Modernization of the Curricula in sphere of smart building engineering Green Building (greb)
Download 3.62 Mb. Pdf ko'rish
|
5c78e023dfdea
3-MAVZU: ELEKTR XAVFSIZLIGI.
ELEKTR TOKINING INSON ORGANIZMIGA TA’SIRI. Reja: 1. Inson tanasiga elektr tokini ta’siri. 2. Inson tanasini elektr tokiga ko’rsatayotgan qarshiligi. 3. Elektr tokidan sikastlanishning asosiy sabablari. 4. Elektr qurilmalarini himoya vositalari. 5. Inson tanasining elektr qarshiligi. 6. Elektroxavfsizlik shartlari tahlili. Qadamli kuchlanish. 7. Elektr tokidan talofat ko‘rgan insonga birinchi yordam. Tayanch iboralar: elektr toki, kuchlanishelektr energiyasi, elektr jarohat, termik ta’sir, elektrolitik ta’sir, biologik ta’sir, elektr jarohatlanishi, mehanik jarohatlanish, shikastlanishi, elektrdan kuyish, elektr metallanish, yerga ulash tizimi, elektr izolyatsiya, nollanish, erga ulash, inson tanasining elektr qarshilik, sun’iy nafas berish va yurakni uqalash Elektr tokini insonga ta’sirini XVII asrni oxirgi choragida aniqlangan. Baland voltli elektrkimyo kuchlanishlarini manbaini xatarliligini birinchi bo’lib V.V.Petrov aniqlagan. Ishlab chiqarishdagi elektr jarohatlarini ancha keyin: 1863 yilda o’zgarmas va 1883 yilda o’zgaruvchan tokni ta’siri yozilgan. Sanoatda elektr energiyasidan keng qo’lamda foydalanish yo’lga qo’yilganligi sababli elektr toki tasirida ro’y berisi mumkin bo’lgan bahtsiz xodisalar va ulardan saqlanish muhim masalalar qatoriga kirib bormoqda. Elektr toki tasirining eng xavfli tomoni shundaki, bu xavfni oldinroq sezish imkoniyati yoq. Shuning uchun ham elektr toki xavfiga qarshi tashkiliy va texnik chora-tadbirlar belgilas, to’siq vositalari bilan taminlash, shaxsiy va jamoa muhofaza tizimlarini o’rnatish nihoyatda muhim. Umuman elektr toki tasiri faqat birgina biologik tasir bilan chegaralanib qolmasdan, balki elektr yoi tasiri, magnit maydoni tasiri va statik elektr tasirlariga bo’linadiki, bularni bilish har bi kishi uchun kerakli va zaruriy malumotlar jumlasiga kiradi. Download 3.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling