Modifikatsiyalash Umumiy xarakteristikasi. Modifikatsiyalash deb, qotishmaning kristallanishi va strukturasiga maxsus qo‗shimchalar modifikatorlar kiritib ta‘sir etilishiga aytiladi


Download 48.97 Kb.
bet2/2
Sana21.11.2023
Hajmi48.97 Kb.
#1792713
1   2
Bog'liq
Modifikatsiya

4.7- rasm. Avtoklavdagi suyuq cho‗yanga Mg kiritish qurilmasi:
1 — avtoklav, 2 — kamerani yopuvchi mexanizm, 3 — kovsh, 4 — qalpoqchani kovshga uzatuvchi shtok, 5 — uzatish va aralashtirish mexanizmi, 6 — qopqoq, 7 — magniy uchun bo‗shliq, 8 — qorgich, 9 — qopqoqni ochuvchi mexanizm.

Cho’yanni magniy bilan modifikatsiyalash uchun


germetiklashtirilgan kovshlardan foydalaniladi (4.8- rasm).

4.8- rasm.


Cho’yanni konstraksiyalangan germetik kovshda modifikatsiyalash qurilmasi.


Kovshning holati: a — islilov berishdan oldin; b — ishlov berish vaqtida.
Po‘latlarni modifikatsiyalash. Zamonaviy po‗lat metallurgiyasida modifikatsiyalash jarayonlari nihoyatda katta rol o‗ynaydi. Modifikatsiyalash suyuqlantirishni me‘yoriga yetkazish va uni oksidsizlantirish bilan uzviy ravishda birga qo‗shilib, kristallizatsiyalanish xarakteri hamda po‗latning kompleks xossasini yuqori darajada aniqlaydi [45].
Po‗latni suyuqlantirib olishda II tur modifikatorlar sifatida metall suyuqlanma bilan o‗zaro ta‘sirlashadigan va oksidlar, sulfidlar hamda nitridlarning qiyin suyuqlanadigan kristalik suspenziyasini tashkil qiladigan kuchli oksidsizlagichlar ishlatiladi. Bunday modifikatorlar suyuqlanmada yuqori dispersli, ba‘zan esa kolloid- dispers sistemani hosil qiladi, bu esa suyuq metalining hajm birligida kurtaklar sonining keskin ortishiga olib keladi. Kristallanishning majburiy markazlarini hosil qilish yo‗li bilan modifikatsiyalash suyuq metalining kristalli- zatsiyalanish sharoitlarini o‗zgartiribgina qolmasdan, balki qattiq holatdagi aylanishlar jarayoniga ham jiddiy ta‘sir qiladi.Keng ko‗lamda qo‗llaniladigan po‗latni aluminiy bilan oxirgi oksidsizlantirish jarayoni uning qoniqarli sifatini ta‘minlaydi, lekin optimal jarayon hisoblanmaydi, chunki po‗latda ajralib chiqadigan o‗tkir burchakli oksisulfid qo‗shilmalar zo‗riqishni bir joyga to‗playdi va mikrodarzlarning hosil bo‗lishiga qulaylik yaratib beradi, bu esa metall matritsaning mo‗rtlashishiga sabab bo‗ladi. Quyilgan po‗latdaqo‗shilmaning eng yaxshi shakli — mikrodarzlarning vujudga kelishini so‗ndiradigan yumaloq globullardir. Bu po‗lat sifatining yanada oshirilishiga, aluminiy bilan oksid- sulfid mahsulotlarini globularizatsiyalashga qodir bo‗lgan element- modifikatorlarni birgalikda qo‗llab, kompleks oksidsizlantirish natijasida erishish mumkin. Bu jihatdan eng istiqbollisi — kislorod, oltingugurt, azot va boshqa elementlarga kimyoviy jihatdan nihoyatda yaqinligi bilan xarakterlanadigan ishqoriy- yer hamda noyob- yer metallaridir. Po‗lat quymakorligida ishqoriy- yer metallaridan, odatda, silikokalsiy qotishmalari CK10, CK15, CK20, CK25, CK30 (ГОСТ 4762-71) ko‗rinishidagi kalsiy ishlatiladi. Bu markadagi raqamlar qotishmadagi kalsiy miqdorining pastki chegarasini ifodalaydi.Aluminiy qotishmalarini modifikatsiyalash. Evtektikaga qadar va evtektiv qotishmalar (АЛ2, АЛ4, АЛ9, AK9 va boshq.) suyuqlanmaga natriy yoki stronsiy kiritib modifikatsiyalanadi. Natriydan natriy tuzi sifatida foydalaniladi (4.2- jadval). Qotishma turli temperaturalarda qizdiriladigan kovshda modifikatsiyalanadi. Temperatura modifikator tarkibiga bog‗liq bo‗ladi. Kiritishdan oldin modifikatorni quritish va maydalash lozim. Modifikatsiyalash jarayonining davom etish vaqti 6 dan 15 minutgacha. Jarayonni jadallashtirish uchun suyuqlanmani aralashtirib turish zarur. Sodir bo‗ladigan reaksiyalar natijasida natriy ajralib chiqadi, bu natriy metallga modifikatsiyalovchi ta‘sir ko‗rsatadi. Bunda quyidagi reaksiya sodir bo‗lishi mumkin:
6NaF + Al → Na3AlF6 + 3Na
Modifikatsiyalash jarayoni tugagach, shlak natriy ftoridlari va xloridlari qo‗shib quyultiriladi va chiqarib tashlanadi, shundan so‗ng namuna olinadi hamda ularning singan joyiga qarab modifikatsiya effekti aniqlanadi. Olingan suyuqlanma 25—30 min davomida qoliplarga quyilgan bo‗lishi kerak, chunki modifikatsiyalash effekti vaqt jihatdan cheklangan. Modifikatsiyalovchi effektni 2—3 soat davomida saqlab qolish uchun stronsiy, ittriy va surmadan foydalaniladi.Tarkibida 13% dan ortiq Si bo‗lgan siluminlar kremniyning yirik zarrachalariniajratib, kristallizatsiyalanadi. Bu zarrachalar qotishmalar- ning mexanik xossalarini yomonlashtiradi va yuqori darajada qattiq bo‗lgani uchun mexanik ishlov berishni qiyinlashtiradi [23]. Kremniyning birlamchi kristallarini maydalash kremniyga nisbatan sirtiy- aktiv bo‗lgan fosforni (0,05—0,1%) suyuqlanmaga kiritib, amalga oshiriladi (4.9- rasm). Foydalaniladigan modifikatorlar 4.2- jadvalda ko‗rsatilgan.
Magniy qotishmalarini modifikatsiyalash o‗ta qizdirish yoki qo‗shimchalar kiritish bilan amalga oshiriladi. O‗ta qizdirish yordamida modifikatsiyalash tozalashdan keyin amalga oshiriladi: po‗lat tigelda qotishma 850—925 °C gacha qizdiriladi, 10—15 min saqiab turiladi va tezlikda 680—720 °C gacha sovitiladi, shundan keyin qoliplarga quyiladi.4.2- jadvalAluminiy qotishmalari uchun modifikatorlar tarkibi va modifikatsiyalash rejimlari bo‘yicha tavsiyalar Tarkibi Modifika-torlar miqdori, massadan % hisobida Moditikatsi-yalovchi Elementlar-ning hisob miqdori, massadan % hisobida Jarayon tempera-turasi, °C Izoh Ligatura A1 — Ti (2—5% Ti) 1-3 0,06-0,15 Ti 720-750 Deformatsiyala-nadigan qotishmalarning makrodonini maydalash uchun Ligatura Al-Ti-B (5% Ti, 1% B) 1-2 0,05-0,1 Ti 720-750 «Zernolit» (55% K2TiF6 + 3% K2SiF6+ + 27% KBF4 + 0,2-0,5 0,01-0,02 В 720-750286
15% C2Cl6) Flus (35% NaCl + 35% KC1 + + 20% K2TiF6 + 10% KBF4) Metall natriy Flus (67% NaF + 33% NaCl) Flus (62,5% NaCl + 25% NaF + 12,5% KCl) Flus (50% NaCl + 30% NaF + 10% KCl + + 10% Na3AlF6) Ligatura A1 — Sr (10% Sr) Ligatura Cu— P (9- 11% P) 0,5-0,1 0,05-0,1 1-2 1-2 0,05-0,1 0,6-0,8 — 0,01-0,02 В 0,05-0,1 Ti 0,01-0,02 В 0,05-0,1 Ti 0,05-0,1 Na 0,05-0,1 Na 0,05-0,1 Na 0,05-0,1 Na 0,06-0,085 Sr 0,05-0,1 P 720-750 750-780 Evtektivga qadar aluminiy- kremniy qotishmalarining evtektivlarini modifikatsiyalash uchun 780-810 730-750 720-750 750-780 — Evtektiv siluminlar uchun 20% qizil fosforning 10% K2ZnF6 va 70% KC1 bilan aralashmasi 1,5-2 0,05-0,1 P 750-850 58% Li3PO4 ning 34% aluminiy kukuni va 8% qizil fosfor bilan aralashmasi 0,3-0,4 0,05-0,1 P 750-850 Fosfororganik moddalar (xlorofos, trifenilfosfat) 0,4-0,6 0,05-0,1 P 760-7,80
Modifikatsiya jarayonining mohiyati

Reja:


  1. Modifikatsiyalash Umumiy xarakteristikasi.

  2. Modifikatorlarni qotishmalar strukturasi

  3. Magniy qotishmalarini modifikatsiyalash

Download 48.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling