Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering Green Building (greb)


-modda. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi


Download 3.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/201
Sana04.11.2023
Hajmi3.62 Mb.
#1746585
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   201
Bog'liq
5c78e023dfdea

7-modda. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi 
organlarining yong‘in xavfsizligi sohasidagi 
vakolatlari 
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari (bundan 
buyon matnda vakolatli organlar deb yuritiladi) o‘z 
vakolatlari doirasida: 
yong‘in 
xavfsizligi 
to‘g‘risidagi 
qonun 
hujjatlarining ijrosini ta’minlaydi; 


yong‘in xavfsizligi sohasidagi davlat dasturlarini 
ishlab chiqishda ishtirok etadi va ularning amalga 
oshirilishini tashkil etadi; 
yong‘in xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy 
hujjatlarning loyihalari ishlab chiqilishida ishtirok 
etadi; 
yong‘in 
xavfsizligi 
sohasidagi 
texnik 
reglamentlar, standartlar, normalar, qoidalar va 
boshqa normativ hujjatlar ishlab chiqilishida ishtirok 
etadi; 
yong‘in nazoratini tashkil etadi; 
yong‘in xavfsizligi sohasidagi ilmiy tadqiqotlar 
va ishlanmalarni muvofiqlashtiradi; 
davlat 
ehtiyojlari 
uchun 
yong‘in-texnik 
mahsulotining nomenklaturasini ishlab chiqadi va 
hajmlarini belgilaydi; 
yong‘inlarni va ularning oqibatlarini hisobga 
olish tizimini yaratadi; 
aholi punktlarida, o‘ta muhim davlat ahamiyatiga 
molik yoki yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan 


ob’ektlarda, ijtimoiy-madaniy, sanoat ob’ektlarida 
hamda 
boshqa 
ob’ektlarda, 
hududlar 
va 
kommunikatsiyalarda yong‘inlar o‘chirilishini tashkil 
etadi. 
Vakolatli organlar qonun hujjatlariga muvofiq 
boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 
8-modda. 
Mahalliy 
davlat 
hokimiyati 
organlarining yong‘in xavfsizligi sohasidagi 
vakolatlari 
Mahalliy davlat hokimiyati organlari: 
yong‘in xavfsizligi sohasidagi davlat dasturlari 
amalga oshirilishida ishtirok etadi; 
yong‘in 
xavfsizligi 
chora-tadbirlarining 
bajarilishini tashkil etadi; 
mahalliy byudjetlarning yong‘in xavfsizligiga, 
shu jumladan yong‘indan saqlash xizmatining 
ta’minoti xarajatlariga doir qismining ishlab 
chiqilishi, tasdiqlanishi va ijro etilishini ta’minlaydi; 
yong‘in o‘chiruvchilar depolari qurilishini 
amalga oshiradi, yong‘indan saqlash xizmatining 


mahalliy 
byudjetlar 
mablag‘lari 
hisobidan 
moliyalashtiriladigan 
bo‘linmalarini 
belgilangan 
tartibda saqlaydi va moddiy-texnika bazasi bilan 
ta’minlaydi; 
yong‘in xavfsizligini ta’minlashning ijtimoiy va 
iqtisodiy jihatdan rag‘batlantirilishini amalga oshiradi; 
tegishli hududda yong‘inga qarshi alohida rejim 
o‘rnatadi. 
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonun 
hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga 
oshirishi mumkin. 

Download 3.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling