Yaxshilik qil
Download 15.62 Kb.
|
Yaxshilik qil.Javlonbek Nurakov
Yaxshilik qil Inson nima uchun dunyoga keladi,inson nima uchun yashaydi? Boylik orttirish uchunmi? Yoki kayf-safo qilib yashash uchunmi? Yo'q!!! Dunyo–universitet.Vaqt–ustoz.Allohning har bir bergan kuni–bitta dars.Hayot–imtihon.Inson esa talaba.Inson imtihondan o'tish uchun dunyoga keladi.Imtihondan o'tish uchun yashaydi.Har bir darsda o'zi uchun ball yig'adi.Ushbu yig'iladigan balllar unga qilayotgan yaxshiliklari uchun beriladi.Ketayotganida ushbu yaxshiliklari uni jannatga olib boradi. Xalqimizda: "Yaxshidan bog' qoladi",-degan naql bor.Rostan ham yaxshi odamning qilgan har bir yaxshiligi uning insonlar qalbiga bittadan nihol ekkani kabidir.Qalbiga yaxshilik ko'chati ekilgan odamdan xech qachon yomonlik chiqmaydi.Shunday ekan biz kimgadir,qanaqa bo'lsa ham hech bo'lmasa bitta yaxshilik qilsak,u ham yaxshilar safiga qo'shiladi.U ham kimgadir yaxshilik qiladi va hayot o'rmonida "mevali daraxtlar" ko'payadi.Bu esa yaxshining o'z ortida qoldirgan bog'i bo'ladi. "Yaxshi inson hayotni tark etayotganida osmondan nur yog'iladi",-deb aytadilar onam.Ha,bu rost.Ba'zi insonlar dunyodan ko'z yumganida,e'tibor bergan bo'lsangiz,yomg'ir yog'adi.Bu yomg'ir tomchilari nur hisoblanadi,menimcha. Nima deb o'ylaysiz,yaxshilik qilish qiyinmi yo yomonlik qilish? Menimcha yaxshilik qilish bo'lsa kerak.Chunki bitta gap bilan insonning dilini og'ritib qo'yish oson.Insonning dilini og'ritish ham yomonlik hisoblanadi.Agar siz kimningdir dilini og'ritib qo'ygan bo'lsangiz,siz uning dilidagi yaraga malham bo'la olmaysiz.Lekin kimgadir bitta shirin so'z aytish ham yaxshilikdir.Ammo ba'zida shu shirin so'zimizni ham boshqalardan qizg'onamiz.Bu esa yaxshilik qilishni qiyin deyishimizga asos bo'ladi. Yaxshilik qilishni daraxt ekishga qiyoslasak bo'ladi.Har bir ekilayotgan daraxt–ko'chat vaqti kelib kurtaklaydi,gullaydi,bark yozadi,meva beradi.Qilinayotgan yaxshilik ham xuddi shunday.Siz kimgadir yaxshilik qilsangiz,siz yaxshilik qilgan inson ham kimgadir yaxshilik qiladi.Bu siz qilgan yaxshilikning mevasi emasmi? Yomonlik qilish esa taxtaga mix qoqqandek gap.Taxtaga qoqilgan har bir mixdan iz qoladi.Bu iz hech qachon yo'qolmaydi.Go'yoki qilingan yomonlik qalblarda mangu qolib ketgani kabi.Bu besh kunlik dunyo.Ushbu besh kunlik dunyoda yaxshilik qilish, kishilarga yordam berish, kimlarningdir ko'nglini olish juda ham muhim. Zero inson bu hayotni tashlab ketayotganida undan qilgan yaxshiliklari qoladi.Ushbu insonning yaxshiliklarini eslashadi."Yaxshi odam edi"deb qo'yishadi.Ushbu bittagina jumla ham o'sha odamning hayoti bekorga ketmaganligini,o'sha odam bekorga yashab o'tmaganligini bildiradi. Yaqinda "hikoyalar.su" saytida bir hikoyacha o'qib qoldim.Mana ushbu hikoya: –Qizil tɑnli keksɑ rɑis kulbɑsi οldidɑ nɑbirɑsi bilɑn sɑl nɑridɑ bir-biri bilɑn tɑlɑshɑyοtgɑn ikkitɑ itni kuzɑtib turishɑrdi. Bοbοsining hɑmishɑ kο’z ο’ngidɑ turɑdigɑn, ο’zidɑn ɑyirmɑydigɑn ikki οzg’in iti edi bulɑr. Itlɑrdɑn biri οq vɑ ikkinchisi qοrɑ rɑngdɑ bο’lib, qizchɑ esini tɑnibdiki, bu ikkοvi nuqul kulbɑ οldidɑ hοzirgidek οlishɑr edi. Qiziquvchɑn nɑbirɑ, qοrοvullikkɑ bittɑsi etɑrli bο’lsɑ hɑm negɑ bοbοsi ikkitɑ it sɑqlɑshini vɑ ulɑrning rɑngi hɑm negɑ ɑynɑn οq vɑ qοrɑ ekɑnini judɑ bilgisi keldi. Qizchɑ shiringinɑ οvοzi bilɑn sɑbɑbini sο’rɑdi. Keksɑ rɑis kulimsirɑb, nɑbirɑsining yelkɑsigɑ οhistɑ qοqib qο’ydidɑ: — Ulɑr men uchun bir rɑmziy belgidir, bοlɑm, dedi. — Nimɑning rɑmzi?-dedi qizchɑ yɑnɑ qiziqib. — Yɑxshilik vɑ yοmοnlikning rɑmzi. Guvοhi bο’lgɑningdek, yɑxshilik vɑ yοmοnlik hɑm xuddi mɑnɑ shu itlɑr kɑbi bizning ichimizdɑ musοbɑqɑ qilishɑdi. Qɑchοn ulɑrning οlishɑyοtgɑnini kuzɑtsɑm, dοim shu nɑrsɑ xɑyοlimgɑ kelɑdi. Shu sɑbɑbdɑn men ulɑrni yοnimdɑn ɑyirmɑymɑn.Agɑr musοbɑqɑ bο’lsɑ, ɑlbɑttɑ, g’οlibi hɑm bο’lishi kerɑk deb ο’ylɑgɑn nɑbirɑ yɑnɑ bοbοsini sɑvοlgɑ tutdi: — Sizningchɑ, ulɑrdɑn qɑysi biri gοlib bο’lɑdi, bοbο? Dοnishmɑnd rɑis nɑbirɑsigɑ kulimsirɑb qɑrɑdi vɑ shundɑy dedi: — Men qɑysi birini yɑxshi bοqsɑm!.." Bu hikoya menga juda ham yoqdi.Buning sababi ushbu mittigina hikoyachada yaxshilik va yomonlik o'rtasidagi ayovsiz jang tasvirlangan, ularning qaysi birining yutishi esa o'zimizga bog'liqligi takidlangan.Ya'ni biz qaysi yo'lni tanlasak,qaysi tomonga qarab og'sak,shu taraf g'olib bo'ladi. "Hayot yaxshi va yomonga bo'linmagan.Har bir insonda yaxshi jihat ham, yomon jihat ham bor.Eng muhimi esa biz qaysi jihatni tanlashimiz",-deydi Joan Rowling "Garri Potter va Feniks jamiyati" asari qahramoni Sirius Blek nomidan.Bu juda to'g'ri.Rostdan ham insonlarning har birida yaxshilikka ham yomonlikka ham moyillik bor.Har birimiz qaysi tomonni tanlashimizni aniq qilishimiz kerak.Yomonlik tomonga o'tgan inson insonlarga zarar keltiradi va u inson vafot etganidan keyin,uni ortidan yomon nom bilan esga oladilar yoki umuman esga olamaydilar.Yaxshilik tomondagi insonlarni esa,ular o'tib ketishganidan so'ng,yaxshi nom bilan eslashadi,"Ularning joylari jannatdan bo'lsin",-deb duo qilishadi.Qilinayotgan har bir duo esa ushbu insonning qabrini nurlarga to'ldiradi. "Yaxshilik zulmatga ziyodir. Yomonlik–jaholat, riyodir. Bir inson,bir qalbga qilingan Ezgulik dengizdir, daryodir". Haqiqattan ham, yaxshilik qop-qora zulmatda yorug'lik taratadi, qalblarga ziyo ulashadi. Yomonlik esa jaholat, munofiqlik, ikkiyuzlamachilik, firibgarlik kabi jirkanch illatlardir. Download 15.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling