Modernization of Higher Education in
Central Asia through New Technologies
(HiEdTec)
16
17-(a) rasm. IoT standartlari
17-(b) rasm. IoT ekotizimi
4. Bulutli texnologiya.
Bulutli texnologiya – Internet orqali turli xizmatlarni
etkazib berishni
izohlaydi. Bu shuningdek adabiyotlarda muqobil ravishda bulutli hisoblash nomi
bilan ham keladi. Ushbu atama odatda Internet orqali ko’plab
foydalanuvchilar
uchun ochiq bo’lgan ma’lumot markazlarini tavsiflash uchun ishlatiladi. Bugungi
kunda ustunlik qilayotgan katta bulutlar (quyidagi rasmga qarang) ko’pincha
taqsimlanadigan markaziy serverlardan bir nechtasidan tashkil topadi. Agar
foydalanuvchi bilan aloqa nisbatan yaqin bo'lsa, u chekka server sifatida belgilanishi
mumkin. Bulutli hisoblash – bu kompyuter tizimining resurslaridan,
xususan
ma’lumotlarni saqlash (bulutli saqlash) va hisoblash
samaradorligidan
foydalanuvchi tomonidan to’g’ridan-to’g’ri faol boshqarilmasdan turib foydalanish
imkoniyatidir.