Mahmud ibn Umar az-Zamahshariy (1075 — 1144) 
«Ustoz ul-dunya» («Butun dunyo ustozi») «Ustoz ul-arab va-l-ajam» («Arabian 
va g‘ayri arablar ustozi»), «Faxru Xvarazm» («Xorazm faxri»), Jorulloh 
(«Allohning qo‘shnisi») kabi faxriy nom-u taxalluslarga sazovor bo‘lgan edi. 
Ehtimol, bu o‘z asarlaridan birida «va inniy fi Xvarazm Kaabat ul adab», ya’ni 
«Rostdan ham men Xorazmda adiblar uchun (bir) «Ka’baman» deb yozishga asos 
bo‘lgan bo‘lsa kerak. 



Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling