Termiz Davlat Unversiteti Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya ta’lim yo’nalishi 2-kurs 421-guruh talabasi Mamatraimova Farangizning Odam va hayvonlar fiziologiyasi fanidan tayyorlangan taqdimoti
Download 191.98 Kb.
|
Презентация
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. O’tkazuvchanlik, ya’ni harakat potensialini tola bo’ylab tarqatish qobiliyati;
- Etiboringiz uchun rahmat
Termiz Davlat Unversiteti Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya ta’lim yo’nalishi 2-kurs 421-guruh talabasi Mamatraimova Farangizning Odam va hayvonlar fiziologiyasi fanidan tayyorlangan taqdimotiMushak qisqarishining energetikasi
Targ’il mushaklarning xossalari. Ko’ndalang-targ’il mushaklarning odam va umurtqali hayvonlarda uchta asosiy xossasi farqlanadi: 1. Qo’zg’aluvchanlik, ya’ni membranani ionlar uchun o’tkazuvchanligini o’zgartirib, ta’sirotga harakat potensiali vujudga keltirishi bilan javob berish qobiliyati;Targ’il mushaklarning xossalari. Ko’ndalang-targ’il mushaklarning odam va umurtqali hayvonlarda uchta asosiy xossasi farqlanadi: 1. Qo’zg’aluvchanlik, ya’ni membranani ionlar uchun o’tkazuvchanligini o’zgartirib, ta’sirotga harakat potensiali vujudga keltirishi bilan javob berish qobiliyati;2. O’tkazuvchanlik, ya’ni harakat potensialini tola bo’ylab tarqatish qobiliyati;3. qisqaruvchanlik, ya’ni qo’zg’alish natijasida kaltalanish yoki o’z tarangligini o’zgartirish qobiliyati.
Silliq mushaklarda ham qo’zg’alishdan so’ng qisqarish sodir bo’lishi, ya’ni elektromexanik bog’lanish kalsiy ionlari ishtirokida yuzaga chiqadi. Ularning hujayralarini sarkoplazmatik retikulumida joylashgan kalsiy nasoslari juda kuchsizligi sababli, qisqarish vaqtida erkin xolga o’tgan kalsiy ionlarini mioplazmadan yo’qotish ancha vaqt davom etadi va natijada mushak sekinlik bilan bo’shashadi. Qisqarish aktin iplarining miozin iplariga nisbatan sirpanishiga bog’liq. Ammo, bu sirpanishning va ATF parchalanishining tezligi ko’ndalang-targ’il mushaklardagiga qaraganda 100-1000 marta kam. Shu tufayli, silliq mushaklar charchamasdan uzoq va turg’un qisqarishga moslashgan. Shu bilan birga, bir xil ko’ndalang kesimga ega silliq va targ’il mushaklar hosil qiladigan tortish tarangligi teng darajada bo’ladi (30-40 N/sm2) va ular bir xil og’irlikdagi yukni ko’tara oladilar.
Silliq mushak shu sharoitda targ’il mushakka nisbatan 100-500 marta energiyani kam sarflaydi.Silliq mushaklar serotonin, astetilxolin, adrenalin, noradrenalin, gistamin, bradikinin va prostaglandinlarga juda ham sezgir bo’ladi. Astetilxolin deyarli barcha a’zolardagi silliq mushaklarni qo’zg’atib qisqartiradi, ammo qon tomirlarini silliq mushaklarining qo’zg’alishini tormozlaydi. Gumoral ta’sirotlarning natijasi silliq mushakning turlari va ularni fiziologik holatiga bog’liq. Silliq mushaklar simpatik va parasimpatik asab tolalari, hamda metasimpatik asab bog’lamlari bilan innervastiyalanadi. Lekin, silliq mushaklarning ha mmasi ham innervastiyalangan bo’lmaydi. Ularning ko’pchiligi asab tizimi tomonidan to’g’ridan-to’g’ri boshqarilmasdan, balki boshqa silliq mushaklar hujayralari tomonidan bilvosita boshqariladi.Silliq mushaklar simpatik va parasimpatik asab tolalari, hamda metasimpatik asab bog’lamlari bilan innervastiyalanadi. Lekin, silliq mushaklarning ha mmasi ham innervastiyalangan bo’lmaydi. Ularning ko’pchiligi asab tizimi tomonidan to’g’ridan-to’g’ri boshqarilmasdan, balki boshqa silliq mushaklar hujayralari tomonidan bilvosita boshqariladi.
Asab tolasi va mushak tolasi membranalarida tinchlik potensialining hosil bo’lishi va harakat potensialining rivojlanishida deyarli farq bo’lmaydi. Shu bilan birga, mushak tolalarning qo’zg’aluvchanligi anchagina pastdir. Buning sababi, mushak tolasi membranasining tinchlik potensiali miqdori asab tolasidagidan ko’proq bo’lishidadir. Asab tolasi membranasida tinchlik potensiali miqdori – 70 mV bo’lsa, mushak tolasi membranasida 90 mV ga teng bo’ladi. Ammo ikkala membranani depolyarizastiyalanishining kritik darajasi bir xilda, ya’ni 50 mV ga tengdir. Demak, asab tolasini qo’zg’atish uchun uning membranasini 40 mV ga depolyarizastiyalash zarur. Shuning uchun, mushak tolasini qo’zg’atadigan elektr tokining bo’sag’a kuchi asab tolasini qo’zg’atadigan bo’sag’a kuchidan ancha ko’p. E'tiboringiz uchun rahmat
Download 191.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling