Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering Green Building (greb)


Download 3.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/201
Sana04.11.2023
Hajmi3.62 Mb.
#1746585
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   201
Bog'liq
5c78e023dfdea

Yong'nga qarshi to‘siqlar
Yong‘inga qarshi to‘siqlar yong‘in sodir bo'lgan 
joylarda olovni binoning boshqa qismlariga tarqab 
ketmasligini ta’minlash uchun xizmat qiladi. Ular 
umumiy va mahalliy to'siqlardan iborat bo'ladi. 
Umumiy to'siqlar olovni binoning hajmi bo'yicha 
tarqalishidan muhofaza qiladi. Bunday to'siqlarga 
yong'inga qarshi devorlar va yuk ko'tarish qobiliyatiga 
ega bo'lgan eshik va derazasiz devorlar, tomyopgich 
plitalar, himoya hududlari, seksiyalar va oraliqlar 
misol bo'ladi. To'siqlar joylashgan hududlar odatda 
tutundan himoyalagich, havo so'rgich moslamalar 
bilan jihozlangan bo'lishi lozim. Ba’zi hoilarda 
qizigan havo yo'lini to'sish maqsadida suv pardasini 
oqizish yo'li bilan ham bino qismlaridagi haroratning 


ko'tarilmasligini ta’minlash mumkin. Mahalliy 
to'siqlarga esa, bino ichidagi o'tda yonmaydigan devor 
va pardevorlar hamda binoning tomida joylashgan 
yong'inga qarshi parapet to'siqlar, shuningdek, 
shamollatish 
qurilmalarida 
va 
havo 
uzatgich 
moslamalarida o'rnatiladigan shiber va to'sqichlar 
kiradi. Mahalliy to'siqlarning vazifasi yong'inning sirt 
bo'ylab chiziqli tarqalishiga yo'l qo'ymaslikdan iborat. 
Yong'inga qarshi to'siqlar o'zlarining o'tga chidamlilik 
xususiyatlariga binoan uch turga bo linadi va ular 5.3-
jadvalda aks ettirilgan: 
Yong'inga 
qarshi 
devorlar 
odatda 
o'tda 
yonmaydigan, 
tosh 
va 
beton 
ashyolaridan 
tayyorlanishi va alohida poydevorga ega bo'lishi 
lozim. Bunday devorlar binoni qismlarga, ya’ni 
yong'inga qarshi bo'linmalarga bo'lish uchun xizmat 
qiladi. Yong'inga qarshi devorlaming o'tga chidamlilik 
darajasi 2,5 soatdan, bo'linmaning ichida bo'lsa, 0,75 
soatdan kam bo'lmasligi zarur.


5.3-jadval
Yong‘inga qarshi to‘siqlarning o‘tga chidamiilik 
xususiyatlari 
To‘siqlaming nomi 
To'siq turlari 



Yong'inga qarshi devorlar 
2,5 
0,75 

Tom yopg‘ich plitalar 
2,5 
1,0 
0,75 
Eshiklar, derazalar. 
darvozalar, tutunga qarshi 
qopqalar va h.k. 
1,2 
0,5 
0,25 
Pardevorlar 
0,75 
0,25 

Tambur- shluzlardagi 
eshiklar 
0,75 
0,6 

Devorlar 
0,75 


Yong‘inga qarshi devorlar shaxsiy poydevorga 
ega bo‘lishi bilan bir qatorda, bino balandligi bo‘yicha 
uzluksiz davom etishi va tom yopgich qurilma 
yonuvchi ashyo bilan qoplangan bo‘lsa, uning sirtidan 
60 sm ga baland bo‘lishi va agar qiyin yonuvchi 
ashyolar bilan qopiangan bo‘lsa, 30 sm ga ko'tarilgan 
bo‘lishi shart. Agar tom yopg‘ich qurilma o‘tda 
yonmaydigan ashyolardan tarkib topgan bov‘lsagina, 


yong‘inga qarshi devorlar tom sirtidan ko‘tarilmagan 
holda bajarilishi mumkin. Yong‘inga qarshi devorlar 
yong‘ln paytida ularga tayanib turgan tom yopgich va 
boshqa qurilmalami qulab tushgan chog‘ida ham 
mustahkam tura olish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. 
Yong‘inga qarshi devorlarda eshik qo‘yish ayrim 
holatlarda ruxsat etiladi, ammo bu eshiklar albatta 
maxsus, yong‘inga chidamli qilib tayyorlangan 
bo‘ladi va ularning o‘tga chidamlilik darajasi kamida 
1,2 soatga teng bo‘lishi shart. Bunday eshiklar metal 
karkasdan tayyorlanib, ikkala tomonidan po‘lat 
tunuka bilan qoplanadi va orasi o‘tda yonmaydigan 
mineral paxta va boshqa issiqlik saqlagich ashyolar 
bilan to‘ldiriladi. Bular o‘tda yonmaydigan eshiklar 
turiga kiradi. Yong‘inga qarshi devorlarda zarurat 
bo‘lganda ochilmaydigan derazalar qo‘yilishiga ruxsat 
etiladi va ularning o‘tga chidamlilik darajasi 1,2 soat 
dan kam bo‘lmasligi lozim. Odatda, ular olovga 
chidamli bo‘lgan shisha bloklar yoki shisha 
profilitlardan tayyorlanadi. 


Yong‘inga qarshi tomyopgich plitalar deb, o‘tda 
yonmaydigan ashyolardan tayyorlangan va tutun 
o‘tkazmaydigan, o‘tga chidamlilik chegarasi 0,75 
soatdan kam bo‘magan yaxlit qurilmalarga aytiladi. 
Bunday qurilmalar yong‘in paytida binoning yuqori 
qavatidan xonalarga tutun va yong‘inning me’yordagi 
vaqt davomida o‘tmasligini ta'minlash maqsadida 
qo‘llaniladi. Odatda, bunday plitalar o‘tga chidamlilik 
darajasi 1 dan V gacha aniq bo‘lgan bino va 
inshootlarda o‘rnatiladi. Bu toifadagi sanoat 
korxonalarining o‘tga chidamlilik darajasi I va II 
bo‘lgan yer osti qavatlarida, yonuvchi moddalar 
joylashgan xonalarda yoki yong‘in xavfi mavjud 
bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonlari kechadigan 
xonalardagi tom yopgich qurilmalarning o‘tga 
chidamlilik chegarasi 1 soatdan kam bo‘lmasligi va 
o‘tga chidamlilik darajasi III, IV va V bo‘lgan bino va 
inshootlarda esa 0,75 soatdan kam bo‘lmasligi shart. 
Yong‘inga chidamli tom yopgich plitalar uch turga 
bo‘linadi: o‘tga chidamlilik darajasi 2,5 soatdan kam 


bo‘lmasa 1-turga, 1 soat bo‘lganda 2 turga va 0,75 
soatga teng bo‘lsa 3 turga kiradi. Ular yonmaydigan 
ashyolardan tayyorlanadi va me’yor talab etgan o‘tga 
chidamlilik muddati davomida yong‘inning bino 
qavatlari bo‘yicha tarqalib ketmasligini ta’minlash 
uchun xizmat qiladi. 
Yong'inga qarshi tom yopgich plitalarda qoida 
bo'yicha tuynuk qo'yilmaydi. Lekin tuynuk qo‘yish 
lozim bo‘lsa, ular yong‘inda yonmaydigan qopqoqlar 
yoki maxsus klapanlar bilan himoyalanadi. Bunday 
toifadagi tom yopgich plitalarning ishlatilish sohalari 
maxsus hamda tarmoq qurilish me’yorlari va 
qoidalarida me’yorlanadi. Bu xildagi tom yopgich 
plitalaming eng ko'p tarqalganlari 2- va 3-turlari 
hisoblanib, ular asosan I va II darajali o‘tga 
chidamlilikka ega bo‘lgan bino va inshootlarning 
yerto'la 
hamda 
chordoq 
tomlarini 
yopishda 
qo‘1laniladi. 
Agar qolgan barcha qavatlaming tom yopgich 
plitalari o‘tda yonmaydigan ashyolardan tayyorlangan 


va xonaning shifti bo‘yicha tuynuksiz yaxlit 
o‘matilgan bo'lsa hamda o'tga chidamlilik darajasi 
0,75 soatdan kam bo'lmasa, ular yong‘inga qarshi 
to'siq vazifasini o‘tashi mumkin. Yong‘inga qarshi 
ishlaydigan 1-turdagi tom yopgich plitalar, asosan, bir 
qavatli sanoat korxonalari va omborxonalardagi 
yong‘inga 
qarshi 
bo'linmalar, 
seksiyalar 
va 
hududlaming tomini yopishda qo'llaniladi, chunki 
ularning devorlari ham shu toifadan bo‘lib, bir xildagi 
o'tga chidamlilik darajasiga ega. I va 11 darajaii 
yong'inga chidamli binolarning yerosti va barcha 
qavatlaridagi yong'inga qarshi ishlaydigan tom 
yopgich plitalarining o'tga chidamlilik darajasi, eng 
kamida 1 soatga, III va V darajaii o'tga chidamli 
binolarda esa 0,75 soatdan kam bo'lmasligi kerak. 
Evakuatsiya yo'llari (yo'laklar, zinapoya va dahliz) 
ustidagi tom yopgich plitalar yong'inga qarshi to'siq 
vazifasini o'taydi, shu boisdan ular o'tga chidamli 
ashyolardan tayyorlangan bo'lishi va yong'in paytida 
kamida 2,5 soat ustuvor tura olishi lozim. 



Download 3.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling