Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering Green Building (greb)


IV - darajali o‘tga chidamli inshootlarga


Download 3.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/201
Sana04.11.2023
Hajmi3.62 Mb.
#1746585
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   201
Bog'liq
5c78e023dfdea

IV - darajali o‘tga chidamli inshootlarga yuk 
ko‘taruvchi devorlari va tomyopgich qurilmalari 
yaxlit yoki yelimlangan yog‘ochlardan va yonadigan 
yoki yonmaydigan ashyolardan qurilib, suvoq yoki 
azbest plitalari bilan himoyalangan inshootlar kiradi. 
V - darajali o‘tga chidamli inshootlarga 
devorlari va boshqa qurilmalariga o‘tga chidamlilik 


bo'yicha talablar qo‘yilmaydigan barcha inshootlar 
kiradi.
Qurilmalami yong’in sharoitida issiqlik ta’siridan 
yuk ko‘tarish yoki to'sib turish qobiliyatining 
yo'qolishiga sabab bo’luvchi dastlabki buzilishgacha 
bo‘lgan vaqt oralig‘i, ularning o‘tga chidamliIik 
chegarasi deb ataladi va vaqt birligi soatda o'lchanib, 
qurilmalaming sinov boshlangan daqiqadan to 
quyidagi buzilish belgilarining birortasi paydo 
bo'lganiga qadar o‘tgan vaqt oralig‘i bilan ifodalanadi: 

qurilmada alanga yoki tutun o‘ta oladigan 
teshikning paydo bo'lishi; 

qurilmaning yonmay turgan sirtida harorat 
160°C ga ko‘tarilsa yoki uning boshqa ixtiyoriy 
nuqtasidagi harorat 220°C dan oshib ketsa; 

qurilmaning biror qismi qulab tushishi 
natijasida yuk ko‘tarish qobiliyati kamayib qolganda 
va h.k. 
Qurilmalaming o‘tga chidamlilik chegarasi 
tajriba usuli bilan yoki analitik hisoblash yo‘li bilan 


aniqlanadi. Bu usullarning asosiy shart va qoidalari 
Xalqaro 
mezonlashtirish 
tashkilotining 
tavsiyanomalarida (ISO) va mezon SEV 1000-78 
yong‘inga 
qarshi 
qurilishni 
loyihalashtirish 
me’yorlarida aks ettirilgan. 
 
Yong‘in yuz berganda odamlar evakuatsiyasi 
Bino va inshootlarda odamlarning harakatlanishi 
zaruriy funksional jarayon hisoblanadi. Bu jarayonni 
amalga oshirishda odamlarning harakati me’yoriy 
yoki majburiy holda bo'lishi mumkin. Birinchisida 
odamlarning bino va inshootlarda kundalik ehtiyoj 
yuzasidan normal harakatlanishi bilan ifodalansa, 
ikkinchisida bino yoki xonalardan yong‘in yoki zilzila 
sharoitida odamlarni xavfli muhitdan xavfsiz joyga 
majburiy ko'chish uchun mo‘ljallangan harakati 
tushuniladi. Majburiy evakuatsiya jarayoni ikkita yoki 
to‘rtta pog‘onada o‘tkaziladi. 

Download 3.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling