So’zboshi
Kitobning har bir bo’limida yuzlab odamlarga boy bo’lishga yordam beruvchi sirlar haqida hikoya qilinadi.Kamina ko’p yillar davomida ularning martabaga erishish yo’llarini taxlil etish bilan band bo’ldim.
Ushbu sir to’g’risida ilk bor bundan 50 yil muqaddam Endriyu Karnegidan eshitgan edim. Shotlandiyalik bu muloyim va yoqimli qariya mendek g’or yigitga shunchaki gapirganday bo’lgandi. Keyin esa ko’zlari xushnud charaqlaganicha oromkursiga yastanib oldi-da, meni diqqat bilan kuzata boshladi: uning aytganlarini uqib olish uchun menda aql-zakovat yetisharmikan?
Qariyani jon qulog’im bilan tinglaganim uchunmi, u mendan, siz 20yil yoki undan ziyod muddat mobaynida butun dunyo miqyosida muvaffaqiyatga erishish formulasini tarqatishdan iborat faoliyatga o’zingizni tayyorlay olasizmi,deb so’radi.So’ng qo’shimcha qildi:”Kimki uni egallay olmasa, bir umr omadsiz bo’lib qolaveradi”.Men bunga tayyor ekanligimni aytdim va so’zimning ustidan chiqdim.
Muvaffaqiyatning mo’jizaviy formulasi janob Karnegi g’oyalaridan kelib chiqqan edi. Bu unga xaddan ziyod boylik keltirdin, endi esa mazkur formula boy bo’lish kabi uzoq va mashaqqatli mehnatga vaqti bo’lmagan kishilarni qurollantirish uchun kerak edi.Karnegi o’z xulosalarini tekshira olishimga va turli jins,yosh va xar xil sohadagi kishilarga bayon eta olishimga umid bog’ladi.
Bu fanni barcha maktab va kollejlarda o’qitish kerak, uni talab darajasida o’qitish ta’lim tizimida inqilobiy o’zgarishlarga olib keladi, taxsil vaqtida deyarli yarmiga qisqartiradi,deb ta
kidlagan edi u.
Do'stlaringiz bilan baham: |