modul. Bolalar jismoniy tarbiyasi fanining ilmiy-nazariy asoslari Ta’lim vaqti : soat Mashg’ulot shakli


"Mashq" tushunchasi jismoniy mashqlarni bir necha marta takrorlash jarayoni sifatida ham qo’llaniladi. Sport bu


Download 217.59 Kb.
bet6/7
Sana26.10.2023
Hajmi217.59 Kb.
#1724052
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-modul. Bolalar jismoniy tarbiyasi fanining predmeti va asosiy -fayllar.org

"Mashq" tushunchasi jismoniy mashqlarni bir necha marta takrorlash jarayoni sifatida ham qo’llaniladi.

Sport bu - sportchining shaxsiy faoliyati bo‘lib, musobaqalar jarayonida namoyon bo‘ladigan, jismoniy mashqlarning muayyan turida yuqori natijalarga erishish uchun yo'naltirilgan maxsus faoliyat hisoblanadi.

Sport – jismoniy madaniyatning tarkibiy qismi, tarixiy shakllangan ijtimoiy faoliyat turi hisoblanib, turli jismoniy mashqlar kompleksi orqali musobaqalarni tayyorlash va o‘tkazish tizimini tashkil etish maqsadida amalga oshiriladi.
Shuningdek, insonning ruhiy, ma’naviy, axloqiy xususiyatlarini shakllanishi hamda rivoj topishida beqiyos ta’sir ko‘rsatadi. Ommaviy hamda yuqori natijalarga erishish
shakllari mavjud. Sport nafaqat jismoniy, balki ma’naviy kamolotga yetishishda ham muhim omildir. U irodani toblaydi, aniq maqsad sari intilish, qiyinchiliklarni bardosh va chidam bilan yengishga o‘rgatadi. Inson qalbida g‘alabaga ishonch, g‘urur
va iftixor tuyg‘ularini tarbiyalaydi.

"Jismoniy madaniyat" atama, umumiy "madaniyat" atamalari kabi ko‘p ma’nolidir. Zamonaviy adabiyotda "madaniyat" deganda inson ("jamiyat") faoliyatining ayrim turlari, shuningdek, uning shaxs va jamiyat uchun qimmatbaho boMgan natijasiga aytiladi.
"Madaniyat"ning umumiy tushunchasini aniqlashda, odatda, "tabiat" tushunchasi bilan taqqoslaydilar. Ma’lumki, tabiatda tabiat qonunlari bo‘yicha insonga bog‘liq boMgan hamma narsa unga tegishlidir hamda uning faoliyati natijasi (inson tomonidan yaratilgan jonli va jonsiz mavjudot)dir. Madaniyat hodisalariga kishi (jamiyat) qayta ishlash faoliyatining usullari va natijalari, ya’ni tabiatni o‘zgartirishga yo'naltirilgan faoliyat tegishlidir.
Madaniyatning rivojlanish jarayonida bo’lib, insoniyatning takomillashuviga, o‘z xususiy tabiatini "o'zgartirishga" yo‘naltirilganlari faoliyatning asosiy turiga kiradi. Jismoniy tarbiya madaniyatning mana shu komponentlari sirasiga kiritiladi.
"Jismoniy madaniyat" tabiat in’omidan olingan insonning hayoti uchun zarur sifatlari, imkoniyatlar va qobiliyatlarga ta’sir etadiki, ular nasldan naslga o'tadi hamda hayot, faoliyat va tarbiya sharoitlari ta’sirida avlodlararo rivojlanadi.



Download 217.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling