Modernization of Higher Education in Central Asia through New Technologies (HiEdTec) 1 reja
Modernization of Higher Education in
Download 1.3 Mb. Pdf ko'rish
|
IoT, bulutli texnologiya, tumanli texnologiya.
Modernization of Higher Education in
Central Asia through New Technologies (HiEdTec) 7 So’nggi yillarda ko’plab ilmiy texnik adabiyotlar buyumlar Interneti (IoT) deb nomlanuvchi terminni ko’p uchratish mumkin. Aslida “I” – Internet, “o” – of va “T” – things (narsalar, buyumlar, ashyolar) so’zlarining qisqartmasi bo’lib, internetga ulanadigan barcha narsa-buyumlarni tavsiflab keladi. IoT so’zini texnik jihatdan izohlamoqchi bo’lsak, o’zaro bog’langan tizimlar va o’zaro internet orqali bog’langan ob’ektlar tushuniladi va ularning o’zaro bog’lanishi natjasida hosil bo’lgan ekotizimda insonlarning aralashuvisiz simsiz tarmoq bo’ylab ma’lumotlar yig’iladi, monitoring qilinadi va uzatiladi. IoT ko’plab iqsodiy soxalarda joriy etib borilmoqda, masalan, tibbiyotda (aqll tibbiyot yoki teletibbiyot), qishloq xo’jaligida (aqlli qishloq xo’jalik), transport tizimida (aqlli transport tizimi), uyda (aqlli uy), shaharsozlikda (aqlli shahar), ta’limda (aqllli ta’lim) va ko’plab boshaqa sohalarda. Faraz qilaylik, tibbiyot sohasida IoT texnologiyasini joriy etish bilan qanday natijalarga erishildi. Inson yoki bemorning tanasiga joylashtirilgan sensor (harakat, istma, kislorod, yurak urishi tezligi, nafas olish yoki boshqalari)lar insondagi o’zgarishlarni masofadan turib kuzatish va zarurat bo’lganida masofadan turib davolash imkoniyatlari ishlab chiqilmoqda. Yuqorida inson aralashuvisiz ma’lumotlar olish degan so’zning asl mohiyati shuku, inson dam olayotgan vaqtda ham yurak urishi yoki tana harorati yoki kislorod miqdorini sensorlar orqali internetga ulangan mikrokontroller yordami raqamli ko’rinishda olish mumkin, bunda insonda etalon parametrlarni o’zgarishi natijasida ular sensorlar tomonidan qayt etiladi va markaziy tugun orqali qabul qiluvchi nuqataga uzatiladi. Yoki, qishloq xo’jaligini oladigan bo’lsa, suv etib bormagan hududlar yoki suvga yo’yinmagan maydonlar sensorlar tomonidan olingan ma’lumotlarga asosan aniqlanadi, dastur yordamida tahlil qilinadi va avtomatik rejimda o’sha maydonlarga suv etkaziladi. Misollardan ma’lum bo’ldiki, IoT deganda internetga ulangan har qanday narsa-buyumlarni, tarmoq qurilmalarini, dasturlar, sensorlar, kompyuterlar va boshqa narsalarni tushunish mumkin. Internetga ulangan va o’zaro ma’lumot almashuvchi buyumlar yagona identifikatorlar (ID) bilan ta’minlangan bo’ladi. IoT qurilmalari turli platformalarda ishlovchi texnologiyalar, real vaqtda tahlil qilish, monitoring qilish, mashinali o’qitish, intellektual tizimlar, sensorlar qaror |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling