Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering Green Building (greb)


Download 3.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/201
Sana04.11.2023
Hajmi3.62 Mb.
#1746585
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   201
Bog'liq
5c78e023dfdea

yong‘in xavfsizligi — odamlarning, yuridik va 
jismoniy shaxslar mol-mulkining, shuningdek atrof 
tabiiy muhitning yong‘inlardan himoyalanganligi 
holati; 
yong‘in 
xavfsizligi 
talablari — 
yong‘in 
xavfsizligini ta’minlash maqsadida qonun hujjatlarida 
belgilangan ijtimoiy va (yoki) texnik xususiyatga ega 
maxsus shartlar; 
yong‘in xavfsizligi talablarining buzilishi — 
yong‘in xavfsizligi talablarini bajarmaslik yoki lozim 
darajada bajarmaslik; 
yong‘in-texnik 
mahsuloti 
— 
yong‘in 
xavfsizligini ta’minlashga mo‘ljallangan maxsus 
texnik, ilmiy-texnik va intellektual mahsulotlar, shu 
jumladan yong‘inni o‘chirish texnikasi va asbob-


uskunalari, yong‘inni o‘chirish aslaha-anjomlari, 
olovni o‘chirish va olovdan himoya qilish moddalari 
hamda materiallari, maxsus aloqa va boshqarish 
vositalari, elektron hujjatlar, elektron hisoblash 
mashinalari 
uchun 
dasturiy 
mahsulotlar 
va 
ma’lumotlar bazalari, shuningdek yong‘inlarning 
oldini olish hamda ularni o‘chirishning boshqa 
vositalari; 
yong‘inga qarshi rejim — yong‘in xavfsizligi 
talablari buzilishining oldi olinishini va yong‘inlar 
o‘chirilishini ta’minlash yuzasidan odamlarning xatti-
harakat qoidalari, ishlab chiqarishni tashkil etish va 
(yoki) binolarni (hududlarni) saqlash tartibi; 
yong‘inga qarshi alohida rejim — yong‘in 
xavfi yuqori bo‘lgan davrda muayyan hududlarda 
qonun hujjatlariga muvofiq yong‘in xavfsizligining 
qo‘shimcha talablarini belgilash. 
4-modda. Yong‘in xavfsizligini ta’minlash 
tizimi 


Yong‘in 
xavfsizligini 
ta’minlash 
tizimi 
yong‘inlarning oldini olish hamda ularni o‘chirishga 
qaratilgan huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy va 
ilmiy-texnik chora-tadbirlar, shuningdek kuchlar va 
vositalar majmuidan iboratdir. 
Yong‘in 
xavfsizligini 
ta’minlash 
tizimi 
sub’ektlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari
mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning 
o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek 
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar (bundan buyon 
matnda tashkilotlar deb yuritiladi) va fuqarolardir. 

Download 3.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling