O’zbekiston milliy universiteti fakulteti
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
3-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- TOSHKENT-2022 Reja
- Foydalanilgan adabiyotlar
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI ________________________________ FAKULTETI ________________________________ YO’NALISHI ________________________________ FANIDAN AMALIY ISH Mavzu: Magmatik tog’ jinslari tasnifi Bajardi: _______________________ Qabul qildi: _____________________ TOSHKENT-2022 Reja: 1. Magmatik tog jinslari haqida tushuncha 2. Strukturalarning bo‘linish tartiblari 3. Magmatik jinslarning teksturalari 4. Tog‘ jinslardagi minerallarning shakli Foydalanilgan adabiyotlar Magmatik tog jinslari haqida tushuncha Magmatik togʻ jinslarining strukturasi magmaning tarkibi va uning sovish sharoitlariga bogʻliq. Otqindi, tomir va effuziv jinslarda ular turlicha boʻladi. Otqindi jinslar uchun toʻliq kristalli strukturalar xos boʻlib, unda jinslarning barcha moddalari qayta kristallanadi. Magma tarkibida uchuvchi komponentlarning boʻlishi kristallanish temperaturasini pasaytiradi va magmaning qayishqokligini kamaytiradi, bular esa kristallizatsiya jarayonini toʻliq boʻlishiga sabab boʻladi. Shuning uchun, nordon magmaning chuqur sharoitda, uchuvchi komponentlarni saqlagan holda sekin sovishi toʻliq kristallangan donador jinslar (masalan, granit) hosil boʻlishiga olib keladi. Idiomorfizmning turli darajadagi jins hosil qiluvchi minerallar yigʻindisi boʻlgan strukturalar — gipidiomorf donadorli (granit, sienit va dioritlar) deyiladi. Eritmadan bir vaqtning oʻzida dala shpati va kvarsning ajralishi pegmatitsimon yoki grafitsimon strukturalarning paydo boʻlishiga sabab boʻladi. Kristallarning nisbiy oʻlchamiga qarab, tekis donador va notekis donador boʻladi. Notekis donadorlari porfirli va porfir koʻrinishli boʻladi. Porfir koʻrinishli strukturalarda togʻ jinsining massasi mayda va oʻrta donali boʻlib, alohida minerallarning yirik porfirli boʻlakchalaridan tashkil topadi. Otqindi jinslardagi teksturalar orasida eng avvalo massivli yoki bir jinsli teksturalar boʻlib, ularda barcha minerallar jins boʻylab bir tekisda tarqalgan va hamma maydonlarda taxminan bir xil tarkib va strukturaga ega boʻladi. Har xil jinsli taksitli teksturalar ham keng tarqalgan. Yoʻl-yoʻl va flyuidal teksturalar minerallarning oriyentirli joylashuvi bilan kristallanayotgan magmaning harakatlari vaqtida vujudga keladi. Tomirli va effuziv togʻ jinslariga porfirli struktura xos boʻlib, u magmaning sovishi va uchuvchi komponentlarning yoʻqolishiga bogʻliq boʻlgan tez kristallanishini ifodalaydi. Baʼzan bu struktura otqindi jinslarning chekka qismlarida kuzatiladi, ular tog jinslarining asosini tashkil qiluvchi zich (afanitli) massasida minerallarning yirik xol-xol ajratmalari borligi bilan bogʻliq. Xol-xolligi boʻlmagan effuziv jinslarning strukturalari afanitli deb ataladi. Asosiy massaning strukturalari orasida shisha va kris. tallar (mikrolitlar) nisbatiga qarab shishali yoki vitrofirli, yarim kristalli va mikrolitli strukturalar fark, qilinadi. Effuziv jinslarning kristallanish darajasi magmaning tarkibi va uning kristallanish geologik sharoitiga bogʻliq. Yer yuzasida lavaning sovishi va uchuvchi komponentlarning yoʻqolishi birgalikda tez sodir boʻladi. Nordon va oʻrtacha lavalar (liparitli, andezitli) yarim kristallangan va asosiy massalarida ingichka (mm ning oʻndan va yuzdan bir kismi) mikrolitlar boʻlgan shishasimon jinslar (obsidian, pemza) hosil qiladi. Asosiy va suyuqroq lavalar yer yuzasida yarim kristallangan jinslar koʻrinishida soviydi. Effuziv jinslarning teksturalari orasida: massivli, flyuidal, yoʻl-yoʻl flyuidallilar boʻlib, ular turli rangdagi vulkanik shisha, xol-xollilik va mikrolitlar parallel chiziqchali joylashuvi bilan bogʻliq boʻladi. Lavadagi gazli pufakchalarning miqdoriga qarab gʻovakli, pufakchali va pemzali teksturalar farq qiladi. Boʻshliqlar ikkilamchi minerallar (kvars, opal, seolit, karbonatlar va boshqalar) bilan toʻldirilganda bodomtoshli teksturalar hosil boʻladi. Metamorfik togʻ jinslarining struktura va teksturasi birlamchi choʻkindi va magmatik togʻ jinslarining qattiq holatda katta chuqurlikda litostatik bosim taʼsiri ostida, temperaturalar va eritmalar (flyuidlar) taʼsirida koʻpincha deformatsiya vaziyatida qayta kristallanishi mobaynida mineral donalarining maʼlum yoʻnalishda yotishi, gneysli va slanetsli teksturalarga qonuniyatli tarzda olib keladi. Metamorfik togʻ jinslari strukturalari qattiq yoki egiluvchan muhitda minerallarning oʻsishi natijasida paydo boʻlsa, kristall oblastli deyiladi. Tekis donali va notekis donali strukturalar boʻlib, ular mayda donali jinslar massasi orasida minerallarning yirik kristallari koʻpligi bilan tavsiflanadi. Mineral donalarining shakliga qarab metamorfik jinslar orasida granoblastli yoki donali (kvarsitlar, marmarlar), lepidogranooblastli yoki bargsimon shaklga ega boʻlgan mineral donalaridan tarkib topgan (slyudali slanetslar, fillitlar) bargli, lepidogranoblastli yoki dona barglilar farq qilinadi. Agar metamorfik togʻ jinslari boshlangʻich strukturasining relikti saklangan boʻlsa, strukturaning nomi birlamchi struktura nomiga blast soʻzi qoʻshilib (blastporfirli, blastpeammitli va b.) aytiladi. Metamorfik togʻ jinslari dastlabki jinslar teksturasining relikti ham saklanib qolishi mumkin. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling