Models and methods in modern science
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
MMMS0232
MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference 167 Alloma yoshlarga qattiq sir saqlay olish kerakligi xususida hatto do‘stga ham sir aytsa, sir oshkor bo’lishi mumkinligi ishonarli misollar bilan tushuntirishga harakat qiladi. Ahmad Yugnakiy halollik, haqgo‘ylik, poklik, saxiylik, muruvvat, diyonat, sabr- toqat, kamtarlik kabi boshqa xislat va fazilatlarni inson ma’naviy-axloqiy yetukligi belgilari sifatida ta’riflaydi. Ayniqsa, u saxovatni eng ezgu insoniy fazitlardan, deb biladi va saxiylar hamma tomondan ulug‘lanishi, dunyoda inson faqat yaxshilik va ezgulik bilan nom qoldirishi kerakligini ta’kidlaydi. Mutafakkiming fikricha, xasislik, bag‘ritoshlik, ziqnalik, hasadgo‘ylik, fitna va ig‘vo singarilar salbiy qusurdir. Xasis, ochko‘z kishilar, buyumlar qulidirlar, buyumlari ular ustidan hukm yuritadi. Xasis mol-dunyosini o‘zi ham yeyolmaydi, birov bilan baham ham ko‘rolmaydi, butun mol-dunyosi do‘stga emas, dushmanga buyuradi, deydi. Shuning uchun ham alloma yoshlarni mol-dunyoga hirs qo‘ymaslikka da’vat etarkan, ularni insofli,diyonatli, fe’li kenglikka, sabr-toqatli bo‘lishga, halol mehnat orqali yashashga undaydi. Mutafakkir gerdayish va takabburlikni qattiq qoralab amaldorlani martabaga erishgach, kamtar, samimiy bo‘lishga, mavqeini suiiste’mol qilmaslikka chaqiradi. Ahmad Yugnakiyning ma’naviy-axloqiy ta’limotida insonparvarlik, do‘stlik va birodarlik, do‘stlarga sadoqatlilik, vafodorlik kabi g‘oyalar ham o‘ziga xos o‘rin tutadi. Kimning do‘stlari yaxshi bo‘lsa, uning o‘zi yaxshidir. Do‘stiga qarab, kimning kimligini bilish mumkin. Bordi-yu sen birov bilan do‘st tutinsang, uni avayla-asra, ehtiyot qil, do‘stni dushmanga aylantirmaslik fikrida bo’l. Kishi о‘zini shunday tutsinki, dushman orttirmasin, zero, ming nafar do‘st kam, bitta dushman kо‘pdir, deb ta’kidlaydi. Xullas, Ahmad Yugnakiyning «Hibatul haqoyiq» asarida insonning ma’nan boy bo‘lishiga, aqlli va har tomonlama barkamol, ruhan pok bo‘lib yetishishiga va komil insonning kamolotini asosi deb ilm o‘rganishga e’tibor berilgan. Jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan mashhur olim, adib va shoir Abul Qosim Mahmud ibn Umar az-Zamahshariy (1075 — 1144) «Ustoz ul-dunya» («Butun dunyo ustozi») «Ustoz ul-arab va-l-ajam» («Arabian va g‘ayri arablar ustozi»), «Faxru Xvarazm» («Xorazm faxri»), Jorulloh («Allohning qo‘shnisi») kabi faxriy nom-u taxalluslarga sazovor bo‘lgan edi. Ehtimol, bu o‘z asarlaridan birida «va inniy fi Xvarazm Kaabat ul adab», ya’ni «Rostdan ham men Xorazmda adiblar uchun (bir) «Ka’baman» deb yozishga asos bo‘lgan bo‘lsa kerak. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling